Matematik analiz va algebra kafedrasi sherqulov Musurmon


Maktab matematika kursini o‘rganishda interfaol metodlardan foydalanish


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana03.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1076301
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
maktab matematika kursini oqitishda interfaol metodlardan foydalanish

Maktab matematika kursini o‘rganishda interfaol metodlardan foydalanish 
 
Geometrik shakl va shakliy munosabatlari mukammal o‘rganish o‘quvchilarni fazoviy 
ob’ektlarni to‘g‘ri tasavvur qilishga, shuningdek, geometrik xossalarni tushunish, anglash orqali 
mantiqiy fikrlashga yo‘naltiradi. O‘quvchilarni kelajakda qaysi kasbda faoliyat olib bormasin, bu 
kabi masalalarga duch kelishi aniq. Ayniqsa, me’morchilik va qurilish, muxandislik kabi 
sohalarni tanlagan yoshlar mazkur qonuniyatlarni chuqurroq o‘rganishi shart. Bu boradagi 
bilimlar esa geometriya fanining har bir sabog‘ida yanada mukammallashib boradi. Biz tavsiya 
etayotgan dars ishlanmasi akademik litseylarning 1-kurs o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, pedagogik texnologiya tamoillarini qo‘llagan holda interfaol usulda dars o‘tish tavsiya 
etiladi. 
GEOMETRIYA 1-kurs 
Mavzu: Uchburchak medianasi, bissektrisasi va balandligi. 
Ajratilgan saot: 2 saot. 


19 
Ta’limiy maqsadlar: o‘quvchilarda uchburchakning medianasi, bissektrisasi va 
balandligining ta’rifi, xossalarini tushuntirish va ularni berilgan tomonlari orqali topish 
usullarini o‘rgatish. 
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarning geometriyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish. 
Rivojlantirish maqsadlari: o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, dunyoqarashini 
kengaytirish, fazoviy fikrlashini oshirish, qo‘shimcha manbalar bilan ishlash ko‘nikmasini 
rivojlantirish. 
O‘qituvchining maqsad va vazifalari: 
1. Kognitiv, idrok etish maqsadlari (nimani biladi va tushunadi?):
-uchburchak medianasi burchak uchi bilan shu burchak qarshisidagi tomonning o‘rtasini 
tutashtiruvchi kesma ekanini biladi
-uchburchak bissektrisasi burchak bissektrisasining uning uchi bilan shu burchak 
qarshisidagi tomonning tutashtiruvchi kesma ekanini biladi; 
- uchburchak balandligi burchak uchidan qarshi tomoniga tutashtirilgan perpendikuliyar 
ekanini biladi. 
2. Psixomotor, (faoliyat) maqsadlari (nima qiladi?):
- uchburchakning medianasini berilgan tomonlari orqali hisoblay oladi
- uchburchakning bissektrisasini berilgan tomonlari orqali hisoblay oladi; 
- uchburchakning balandligini berilgan tomonlari orqali hisoblay oladi; 
3. Affektiv, xissiyot-qadriyatli maqsadlar (nimani sezadi?): 
-teng yonli uchburchakning asosiga qarama-qarshi yotgan uchidan o‘tkazilgan bissektrisa 
ham, mediana ham balandlik bo‘lishini biladi; 
-o‘rganilayotgan masalaga qiziqish bildiradi va muhokamada eshtirok etadi; 
- uchburchakning medianasi, bissektrisasi va balandligini hisoblashga masalalarni 
yechishda guruh bilan hamkorlik qilishga intiladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling