Matematik mantiq predmeti va uning matematikani asoslashdagi o`rni


Download 29.92 Kb.
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi29.92 Kb.
#1756659
  1   2   3
Bog'liq
1-ma`ruza


Matematik mantiq predmeti va uning matematikani asoslashdagi o`rni

Mulohazalar algebrasining formulalari. Formulaning rostlik qiymatlari.Teng kuchli formulalar. Mantiq qonunlari.

Mulohazalar hisobi, uning aksiomalar sistemasi. Keltirib chiqarish qoidalari. Deduksiya teoremasi.

Predikatlar va kvantorlar . Predikatlar mantiqining tili.Birinchi tartibli til.

Teng kuchli predikatli formulalar. Matematik tasdiqlarni predikatlar tilida yozish.

Rekurent munosabatlar. Rekurent munosabatlarni yechish usullari. Butun sonli funksiyalar.

Nyuton binomi. Binomial koeffisiyentlar.Polinomial formula.

Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari.

Matematik mantiq va diskret matematikaning texnikaga va pedagogikaga tatbiqlari.


Mavzu:
Matematik mantiq predmeti va uning matematikani asoslashdagi o`rni
Reja:
1. Matematik mantiq predmeti haqida
2. Matematik mantiqning matematikani asoslashdagi o`rni
3. Fikrlash masalalarini yechish qoidalari
4. Asosiy mantiqiy amallar


1. Matematik mantiq predmeti haqida
«O`zingni bilsang – olamni bilasan» degan edi buyuk yunon faylasufi Suqrot. Inson hamma vaqt, kundalik hayotda ham, ilmiy faoliyatda ham fikr yuritadi. Ammo mantiq ilmini bilmasdan turib topgpri fikr yuritish mushkul.
Mantiq olamdagi qonuniy, zaruriy bogplanish va aloqalar, tartib va izchillik, tafakkurning ichki aloqadorligi, tadrijiy fikrlanishi, turli qarashlar oprtasidagi mantiqiy bogplanishlarni opz ichiga olgan boplib, insonni hech bir narsaga befarq boplmay, sinchkov qarashga, har bir voqea-hodisaga xolis baho berishga, shu yopl bilan muntazam va izchil fikr yuritish va har qanday oqilona fikrni isbotlay bilishga oprgatadi. Mantiq ilmi qonun-qoidalarini atroflicha oprganish va mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish orqali amaliy hayot uchun kerakli xulosalar chiqarish, davr ruhini anglash, voqea-hodisalarni haqqoniy tahlil qilish oson kechadi. Mantiq mulohazalash usullarining tahlilidan iboratdir. Matematik mantiq esa, mantiq ob'ektlarini matematik usulda tekshiradigan fandir.
Mantiq ilmini chuqur oprganish uchun milliy gpoya va mafkuraning mohiyatini teran ifoda etadigan, hayot bilan uzviy bogplangan opquv adabiyotlarini yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi. prezidentimiz I.A.Karimov Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasida «...darsliklarda millat fikri, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilgpor namunalari aks etishi kerak»ligini tahkidlab optgan edi.
Ushbu fan talabalarda mantiqiy fikr yuritish madaniyatini opstirishga, topgpri fikr yuritishga, bahs-munozara paytida opzining va boshqalarning fikr-mulohazalariga tanqidiy munosabatda boplishga, hozirjavoblikka, suhbatdoshining fikr-mulohazalaridagi xatolarni anglashga yordam beradi. SHuningdek, haqiqatni aniqlash, uni yoqlab chiqish, asoslash uchun mantiqiy qoidalardan foydalana bilish, opz fikrini lopnda va ishonarli qilib bayon etish kopnikmalarini hosil qiladi.
Mantiq ilmining tahlim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati beqiyos. Zero, ilm-fan ildam rivojlanayotgan bir paytda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy-nazariy tajribalar orqali topplangan mahlumotlarni samarali tahlil qilish mantiq ilmini mukammal bilishni taqozo etadi.

Download 29.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling