Matematik analiz va algebra kafedrasi sherqulov Musurmon


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana03.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1076301
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
maktab matematika kursini oqitishda interfaol metodlardan foydalanish

 
 
 
 
MavzuFunksiyaning uzluksizligi 
 
O‘quv-kalendar rejasida mavzu uchun ajratilgan vaqt: 2 soat. 
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga funksiya uzluksizligining ta’rifi, xossalarini tushuntirish 
va ualrni berilgan nuqtalarda hamda berilgan oraliqda tekishirishni o‘rgatish. 
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni qo‘yilgan har qanday masalaga mas’uliyatli, jiddiy 
munosabatda bo‘lishga, qat’iylikka o‘rganish va matematika faniga qiziqishini oshirish. 
Rijovlantirish maqsadlari: O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, dunyoqarashini 
kengaytirish, tahliliy fikrlashini o‘stirish, qo‘shimcha manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini 
rivojlantirish. 
O‘quvchining maqsad va vazifalari:  
1. Kognitiv, idrok etish maqsadlari (nimani biladi va tushunadi?): 
- funksiya tushunchasini, ketma-ketliklarning limitini va u bilan bog‘liq barcha 
tushunchalarni biladi; 
- funksiyalarning limitini, uzluksiz nuqtalari va uzilish nuqtalarini aniqlashni, funksiya 
uzliksizligining algebraik va geometrik talqinini tushunadi
- uzilish nuqtalarining turlarini farqlay oladi. 
2. Psixomotor (faoliyat) maqsadlari (nima qiladi?): 
- uzluksiz funksiyaning barcha xossalarini berilgan murakkab funksiyaning uzluksizligini 
tekshirish jarayoniga tadbiq eta oladi; 
-funksiyalarni taqqoslash, ularning bir-biriga nisbatan munosabatini aniqlay oladi va ularni 
tahlillarda qo‘llay biladi; 
- o‘tilgan dars mavzusining muhmligini, asosiy tushuncha va qoidalarni bayon qila oladi, 
ularning qo‘llanish sohalarini, mavzuning eng muhim jihatlarini belgilay oladi
3. Affektiv, hissiyot-qadriyatli maqsadlar (nimani sezadi?):


23 
- funksiya uzluksizligining nega kerakligini va uning roliga munosabat bildirishni, uning 
ahamiyatini qaysi mezonlarga asoslanib baholash mumkinligini sezadi; 
-o‘rganilayotgan masalaga qiziqish bildiradi va muhokamada ishtirok etadi; 
- funksiyaning uzluksiz va uzlukli nuqtalariga oid masalalarni yechishda guruh bilan 
hamkorlik qilishga intiladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling