Ma’sul o`qituvchi: Mo‘ydinova s hisobot mazmuni : I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa. II. Bajarilganishlar


Download 80 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi80 Kb.
#1349959
  1   2   3
Bog'liq
5.Umumiy hisoboti




UMUMIY AMALIYOT HISOBOTI

Ma’sul o`qituvchi: Mo‘ydinova S

HISOBOT MAZMUNI :
I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
II. Bajarilganishlar
2.1. O`quv ishlari.
2.2. Ma’naviy – marifiy ishlar.
III. Xulosa va takliflar
Men 3-kurs Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 302-guruh talabasi Mo'minova Saidaxon Nabijon qizi 2022-yil 9-sentabrdan 24-dekabrgacha umumta’lim maktabida pedagogik amaliyotda bo‘ldim.
I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
Maktab binosi ma‘muriy xonalardan tashqari 20 ta xonali. Bino 1 ta korpus va sport zalidan tashkil topgan. Maktab binosi 540 o`ringa mo’ljallangan.
Maktabning barcha pedagog xodimlari o`quvchilarga ta’lim va tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda.

Maktab xonalari hali ham qo`shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda.


Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o‘quvchi yoshlar fan olimpiyadalarida nufuzli o‘rinlarni olib kelishgan.
09.09.2022-yil kuni ilk bor makrabga tashrif buyurdim. Pedagogik amaliyotim davomidana nafaqat o`quv, balki, ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishib, o`rganib chiqdim.


II. Bajarilganishlar
2.1. O`quv ishlari:
- ta’lim muassasasiga kelishim bilan mutaxassislik (Ingliz tili) fani o`qituvchisi. Iloji boricha dars jarayonining 1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Universitetda o`qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o`zim uchun kerakli xulosalarni oldim.
- Ustozlarimiz aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.
- Pedagogik amaliyot davrida maktab o’qituvchilarini yordamlari katta bo`ldi. Ish reja tuzish tartibini o`rgatdi (24.12.2022y ga qadar qaysi mavzular o`tilganligi, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular o`tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi, III-chorak oxiri o`quvchilarning ta’tilga chiqishlarini inobatga olish kerakligi hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida tasdiqlangan kunlarning kalendar rejasini taqdim etdi).
Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.
Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o`rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usuliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg`u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo`lishini oldindan bilib olish mumkin ekan.
opa aynan shu sinflarga dars o`tishingiz mumkin yoki o`ta olasiz deb sinf ajratib bermadi. Chunki, maktabda hamma sinf o`quvchilari soni kam va juda tartibli. Ba’zan sinfni o`zimga topshirib ketdi. Dars o`tmoqchi bo`lgan mavzularim uchun o`zim dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o`tdim.
Dars jarayonida bunday qo`shimcha ma’lumotlardan foydalanish darsning sifatini yanada oshiradi. O`ylaymanki, dars jarayonida qo`llab yaxshi natijalarga erishaman.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling