Matbuotda yangilik va sharh


Mazkur gazeta sharhlovchilarining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.06 Mb.
bet7/10
Sana05.01.2022
Hajmi1.06 Mb.
#220673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs loyihasi. B.Abdug'afforov

Mazkur gazeta sharhlovchilarining o‘ziga xos xususiyatlari. «Лукавство под прикрытием – как товары маскируются под известные бренды» («Taniqli brendlar bilan niqoblangan soxta mahsulotlar keltiradigan ziyon»)da K.Bashlayev yurtimizda o‘xshash brendlar nomi ostida mahsulotlar keng ishlab chiqarish «yo‘lga qo‘yilgani» to‘g‘risida so‘z yuritadi. U taniqli «Colgate» tish pastasi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi brendiga o‘zimizning «Galaxy» o‘xshash qilib ishlab chiqarilganini dalillar qatoriga kiritadi. Bu bilan dunyoning taniqli brendlariga ziyon yetayotgani va bu mamlakatimiz sha’niga ham putur yetkazishini yozadi. U betaraf pozitsiyada turayotgandek ko‘rinsa-da, aslida qo‘llab-quvvatlovchi pozitsiyada. Uning yozish usuli o‘ziga xos.

Ikkinchisida (Переработка отходов: незанятая ниша) muallif ko‘pchilikning xayoliga kelmaydigan, ammo muhim mavzuni ko‘taradi: chinorlar kesib tashlangani. Mavzu so‘ngida u muammo yechimni soha rahbarlariga tashlaydi. Maqolada uning fakt va dalillarni ravon qo‘llagani, soha vakili bilan intervyu ham uyushtirgani o‘quvchini mavzuning ahamiyati nechog‘liq kattaligiga ishontiradi.

Yana bir jurnalist Sabina Alimova ham muhim bir mavzuga qo‘l uradi. Ya’ni soppa-sog‘ odamlar ham ish topishi qiyin bo‘lgan bir paytda imkoniyati cheklanganlarning ahvoli haqida so‘zlaydi. Sarlavhaning o‘ziyoq mavzuning dolzarb va ahamiyatliligini ko‘rsatib turibdi. Mavzu jonli chiqishi uchun toshkentlik Anvar Hoshimovning hayotini misol qilib keltiradi. Hatto uning o‘zidan intervyu ham oladi. Mavzu bir qarashda maqolaga ham juda o‘xshab ketadi, hattoki uni maqola va sharhning o‘rtasidagi oraliq deyish mumkin. So‘zining isboti o‘laroq, bir qancha qonunlardan misollar keltiradi. Ayniqsa, intervyu beruvchining «Ukam ikkimiz ishga qabul qilishda da’vogarning sog‘lig‘iga qarab o‘tirmaymiz, shunchaki ishni uddalasa, bas» deyishi tahsinga sazovor. Unda publitsistika elementlari ham ko‘p.

Navbatdagi jurnalist kirish so‘zini, aniqrog‘i mavzu muhimligini bir kishining murojaatidan boshlaydi («Верните нам парк!» – «Bizga parkni qaytaring!»). Bu o‘ziga xos usul deyish mumkin. Unda madaniyat-istirohat bog‘laridan birining yopilgani ko‘pchilikka salbiy ta’sir qilgani ta’kidlanadi. Mahalliy aholi Madaniyat vazirligiga murojaat qilgan, ammo «vaziyat hali ham yechimsiz qolmoqda». Bu orada u o‘z pozitsiyasini neytral tarzda bayon etadi. Mahalliy aholi tumanning gullab-yashnashi va chinakamiga qulay, shinam, go‘zal bo‘lishiga yordam beradigan yana ko‘p narsalar istashini yozadi. Yana ular quruq javoblarsiz, idorama-idora jo‘natishlarsiz, jonli tarzda dardlarini tinglashlarini istaydi.

Xulosada muallif Sanjar Yoqubov: «Mahalla rolining mustahkamlanishi fonida buning imkoniyati bor, albatta. Hozircha esa konstruktiv mazmun bilan to‘ldirilishi lozim bo‘lgan murojaat, iltimosnoma va shikoyatlarning bo‘shliqda osilib yotganini ta’kidlashgagina majburmiz...» – deydi. Prognozini negadir ochiqlamaydi. Ammo «buning imkoniyati bor» jumlasi orqali «Mahalla ahli o‘zlari ham muammoni hal qila oladi, faqat bunga ruxsat kerak. Ularga ruxsat berilsa, yaxshi bo‘lardi. Shunda bog‘ muammosi hal qilinib, u yerda investitsion muhit ham shakllanadi» yashirin ma’nosi (prognozi)ni uqish mumkin. Bu yerda o‘quvchi, albatta, ziyrakroq bo‘lishi kerak.

Oksana Malosabirovaning «Свобода с последствиями: как складывается жизнь после дома милосердия?» (Mehribonlik uyidan keyingi hayot yoxud mustaqil yashash qanday kechadi?) tahlil namunasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari muammolari tilga olinadi. Kirish qismini ham ismi o‘zgartirilgan qahramonning hayoti bilan boshlaydi. Tahlil o‘rtalarida yana bir qancha mehribonlik uyi vakillaridan so‘zlaydi, bir qanchasining o‘z og‘izlaridan ham so‘zlar keltiradi. Muammo shundaki, «Nima uchun ayrimlari yiqilsa, turib olg‘a intilishda davom etadi-yu, ba’zilari (mana shu «ba’zilari» so‘zi bilan «ko‘pchiligi» deya ishora qilyapti – muall.) tayyorga ayyorlik pozitsiyasini egallaydi? Xulosa o‘rnida muallif hamma narsa muhayyo etilgan turmush tarziga o‘rgangan bolalarga mustaqil hayot ummonida suzish juda qiyinligini yozadi. Negaki Mehribonlik uyidagi va tashqaridagi hayot – ikkita boshqa-boshqa voqelik. Bittasida senga imkoni boricha yaxshi sharoitlar yaratib berishadi, ikkinchisida esa birovning sen bilan sariq chaqalik ishi yo‘q. Muallif ijtimoiy moslashish darslari (ya’ni mablag‘larni qanday boshqarish, qarorlar qabul qilish, zimmasiga mas’uliyatni olish kabilar)ni Mehribonlik uylarida mutaxassislardan o‘rganish zarurligini taklif qiladi. Agar shunday qilinsa, qora ko‘zlarning kelajagi qanday kechishini ko‘rsatib o‘tadi.

Anna Arseneva esa o‘smirlar jazolanmasliklariga ishonchi komil bo‘lgan holda ko‘ngli tusagan ishni qilayotgani yomon oqibatlarga olib kelishini yozgan. Ota-onalar majlisga chaqirilganda farzandi muammosidan ham «zarurroq» ming bitta bahona topishi, natijada o‘smir muammolari bilan yakka o‘zi qolishi ham qalamga olingan. Uning muammolarini muhokama qilish, ularga birgalikda yechim topishni esa hech o‘ylamaydi. Bu xuddi tog‘dan qor yumalaganday muammo borgan sari kattalashib, chuqurlashib boraveradi. Ahvol shu tarzda ketaversa, o‘quvchilarga maktab o‘z jismoniy kuchini namoyish qiladigan joy bo‘lib qolishi eng xunuk oqibat sifatida taxmin qilingan. Bunga qarshi esa faqat birgalikda harakat qilinsagina, biror natijaga erishish mumkinligi ta’kidlanadi.

Feruza Otaxonova esa qishning sovuq va ayozli kunlarida tabiiy gazga talab oshishi bilan gapni – butun sharhni boshlaydi. Sarlavha yoki birinchi gapning o‘ziyoq mavzu ko‘lamini aytib turibdi. Chust tumanidagi xonadonlardan biri go‘yo Shimoliy Qutbga qiyoslanadi. Shuningdek, birorta yirikroq tadbirkorlik subyekti, hech bo‘lmasa kichigi yo‘qligi vaziyat jiddiyligidan darak.

«QFY rahbariyatining so‘zlariga qaraganda, tabiiy gaz uchun qarzdorlikni vaqtida yopish uchun qo‘ldan keladigan barcha ishlar qilingan, aholi hatto oldindan to‘lagan ham. Ikki yil oldin 800 xo‘jalikdan 230 tasiga, sal keyinroq butun mahallaga gaz berishni to‘xtatib qo‘yishgan. Bu katta muammolarni keltirib chiqaradi, ayniqsa, nogironligi bo‘lganlar va pensionerlarga», deydi muallif. Bular nafaqat fakt, balki hayajonga soladigan ko‘rsatkichlardir! Qizig‘i, muallif sarlavhaning o‘zidayoq xulosa qilib qo‘ya qolgan. Va agar tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilsa hamda faol ekologik siyosat olib borilmasa, vaziyat faqat yomon tomonga siljishini yozgan. U asosan qarshi pozitsiyada turadi.

«Правда Востока» jurnalistlarini serqirra iste’dod egalari deyish mumkin. Buni ijod namunalaridan ham bilib oldik. Bundan tashqari, ikki – o‘zbek va rus tillarida tahririyat o‘z faoliyatini olib borishi jamoaning ishiga ijobiy ta’sir qiladi. Yuqorida tilga olgan sharhlovchi-jurnalistlardan tashqari yana ko‘plab ijodkorlarini ham qo‘shib o‘tsa bo‘ladi. Ammo hozircha shular bilan cheklanildi.

Konstantin Bashlayev hech kim ko‘ra olmagan jihatlarni yoritib, sarlavhalarni noodatiy qo‘ysa, Sabina Alimova esa dastlabki qadamlardanoq mavzu ko‘lami kengligini ochib berishga harakat qiladi.

Sanjar Yoqubov luqma tashlash, bir so‘zga kata ma’no yuklashni yaxshi ko‘rishi ko‘rinib turibdi. Yana u faktlarga, voqea ishtirokchilariga ham e’tibor qaratishni unutmaydi. Muhim jurnalistik prinsiplarga amal qilishi ko‘rinib turibdi.

Oksana Malosabirova esa bir qarashda oddiy ko‘ringan narsalarning tub mohiyatidagi ma’nolarni ochib berishga harakat qiladi. Uning har bir jurnalistik materialida o‘z pozitsiyasi bor. Kelajakni ko‘ra olish, real imkoniyatlarni hisoblay bilish sharhlovchi uchun juda muhim. U buni juda yaxshi his etadi.

Anna Arseneva ko‘pchilik uchun qiziqarli, ayni paytda jamiyat hayotidagi muhim mavzularga qo‘l uradi. Bu uning boshqa tahliliy materiallarida ham sezilib turadi. Ayniqsa, so‘nggi kunlarda internetda rosa «urf bo‘layotgan» narsa – haqoratlangan yo kamsitilgan, hatto kaltak yegan (!) o‘qituvchi-yu murabbiy videoga olingani holatlari va buning internetga joylanishi, o‘smirlar mas’uliyatsizligi, tarbiyasizlik kabilar tilga olinishi juda yaxshi. Axir jurnalist shu haqda yozmasa, kim ularning mushugini pisht deydi?!

Feruza Otaxonova esa ko‘pchilikka tanish mavzularga qo‘l uradi. U oddiylik, odatiylikka amal qiladi. Mavzuni yoritish asnosida suhbat yo intervyu olmay qo‘ymaydi. Sinkretik janrlarda ijod qila olishi maqola-yu sharhlaridan bilinib turadi.

«Правда Востока»ni «Известия» bilan dastlab gazeta misolida solishtirib ko‘rsak. Bunda o‘xshash va farqli jihatlarga duch kelamiz. Jumladan, «Правда Востока» gazetasi ham onlayn nashrini yo‘lga qo‘ygan. Unda ham yangilik va xabarlarga keng o‘rin berilgan. Sayti – www.pv.uz hozirda ancha ommalashgan. Sayt mavzulari xilma-xil bo‘lib bormoqda. Gazeta o‘z saytini ochib, sinxron tarzda faoliyatini yo‘lga qo‘ygani juda yaxshi bo‘ldi.

Ikkala nashr ham yangilik va sharhlarga katta ahamiyat qaratadi. Zero, gazetalar sharhlari sevib o‘qiladigan bo‘ldi, mavzusi ham eskirmas. Internet rivojlangan bir paytda endilikda gazetalar ko‘proq tahliliy janrlarga katta e’tibor bermasdan iloj yo‘q. Endi ular tezkorlikka emas, dolzarblikka ahamiyat qaratishayotir.

«Правда Востока»ning yuqorida nomi keltirib o‘tilgan sharhlovchilari «Известия» vakillariga qaysidir jihatlari bilan o‘xshab ketadi. Ayniqsa, Dmitriy Sokolov-Mitrich hamda Feruza Otaxonovada o‘xshashlik kuzatiladi. Ular mayda detallarga ahamiyat qaratishi bilan ajralib turishadi. M.Sokolov va Sabina Alimova esa ko‘proq global mavzular yoritishini ko‘rish mumkin. Ikkala xorijiy va milliy nashr jurnalistlari o‘rtasida bir umumiylik borki, bu xususiylikni yopib ketadi: barchasi o‘z pozitsiyasiga ega. Ular mavzu o‘sha-o‘shaligicha qolib ketishini istashmaydi. Ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, barchasi qandaydir yechim taklif qilishadi. Agar u bo‘lmasa, luqma tashlash, ilmoqli so‘zlar ishlatishga harakat qilishadi.

Nima bo‘lganda ham, nafaqat bu ikki nashr, balki boshqa mana shunga o‘xshashlarini solishtirib ham ko‘p narsa o‘rganish mumkin. Bu esa davlat va jamiyat rivojiga hissa qo‘shishi shubhasiz.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling