Matematik analiz va algebra kafedrasi sherqulov Musurmon


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana03.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1076301
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
maktab matematika kursini oqitishda interfaol metodlardan foydalanish

Vaqt taqsimoti: 
Tayyorlov bosqichi – 10 daqiqa. 
Da’vat (chaqiruv) bosqichi – 20 daqiqa. 
Anglash bosqichi – 40 daqiqa. 
Mulohaza (fikrlash) bosqichi – 10 daqiqa. 
Darsni ta’minlash. 
O‘quv materiallari: 
Adabiyotlar: 
1. Piskunov A.V. Differensial va integral hisob kursi, T.1, Toshkent, 1991. 
2. Rahimov D.g. Oliy matematika. T.1, Toshkent, 2006. 
3. Demidovich I. Sbornik zadach po matematicheskomi analizu dilya vuzov. Toshkent, 
2004. 
- chizmachilik qog‘ozlari; 
- markerlar; 
- yopishqoq lenta; 
- 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari yozilgan kartochkalar
- tarqatma materiallar; 
- koptochka. 
Dars uslubi: interfaol, “Qorbo‘ron o‘yini”, muammoli va munozarali. 
Mashg‘ulotning borishi: Mashg‘ulot 4 bosqichda o‘tkaziladi. 
Tayyorlov bosqichi: O‘qituvchi tashkiliy qismdan so‘ng: 
- O‘quvchilarga 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari yozilgan kartochkalarni taklif etadi, ularning o‘z 
kartochkalaridagi raqamlariga mos holda, kichik guruhlarga uyushishlari aytiladi; 
- darsning mavzusi, maqsadi (kutiladigan natija), o‘tkazilish tartibini e’lon qiladi. Guruh 
sardorlariga topshiriqlar yozilgan kartochkalarni tanlash, ularni o‘z guruhlarida bajarib 
muhokama qilishlari lozimligi, “Qorbo‘ron o‘yini” orqali aniqlangan guruh a’zolaridan biri hal 
etilgan masalani bayon qilib berishi kerakligini tushuntiradi. 
O‘z navbatida talabalar:
- pedagog buyuruqlarini tez va chaqqonlik bilan bajaradilar
- mikroguruhlarga uyushganlaridan so‘ng, mashg‘ulotga tayyor ekanliklarini bildiradilar; 
- mashg‘ulot mavzusi va undan kutiladigan natijalarga o‘z mulozalarini bildiradilar yoki 
taklif etilgan natijalar ro‘yxatini tasdiqlaydilar. 
Da’vat (chaqiruv) bosqichi: O‘qituvchi 3-5 daqiqa davomida aqliy hujim o‘tkazadi: 
1. Funksiyaning chap limiti deganda nimani tushunasiz? 
2. Funksiyaning o‘ng limiti deganda nimani tushunasiz? 
3. Funksiyaning berilgan nuqtadagi uzliksizlik ta’rifi qanday? 
4. Funksiyaning berilgan nuqtadagi uzliksizlik sharti qanday? 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling