“Матбуотдаги тилга оид матнларнинг лингвистик хусусиятлари”


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 299 Kb.
bet2/15
Sana29.04.2023
Hajmi299 Kb.
#1401805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Reklama matnlarning lingvistik ekspertizasi

Tadqiqot obyekti va predmeti. Ishning tadqiq obyektini ommaviy axborot vositalarida, jumladan, gazeta va jurnallarda o‘zbek tilida nashr etilgan tilga oid matnlar, terminologik va ensiklopedik lug‘atlar tashkil qiladi.
Material, asosan, mustaqillik yillarida chop etilgan “Ma’rifat” gazetasidan hamda bir necha turdagi davriy nashrdagi turli gazeta va jurnal matnlaridan to‘plandi. Ishga nazariy manba sifatida tilshunosligimizda bajarilgan dissertatsiya, monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi. Davriy nashrlarda, xususan, «Ma’rifat» gazetasida chop etilgan tilga oid matnlarni o’rganish hamda axborot jarayonlarini o’zida aks ettiradigan bir qancha OAV materiallari va internet manbalari ishning predmeti sanaladi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida Prezidentimiz I.A. Karimov asarlari va nutqlaridan ma’lumotlar olindi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Mazkur dissertatsiyaning maqsadi o‘zbek tili matbuot matnlarining vujudga kelishi va uning turlarini o‘rganish, shuningdek, matbuot matnlarining o‘rganilishi, vujudga keltiruvchi omillar, uning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilab olindi:
- davriy matbuotning paydo bo‘lishi va rivojlanishini o’rganish;
- axborot almashinuvi jarayoniga doir ilmiy qarashlarni o’rganish va tahlil qilish;
- axborot almashinuvi jarayonida matbuotning o‘rni va uning jamiyat hayotiga ta’sirini tahlil qilish;
- matbuotda tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlarini tahlil qilish;
- gazeta tili va unda tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlarini bayon etish;
- hosil qilingan bilimlar asosida axborot almashinuvi jarayonlari yuzasidan nazariy va amaliy takliflar bildirish hamda ushbu takliflar asosida ilmiy xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish.
Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Oʻzbek tilshunosligida OAV, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye materiallari uslubi bo‘lmish publisistik uslub T.Qurbonov tomonidan maxsus oʻrganildi2.
O‘zbek publisistikasi sohasida keyingi yillarda bir necha tadqiqotlar bajarilib, jiddiy yutuqlarni qo‘lga kiritdi. S.Muhamedov tomonidan gazeta publisistikasi3, O.Tog‘ayev tomonidan badiiy publisistika janrlari4, A.Boboyeva5 va I.Toshaliyev6lar tomonidan "gazeta janrlari", G‘.G‘afurov7 tomonidan "publisistik janrlari" va "jurnalistik janrlar", A.Abdusaidov8 tomonidan «Gazeta janrlarining til xususiyatlari» atroflicha o‘rganildi.
Lekin o‘zbek tilshunosligida mustaqillik yillarida matbuotdagi tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlari maxsus tadqiq etilmadi.

Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling