Matematik mantiq elementlari
Download 32.26 Kb.
|
1-mavzu. Matematika fani predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Matematika tili. Matematika ham o‘z alifbosiga egadir. Bu alifbo harflar, raqamlar va maxsus belgilardan tashkil etilib, ularning har biri o‘z navbatida yaxlit deb qabul qilingan belgilardan iboratdir. Matematik belgilar - matematikaga oid bilimlarni yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan belgilardir. Hozirgi zamon matematikasining ko‘plab natijalarini rivojlangan va qulay belgilarsiz tasavvur qilish mumkin emas.
Keng ma’noda aytganda matematik til xuddi tabiiy tildek alifbo, so‘zlar, grammatika, bu tilda turli matnlardan tashkil topgan. Matematik tilda so‘zlar va grammatikaning analogi sifatida matematik belgilar, aksiomalar, teoremalar, ta’riflar, matnlar analogi sifatida esa matematik modellar deb qaralsa bo‘ladi. Xalqaro matematika ittifoqi tomonidan nashr qilingan “Matematika: chegaralari va istiqbollari” nomli kitobda quyidagi ta’rif keltirilgan[6]: Matematika – bu o‘ziga xos bo‘lgan grammatik qoidalari yordamida chekli alfavit belgilarining chekli zanjirlarini boshqa shunday zanjirlarga almashtirishlarni o‘rganadigan tilshunoslikning bo‘limi. Tabiiy tillardan farqli tomoni shundaki, bu maxsus til grammatikasida «1 + 2» belgilar zanjiri o‘rniga «3» belgisini qo‘yish qoidasiga o‘xshash qoidalar bisyor. Matematik tilning afzalliklari: 1. Maxsus belgilar yordamida fikrlash madaniyatini egallagashga, fikrlarni ketma-ket, mantiqan to‘g‘ri, aniq va ratsional ifodalashga imkon yaratadi 2. Tevarak atrofimizdagi voqea va hodislarni ongli o‘rganish uchun katta imkoniyatlarga ega. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Matematikaning inson faoliyatidagi o’rnini tushuntiring. 2. Matematikaning vujudga kelish davri mohiyati nimalardan iborat? 3. Geometriya fanining vujudga kelishi nimalarga bog’liq? 4. Rivojlanish davrining 3-bosqichi mazmunini asoslang. 5. Zamonaviy matematikaning strukturasini tushuntiring. 6. Induksiya va deduksiyaga ta’rif bering. 7. Evklid gemetriyasining mazmunini tushuntiring. 8. Matematikaning tili deganda nimani tushunasiz? 9. Matematik tilning mohiyati nimadan iborat? 10. Mustaqil ravishda tarixiy va qiziqarli masalalarni yechish yo’llarini o’rganing. Download 32.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling