Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. O’qituvchi
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi 5 minut
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- 1-savol bo’yicha dars maqsadi
- 1-asosiy savolning bayoni
Asosiy savollar.1. Ijtimoiy taraqqiyot. Ijtimoiy progress. Regress. 2. Ijtimoiy taraqqiyot haqidagi falsafiy qarashlar. 3. Ijtimoiy taraqqiyot murakkab dialektik jarayon. Evolyutsion taraqqiyot. Inqilobiy taraqqiyot. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Ijtimoiy taraqqiyot, tarix falsafasi, chiziqli taraqqiyot, tarixning aylanma nazariyasi, progress, regress, evolyutsion taraqqiyot, inqilobiy taraqqiyot, jamiyat qonunlari. Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar: Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi, ijtimoiy taraqqiyot haqidagi falsafiy qarashlar tarixi, Ijtimoiy progress, regress tushunchalari, ijtimoiy taraqqiyot haqidagi falsafiy qarashlar, evolyutsion taraqqiyot, inqilobiy taraqqiyotning mazmun-mohiyati, O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot borasidagi olib borilayotgan ishlar tahlil etiladi. 1-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi, ijtimoiy progress va regress tushunchalari tushuntirib beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasini tushuntiradi. Jamiyatlar taraqqiyotida ijtimoiy progress va ijtimoiy regressning qanday o’rin egallashini izohlab beradi. 1-asosiy savolning bayoni: Ijtimoiy taraqqiyot muammosi falsafa tarixida qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun jamiyatlar taraqqiyotining uch bosqichi haqida fikr yuritadi. Bular: a) jamiyatga qadar bo’lgan davr, tabiiy taraqqiyot tarixi; b) jamiyatning ijtimoiy holati; v) ideal jamiyat. Ideal jamiyat deganda Aflotun insoniyat orzusidagi jamiyatni nazarda tutadi. XVI asr ingliz tarixchisi Kollingvud jamiyatlar tarix fani doirasida 4 bosqichdan iborat imperiyani tashkil etadi, bular: a) Sharq jamiyati, b) Yunon jamiyati, v) Rim imperiyasi, g) German imperiyasi deb hisoblagan. Frantsuz utopisti Sen-Simon jamiyatlar tarixini davrlashtirishda undagi mavjud iqtisodiy tizimni asos qilib oldi va bularni: a) antik davr (quldorlik bilan bogliq), b) o’rta asr jamiyati – feodalizm bilan bog’liq, v) yirik sanoatga asoslangan jamiyat deb atadi. Sanoatlashgan jamiyatni taraqqiyotning pozitiv davri, deb ko’rsatdi. Nemis klassik falsafasining yirik vakili Lyudvig Feyerbax jamiyat taraqqiyotining sabablarini dindan qidirdi. Frantsuz olimi Ogyust Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini ma’naviy taraqqiyotdan qidiradi va insoniyat jamiyati taraqqiyoti 3 bosqichda amalga oshadi, bular jamiyat taraqqiyotining hamma uchun umumiy bo’lgan: a) teologik, b) metafizik, v) pozitiv bosqichlaridir, degan fikrni ilgari surdi. Ijtimoiy taraqqiyot, bu jamiyat taraqqiyoti. Bu – uning o’tmishdan hozir orqali kelajak sari o’zgarib borishidan iborat bo’lgan jarayondir. Insoniyat bir necha ming yillik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonini tarix fani o’rganadi. Tarix Yunoncha historian so’zidan olingan bo’lib, o’tmish voqealar haqida hikoyalar, bo’lib o’tgan hodisalar, degan ma’noni anglatadi. Insoniyat o’tmishining o’ziga xosligi, ko’p xilligini o’rganish asosida ijtimoiy bilimlar hosil bo’ladi. Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi shug’ullanadi. Qadimdan olimlar tarixni falsafiy jihatdan anglashga intilganlar. Tarixni anglash – insoniyat tarixining mohiyatini, yo’nalishini tushunish, demakdir. Bunday anglashning asosida «Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyot jarayonida o’zgarib boradimi? Agar o’zgarib borsa, bu o’zgarishlar qanday tarzda kechadi?» degan savollarga javob berishni talab qiladi. Jamiyatlar taraqqiyoti «ijtimoiy progress» tushunchasi orqali ifodalanadi. Progress lotincha ilgarilanma harakat, muvaffaqiyat degan ma’nolarni ifodalaydi. Ijtimoiy progress jamiyat taraqqiyotini ifodalaydigan tushuncha hisoblanadi. Progressning ziddi, uning teskarisi – regress. Agar ijtimoiy progress insoniyat jamiyati taraqqiyotining quyidan yuqoriga, nomukammalikdan mukamallik sari borishini ifodalasa, regress – uning teskarisi: jamiyatning yuqori bosqichidan orqaga, ijtimoiy hayotning kuyi darajasiga tushib qolishini ifodalaydi. Jamiyatga olga harab taraqqiy etishi – progressga xos bo’lgani singari, orqaga qaytish, izdan chiqish, regressga xosdir. Insoniyat taraqqiyotining asosini nima belgilaydi? Ijtimoiy progressning mezonlari bormi? Bu masala ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixida turlicha hal qilingan. Masalan, G’arbiy Evropa ma’rifatparvarlari inson ongi, aqlu-zakovatini ijtimoiy progressni belgilaydigan mezon, deb hisoblaganlar. Keyinchalik, XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy progress mezonidir, degan qarash ilgari surildi. Hozirgi davr nuqtai-nazaridan qaraganda, ijtimoiy progressning mezoni jamiyatning insonparvarlik darajasidir. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling