Ma’sulyati cheklangan jamiyatlarda inventar va xo’jalik jihozlari hisobi savvollar: Kirish


Download 50.92 Kb.
bet4/7
Sana26.01.2023
Hajmi50.92 Kb.
#1126863
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Akbaraliyev Abbosbek k 11 20 gurux talabasi Masulyati cheklangan1234

Inventar jihozlari tarkibi
1080 «Inventar va xo‘jalik jihozlari» schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat'i nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

a) maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki ma'lum bir turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar) ;

b) maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyafzal;

d) yotoq jihozlari;

e) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari boblar va moslamalar va h.k.);

f) oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari, shuningdek ovqatlanish xonasi choyshablari;

g) xarajatlari, ularni qurish qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, qurilma va moslamalar;

h) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;

i) ov qurollari (ko‘kan, qopqon, to‘rlar va h.k.).


Buxgalteriya hisobida inventarlar va xo‘jalik buyumlari turgan joyiga qarab aks ettiriladi. Ushbu belgisiga ko‘ra ular ikki guruhga bo‘linadi:
  •  Ombordagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari.

  • Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari.


Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo‘jalik jihozlarini hisobga oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rni va roliga qarab ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to‘liq qo‘shilishi mumkin.. Inventar baholash quyidagi ikkita qiymatlardan eng pasti bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • balans tuzilayotgan sanadagi narxi (sotib olish narxi )

  • balans tuzilayotgan sanadagi realizatsiya qiymati.

Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holga kelgan hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosanamalga oshiriladi Inventar va xo‘jalik buyumlari bilan bog‘liq barcha operatsiyalar va ularning hisobi 1080-schyotda yuritiladi. 1080 «Inventar va xo’jalik buyumlari» schyotida aylanma mablag’lar tarkibiga kiruvchi inventar, asbob-uskunalar, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqa mehnat vositalari (kam qiymatli va eskirgan buyumlar)ning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.

Operatsiya mazmuni

Debet

Kredit

Materillar tannarxiga transport–tayorlov xarajatlarini kiritilishi

1080

1510

Inventarizatsiya natijasida xo’jalikbuyumlarining kamomadi aniqlandi

5910

1080

Xo’jalik buyumlari sotildi pul kelib tushdi.

5110

1080

Mol yetkazib beruvchidan inventar va xo’jalik buyumlari olindi

1080

6010

Tabiiy ofat tufayli inventarlarning yo’qotilishi yuz betrdi

9720

1080

Milliy standart qoidalariga ko‘ra inventar foydalanishga o‘tkazilishi bilanoq uning butun qiymati ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga chiqariladi. Keyinchalik foydalanishga topshirilgan inventar va xo‘jalik buyumlarini hisobga olish tartibi bo‘lishi uchun ular balansdan tashqari schyotga o‘tkaziladi. 014 "Ishlatilayotgan inventar va xo‘jalik buyumlari" ana shunday schyot hisoblanadi. Inventar va xo‘jalik buyumlarini foydalanishga topshirish to'g'risidagi aktni qanday to'ldirish kerak .


Inventar va xo‘jalik buyumlari narxi eng kam ish haqining 10 baravaridan oshganda ularni foydalanishga topshirishda ushbu buyumlarning narxini kechiktirilgan to‘lovlarga o‘tkazish mumkin.
Agar inventar ishlatilgan mahsulotni ishlab chiqarish muddatidan oldin to‘xtatib qo‘yilsa va ishlab chiqarishni qayta boshlash ehtimoli bo‘lmasa, u holda kechiktirilgan xarajatlar hisobvaraqlarida hisobga olingan intentar qiymatining qoldiqlari operasion xarajatlar ko‘rinishida moliyaviy natijaga hisobdan chiqariladi.
Inventarni ta'mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun barcha xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlari sifatida qayd etiladi. Ba'zida ekspluatasiya qilish vaqtida inventardan maqsadli foydalanilmaydi. Bunday holda, uning narxini boshqa operasion xarajatlar hisobvarag‘iga kiritish mumkin. Agar ushbu intentar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlarni hisobga olish uchun hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lsa, u holda ularni hisobot davri xarajatlari shaklida moliyaviy natijaga o‘tkazish kerak bo‘ladi. Yuqoridagi barcha xususiyatlar tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak.
Inventarlarning tannarxi - tovar-moddiy zaxiralarni hozirgi joylashuvi va holatiga keltirish uchun qilingan barcha xarajatlar hamda sotib olish va konvertatsiya qilish xarajatlarini o'z ichiga oladi.

  1. sof sotish qiymat- bu sotishning taxminiy bahosi, yakunlash bo'yicha taxminiy xarajatlarni chegirib tashlagan holda. Hamda sotish uchun zarur bo'lgan taxminiy xarajatlar

Inventarlarning tannarxi – invetarlarni hozirgi joylashuvi va holatiga keltirish uchun qilingan barcha xarajatlar, sotib olish va konvertatsiya qilish xarajatlarini o'z ichiga oladi.

  1. Adolatli qiymat - aktivni sotish uchun olinadigan yoki buyurtma bo'yicha majburiyatni topshirish uchun to'lanadigan narx o'lchov sanasida bozor ishtirokchilari o'rtasidagi bitim.

O’lchovi :

  • Inventarlar tannarxi va sof sotish qiymatining eng kami bo'yicha hisobga olinadi.

  • Xizmat ko’rsatuvchilar inventarlarga ega bo'lgan darajada ularni ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha o'lchaydilar. Bu xarajatlar, birinchi navbatda, xizmat ko'rsatish bilan bevosita shug'ullanadigan mehnat xarajatlari.

  • Inventarlar , odatda, sof realizatsiya qiymatiga ob'ektlar bo'yicha yoziladi

Xarajat sifatida tan olinishi:

  • Inventarlar sotilganda ularning balans qiymati tan olinishi kerak

  • Inventarlarningning har qanday yo'qotishlari va sotishning sof qiymatiga tushirish summasi yo'qotish yoki hisobdan chiqarish sodir bo'lgan davrdagi xarajatlar sifatida tan olinishi kerak

  • Sotib olish mumkin bo'lgan sof qiymatning oshishi natijasida inventarlarni hisobdan chiqarishning har qanday bekor qilinishi sodir bo'lgan davrda inventarizatsiya xarajatlarining kamayishi sifatida tan olinishi kerak.




Download 50.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling