19
Ta’limiy maqsadlar: o‘quvchilarda uchburchakning medianasi, bissektrisasi va
balandligining ta’rifi, xossalarini tushuntirish va ularni berilgan
tomonlari orqali topish
usullarini o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarning geometriyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish.
Rivojlantirish maqsadlari: o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, dunyoqarashini
kengaytirish, fazoviy fikrlashini oshirish, qo‘shimcha manbalar bilan ishlash ko‘nikmasini
rivojlantirish.
O‘qituvchining maqsad va vazifalari:
1.
Kognitiv, idrok etish maqsadlari (nimani biladi va tushunadi?):
-uchburchak medianasi burchak uchi bilan shu burchak qarshisidagi tomonning o‘rtasini
tutashtiruvchi
kesma ekanini biladi;
-uchburchak bissektrisasi burchak bissektrisasining uning uchi bilan shu burchak
qarshisidagi tomonning tutashtiruvchi kesma ekanini biladi;
- uchburchak balandligi burchak uchidan qarshi tomoniga tutashtirilgan perpendikuliyar
ekanini biladi.
2. Psixomotor, (faoliyat) maqsadlari (nima qiladi?):
- uchburchakning medianasini berilgan tomonlari
orqali hisoblay oladi;
- uchburchakning bissektrisasini berilgan tomonlari orqali hisoblay oladi;
- uchburchakning balandligini berilgan tomonlari orqali hisoblay oladi;
3.
Affektiv, xissiyot-qadriyatli maqsadlar (nimani sezadi?):
-teng yonli uchburchakning asosiga qarama-qarshi yotgan uchidan o‘tkazilgan bissektrisa
ham, mediana ham balandlik bo‘lishini biladi;
-o‘rganilayotgan masalaga qiziqish bildiradi va muhokamada eshtirok etadi;
- uchburchakning medianasi, bissektrisasi va balandligini
hisoblashga masalalarni
yechishda guruh bilan hamkorlik qilishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: