Matematik analiz va algebra kafedrasi sherqulov Musurmon


O‘quvchilarning javoblari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana03.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1076301
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
maktab matematika kursini oqitishda interfaol metodlardan foydalanish

O‘quvchilarning javoblari: 
1. 
Burchak uchidan chiqib, burchakni teng ikkiga bo‘luvchi nurni burchak 
bissektrisasi deyiladi. 
2. 
Ikki tomoni o‘zaro teng bo‘lgan uchburchakka teng yonli uchburchak deb ataladi. 
3. 
Teng tomonlari yon, uchinchi tomoni esa asos deyiladi. 
4. 
a) Teng yonli uchburchakning asosida yopishgan burchaklari o‘zaro teng. 
b) Agar uchburchakning ikki burchagi o‘zaro teng bo‘lsa, u teng yonlidir. 
v) Teng yonli uchburchakning asosiga o‘tkazilgan medianasi unda ham bissektrisa, ham 
balandlik bo‘ladi. 
Ekspert guruhi javoblarni baholab, har bir guruh a’zolari uchun o‘zlashtirish portfoliosini 
to‘ldirib boradi. 
Anglash bosqichi: o‘qituvchi o‘quvchilarga ma’ruzalar matnini tarqatadi va uni kichik 
guruhlarda “Bilaman-Bilishni xohlayman-Bilib oldim” strategiyasidan foydalanib o‘rganishni 
tavsiya etadi va u usulni qo‘llash metodini tushuntiradi. Matn bilan ishlash vaqtida INSERT 
usulini qo‘llash tavsiya etiladi. 
Guruh orasida yurib, guruh a’zolariga tavsiya, maslahatlar berib boradi, savollarga javob 
beradi. Xususan, avval birinchi ustuni to‘lg‘azishni tavsiya qiladi. So‘ngra o‘z bilim va 
imkoniyatlaridan mohirona foydalanib, qo‘shimcha savollar berib, ikkinchi ustunni to‘lg‘azishga 
erishadi.
Guruh sardori “B-B-B” jadvallari taqdimotiga navbat bilan taklif qilinadi. Muhokama 
yakunida o‘quvchilar uchunchi ustunni to‘lg‘azadilar (1-ilova).
Ekspertlar o‘quvchilar fikrini ham e’tiborga olib, har bir guruh va uning sardorlari 
faoliyatini baholaydi. 
Matn bilan ishlash vaqtida o‘zlashtirilishi qiyin va noaniq bo‘lib qolgan tushunchalar 
to‘g‘risida fikr almashadilar. 
Mulohaza (fikrlash) bosqichi: O‘qituvchi uchburchakning medianasi, bissektrisasi va 
balandligi mavzusiga oid quyidagi treningi o‘tkazadi. 
Mulohazalar 
1. Agar uchburchakning asosiga yopishgan burchaklari teng bo‘lsa, uning yon tomonlari 
ham teng bo‘ladi. 
2. Teng tomonli uchburchakning hamma medianasi ham shu burchakning bissektrisasi 
yoki balandligi bo‘lavermaydi. 
3. Burchak bissektrisasi yon tomonlari bilan 
0
90
dan ortiq burchak hosil qilishi 
mumkinmi? 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling