Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identiv o’quv maqsadlari
- 2-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:Fan deganda nimani tushunasiz? Olamni anglashda fanning ahamiyatini qanday tushunasiz? Fan – murakkab ijtimoiy institut tushunchasiga izoh bering? 2-savol bo’yicha dars maqsadi: Fanning rivojlanish bosqichlari va mutafakkirlarning fan taraqiyotiga qo’shgan hissalari haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Fanning rivojlanish bosqichlari tushuntiriladi. Fan taraqqiyotiga hissa qo’shgan Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodi bilan tanishtiriladi. Fanga hissa qo’shgan G’arb mutafakkirlari va ularning ta’limotlari aytib o’tiladi. 2-asosiy savolning bayoni: Fanning shakllanishi va taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. Fanning shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari deganda quyidagilar nazarda tutiladi: 1) Fan shakllanguniga qadar dastlabki bilimlarning shakllanishi; 2) Qadimgi dunyoda fan; 3) Markaziy Osiyoda ilmiy bilimlarning shakllanishi va taraqqiyoti. 4) G’arb Uyg’onish davrida fan taraqqiyoti (XV-XVII asrlar); 5) XVIII-XIX asrlar klassik fanning shakllanishi; 6) XX asrning I yarmi noklassik fan; 7) XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab hozirgi zamon fani shakllana boshladi. Eng qadimgi davrlardan boshlab odam o’z atrofidagi olamni anglashga intiladi. Dastlabki bilimlar ildizi inson amaliyotiga borib taqaladi. Dastlab dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan bog’liq ravishda amaliy harakterdagi bilimlar shakllanadi va rivojlanadi. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va O’rta Osiyodagi ilk tsivilizatsiya astronomiya, matematika, biologiya, tibbiyot sohasida ko’pgina bilimlar, aniqrog’i tabiiy-ilmiy tasavvurlarning shakllanishiga olib keldi. Biroq bu bilimlar hali fan darajasiga, nazariya darajasiga ko’tarilmagan bilimlar edi. Ular bevosita ko’zga tashlanib turadigan voqea-hodisalardan chiqarilgan xulosalar shaklida mavjud edi. Yana ham aniqroq aytganda bu bilimlar dastlabki to’plangan tajribalar ifodasi edi. Oqibat natijada yig’ilgan bilimlar Yunon fani va falsafasining vujudga kelishiga zamin yaratdi. Dastlabki ilmiy bilimlar tizimi Evropada bundan 2500 yil oldin shakllandi. Bu qadimgi Yunonistonda shakllangan ilmiy bilimlar tizimi edi. Qadimgi Yunon olimlari Fales, Anaksimandr, Anaksimen, Pifagor va boshqalar tabiat haqidagi dastlabki ilmiy bilimlar tizimini yaratdilar. Natijada matematika, fizika, biologiya, psihologiya, astronomiya, meditsina, va boshqa fanlar uchun nazariy zamin yaratildi. Bu ilmiy bilimlar Aflotun akademiyasida, Arastu litseylarida, Pifagor maktablarida o’qitildi. Ilmiy bilimlarning shakllanishi va taraqqiyotiga Markaziy Osiyodan etishib chiqqan buyuk allomalar barakali hissa qo’shdilar. Vatandoshimiz Muhammad Ibn Muso Xorazmiy algebra faniga asos soldi. Ahmad Farg’oniy astronomiya fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. U osmon jismlari harakati to’g’risidagi ta’limotni yaratdi, texnik qurilmalar ishlab chiqdi. Farg’oniy geografiya va geodeziya fanlarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyodagi ilmiy bilimlar tarakqiyoti 1004 yilda tashkil topgan dastlabki ilmiy dargoh - Ma’mun akademiyasi faoliyati bilan bevosita bog’liq. Bu akademiya dunyoda «Majlisi Ulamo» nomi bilan mashhur bo’lgan va unda Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Saxl Iso al-Masixiy kabi ko’plab olimlar ilmiy faoliyat bilan shug’ullanganlar. Ular matematika, astronomiya, ruxiyat, mantiq, musiqa, kimyo, geografiya, mexanika singari turli fan sohalari bilan shug’ullanib fanlarning kelgusi tarakqiyotiga zamin hozirlaganlar. Vatandoshlarimiz Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek asos solgan turli ilm sohalari XVI asrga kelib, G’arb Uyg’onish davri fanining rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qildi. Fan tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlar fikricha, haqiqiy klassik fanning shakllanishi va taraqqiyotiga Evropa Uyg’onish davriga XIV-XVI asrlarga to’g’ri keladi. XIV-XVI asrlardan boshlab fanlar, ayniqsa tabiatshunoslik fanlari jadal rivojlandi. Nikolay Kopernik tomonidan kashf qilingan geliotsentrik nazariya, Iogann Kepler, Galileo Galiley, Isaak Nyuton, R.Guk, L.Eyler kabi olimlarning fan sohasida qo’lga kiritgan yutuqlari, klassik mexanika, eksperimental tabiatshunoslik kabi fanlarning shakllanishi haqiqiy ilmiy inqilob edi va bu inqilob fan taraqqiyotida yangi davr-klassik fan davri boshlanganidan dalolat berar edi. Bu davr ilmiy faoliyatni uyushtirishga yo’naltirilgan maxsus ilmiy muassasa va tashkilotlarning paydo bo’lishi bilan harakterlidir. London qirollik Akademiyasi, Parij akademiyasining tashkil topishi bunga dalil bo’la oladi. Ta’kidlash joizki, dastlabki akademiya qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi V asrda tashkil topgan va Aflotun akademiyasi, deb yuritilar edi. 1004 yilda Xorazmda Ma’mun akademiyasi tashkil topdi. Lekin bu ilmiy muassasalar keyinchalik nomukammaligi tufayli o’z faoliyatini to’xtatganligi tarixdan ma’lum. Ilmiy bilimlarning uzluksiz rivojlanib borishi yangi o’ziga xos ilmiy muassasa va tashkilotlarning shakllanishiga sababchi bo’ldi. Fanning maxsus uyushgan muassasa va tashkilotlari deganda akademiyalar, ilmiy tekshirish institutlari, ilmiy markazlar, ilmiy jamiyatlar, laboratoriyalar nazarda tutiladi. Dastlab ilmiy jamiyatlar, akademiyalar faoliyati yo’lga qo’yildi. Ular tomonidan ilmiy jurnallar ta’sis etildi. Keyinchalik, ayniqsa XX asrga kelib ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy laboratoriyalar tashkil topa boshladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida fanlar taraqqiyoti yangi – noklassik fan bosqichida o’z ifodasini topdi. Bu bosqich A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, kvant nazariyasi bilan bevosita bog’liq edi. Hozirgi davr fan taraqqiyotining yangi bosqichi ekanligi bilan harakterlanadi. Fanning jamiyat hayotida tutgan o’rnini hozirgi zamon jamiyatining yangi informatsion jamiyat bosqichiga o’tganligidan ham bilsa bo’ladi. Bu davr fanning tamomila yangi sohalari (kvant fizikasi, kibernetika, informatika, molekulyar genetika, gen injeneriyasi, biotexnologiya va h.k) ning paydo bo’lganligi, fanning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining beqiyos ortganligidan dalolat beradi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling