2.2.5. Jamiyatning iqtisodiy hayoti. (2 soat).
Jamiyatning iqtisodiy hayoti, moddiy ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat iqtisodiy hayotining taraqqiyotga ta’siri, iqtisodiy monopoliya, mustaqillik yillarida O’zbekistonning izchil iqtisodiy hayoti va jahon iqtisodiy inqirozini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar va ularning natijalari kengroq tahlil etiladi.
[A1, 11; A4, 234-249, 295-306; A6, 4-9; A10, 255-258; A13, 83-112; A14, 54-62; Q6,123-134]
2.2.6. Jamiyatning ijtimoiy hayoti. (2 soat).
Jamiyatning ijtimoiy hayoti, ijtimoiy, etnik, demografik, sinfiy tarkiblari va jamiyat tarkibining boshqa elementlarini har tomonlama muhokama qilishga hamda O’zbekistonda jamiyat ijtimoiy tarkibiga berilayotgan e’tibor, ijtimoiy himoya va uning yutuqlarini tahlil qilishga harakat qilinadi.
[A4,163-231; A10,258-265; A12,289-299,300-336; A13,134-138,191-198,215-220, A14,62-70;Q7,83-130]
2.2.7. Jamiyatning siyosiy hayoti. (2 soat).
Jamiyatning siyosiy hayoti, siyosiy tizim, davlat, davlat shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv shakllari, demokratik davlat tushunchasi, O’zbekistonda ichki va tashqi siyosat uning asosiy omillari tahlil etiladi.
[A1, 4-6; A4, 393-405; A6, 9-12; A11, 398-401; A12, 308-318; A14,70-77; Q6, 114-119]
2.2.8. Jamiyatning ma’naviy hayoti. (2 soat).
Jamiyatning ma’naviy hayoti uning tarkibiy elementlari, ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong uning sohalari, darajalari va shakllari haqida qolaversa O’zbekistondagi ma’naviy sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil etiladi.
[A3, 3-j; A11, 388-393; A12, 291-300; A13,215-258; A14, 77-85]
2.2.9. Fan. (2 soat).
Fan va uning mohiyati, fan evolyutsiyasi, (qadimgi, o’rta asrlar, yangi va eng yangi davrlar) fanning rivojlanishiga hissa qo’shgan Markaziy Osiyo va G’arb mutafakkirlarining ishlari, fan ideallari, olimning ma’naviy qiyofasi, fan taraqqiyoti qonunlari, fan va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik, dunyoning falsafiy, diniy va ilmiy manzaralari o’rtasidagi nisbat, O’zbekistonda bugungi kunda ilm-fanga berilayotgan e’tibor va buning samarasi atroflicha tahlil etiladi.
[A4, 72-96; A11, 323-325; A12, 328-337; A13, 258-281; A14, 85-95; Q6, 11-31]
Do'stlaringiz bilan baham: |