Matematik mantiq elementlari
Download 25.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik modellashtirish
Matematik madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o‘stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o‘zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi.
Matematikaolamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofimizdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda ahamiyati juda katta. Matematikada borliq, asosan, matematik modellar yordamida ideallashgan holda in’ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida mavjud ob’yektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda mavjud bo‘lmagan va ba’zan mavjud bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan, lekin real mavjud predmetlarga ma’lum bir munosabatda o‘xshash ob’yektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi. Tadqiq qilinayotgan jarayon va hodisalardagi qonuniyatlar matematik belgilar yordamida ixcham ko‘rinishda ifoda etilib ularning matematik modeli quriladi va o‘rganiladi. Matematik modellashtirish tashqi dunyoni bilish hamda bashorat qilish va boshqarish uchun samarali usul hisoblanadi. Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va, umuman, komil inson bo‘lishlariga bog‘liq. Bu haqda Prezidentimiz Islom Karimov «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi,xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo‘ladi»[3] deb ta’kidlagan. Matematika fanining yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, har qaysi fan albatta unga murojaat qiladi. Tarix, dinshunoslik, huquqshunoslik kabi gumanitar fanlar ayniqsa matematika faniga ko`proq aloqada bo`lishadi. Masalan, qamoq jazosini ozodlikdan maxrum qilish jarayonida, aholiga pensiya tayinlash chog`ida matematik amallarni mukammal darajada bo`lishni talab etadi. Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling