O‘quvchilarning javoblari:
1.
Burchak uchidan chiqib, burchakni teng ikkiga bo‘luvchi nurni burchak
bissektrisasi deyiladi.
2.
Ikki tomoni o‘zaro teng bo‘lgan uchburchakka teng yonli uchburchak deb ataladi.
3.
Teng tomonlari yon, uchinchi tomoni esa asos deyiladi.
4.
a) Teng yonli uchburchakning asosida yopishgan burchaklari o‘zaro teng.
b) Agar uchburchakning ikki burchagi o‘zaro teng bo‘lsa, u teng yonlidir.
v) Teng yonli uchburchakning asosiga o‘tkazilgan medianasi unda ham bissektrisa, ham
balandlik bo‘ladi.
Ekspert guruhi javoblarni baholab, har bir guruh a’zolari uchun o‘zlashtirish portfoliosini
to‘ldirib boradi.
Anglash bosqichi: o‘qituvchi o‘quvchilarga ma’ruzalar matnini tarqatadi va uni kichik
guruhlarda “Bilaman-Bilishni xohlayman-Bilib oldim” strategiyasidan foydalanib o‘rganishni
tavsiya etadi va u usulni qo‘llash metodini tushuntiradi. Matn bilan ishlash vaqtida INSERT
usulini qo‘llash tavsiya etiladi.
Guruh orasida yurib, guruh a’zolariga tavsiya, maslahatlar berib boradi, savollarga javob
beradi. Xususan, avval birinchi ustuni to‘lg‘azishni tavsiya qiladi. So‘ngra o‘z bilim va
imkoniyatlaridan mohirona foydalanib, qo‘shimcha savollar berib, ikkinchi ustunni to‘lg‘azishga
erishadi.
Guruh sardori “B-B-B” jadvallari taqdimotiga navbat bilan taklif qilinadi. Muhokama
yakunida o‘quvchilar uchunchi ustunni to‘lg‘azadilar (1-ilova).
Ekspertlar o‘quvchilar fikrini ham e’tiborga olib, har bir guruh va uning sardorlari
faoliyatini baholaydi.
Matn bilan ishlash vaqtida o‘zlashtirilishi qiyin va noaniq bo‘lib qolgan tushunchalar
to‘g‘risida fikr almashadilar.
Mulohaza (fikrlash) bosqichi: O‘qituvchi uchburchakning medianasi, bissektrisasi va
balandligi mavzusiga oid quyidagi treningi o‘tkazadi.
Mulohazalar
1. Agar uchburchakning asosiga yopishgan burchaklari teng bo‘lsa, uning yon tomonlari
ham teng bo‘ladi.
2. Teng tomonli uchburchakning hamma medianasi ham shu burchakning bissektrisasi
yoki balandligi bo‘lavermaydi.
3. Burchak bissektrisasi yon tomonlari bilan
0
90
dan ortiq burchak hosil qilishi
mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |