Matematik analiz va algebra kafedrasi sherqulov Musurmon


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana03.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1076301
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
maktab matematika kursini oqitishda interfaol metodlardan foydalanish

Vaqt taqsimoti: 
Tayyorlov bosqichi – 10 daqiqa. 
Mavzu bo‘yicha bilimlarni aniqlash va takrorlash bosqichi – 20 daqiqa. 
Anglash bosqichi – 20 daqiqa. 
Mulohaza bosqichi – 20 daqiqa. 
Qisqa test – 10 daqiqa. 
Darsni ta’minlash 
O‘quv materiallari: 
1). Adabiyotlar: 
1. Pogarelov A.V. Geometriya. 7-11 sinflar uchun. Toshkent, 1991. 
2. Isroilov I. Geometriyadan masalalar to‘plami. Toshkent, 2004. 
3. Isroilov I. Akademik litseylar uchun sinov darsligi. Toshkent, 2004. 
2). Chizmachilik qog‘ozlari; 
3). Markerlar
4). Yopishqoq lenta (skoch); 
5). 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari yozilgan kartochkalar; 
6). Tarqatma materiallar. 
Dars uslubi: Interfaol usul: “B-B-B” strategiyasi, insert, muammoli va munozarali 
vaziyatni yaratish. 
Mashg‘ulotning borishi 
Mashg‘ulot 3 bosqichda o‘tkaziladi: mavzu bo‘yicha bilimlarini aniqlash va takrorlash, 
anglash hamda mulohaza (fikrlash). 
Tayyorlov bosqichi: o‘qituvchi tashkiliy qismdan so‘ng o‘quvchilarga 1, 2, 3, 4, 5 
raqamlari yozilgan kartochkalar taklif etadi, ularning o‘z kartochkalaridagi raqamlarga mos 
holda, kichik guruhlarga uyushishlari aytiladi. Darsning mavzusi, maqsadi (kutiladigan natija), 
o‘tkazilish tartibi e’lon qiladi. O‘quvchilardan taklif etilgan matnlarni kichik guruhlarda 


20 
muhokama qilib, natijalar bo‘yicha guruhlar sardori qisqacha axborot berishi lozimligini 
tushuntiradi. 
O‘quvchilar pedagog buyruqlarini tez va chaqqonlik bilan bajaradi. Mikroguruhlar 
uyushganlaridan so‘ng, mashg‘ulotga tayyor ekanliklarini bildiradilar hamda mashg‘ulot 
mavzusi va undan kutilayotgan natijalar haqida o‘z mulohazalarini aytadilar yoki taklif etilgan 
natijalar ro‘yxatini tasdiqlaydilar. 
Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini aniqlash va takrorlash: o‘qituvchi 3-5 
daqiqa davomida aqliy hujum o‘tkazadi: 
1. 
Burchak bissektrissasi nima? 
2. 
Teng yonli uchburchak deb qanday uchburchakka aytamiz? 
3. 
Teng yonli uchburchakning qaysi tomoni asos va qaysi tomonlari yon deyiladi? 
4. 
Teng yonli uchburchakning qanday xossalarini bilasiz? 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling