Matеmatik o`yinlar elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shakllantirish оmili sifatida KirishI. Bob
Katta va tayyorlov guruhlarda matematika mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi
Download 71.45 Kb.
|
Ramazonova Dilfuza
2.2. Katta va tayyorlov guruhlarda matematika mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi — bu yaqqol ko‘rinish (yasnovideniye) deb atalib, voqealik, holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagiqa yaqqol ko‘rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namoyon bo‘lishi mumkin, xolos. aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko‘rishlik bilish sub’yektining shaxsiy hayoloti, o‘zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo‘lmasdan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko‘rish imkonining yuksakligi, aniqligi kishini hanuzgacha hayajonga soladi Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrokiing muhim xususiyatlaridan biri - bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda, insonning idrok qilish faoliyati uning o‘zlashtirilgan bilimlari, to‘plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo‘lgai o‘quv fani mohiyatiga bog‘liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinishining o‘zaro mosligini aniqlash singari bosqichma bosqich o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismlardan iboratdir. Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko‘pqirrali ko‘pyoqlama alomatlardan idrok qilish bilan cheklaiib, chegaralanib qolmasdan, balki o‘sha majmua aniqjism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jismlarning o‘ziga xos xususiyatlariii belgilash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki mazkur narsalarni ma’lum ma’noviy qismlarga ajratadi. Jumladan, «soat», «bino», «hayvonot» va hokazo. Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko‘mir yorurlikda yog‘du sochadi, oq qog‘ozdan ko‘proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora» va «oq» deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’yektiv taassurotlarga nisbatan o‘zgartishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok jarayoni inson oldida to‘rgan maqsadga, maqsad qo‘ya olishga, unga berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko‘rsatmaga) uzviy bog‘liqholda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir. Shuning uchun insonni idrok qilish (perseptiv) faoliyatida ongli boshqariluv imkoniyati mavjud bo‘lib, analitik, sintetik, harakatlar negizida verbal orqali amalga oshiriladi.5 Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog‘likdir. Lekin to‘g‘ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo‘lmog‘i lozim: 1) sub’yektning aks ettirishi zarur bo‘lgan narsalar yuzasidan avvalgi uquvi, tasavvurlarining ko‘lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism fan, voqelik, muammo o‘rganilishi bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad, maqsad qo‘ya olish; 3) perseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o‘zaro uyg‘unligi. Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’yekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o‘rab to‘rgan boshqa narsa jism yoki hodisalarga nisbatan ob’yekt hisoblanib, ob’yektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokniig sifati ob’yektning fondan tez to‘liq va aniq ajratib olish bilap belgilanadi. Idrok qo‘zg‘atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha uning hamma xususiyatlari bilan birga aks ettiradi. Shummsh uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidai iboratdir, degan xulosa Chiqarib bo‘lmaydi. Idrok o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan hissiy bilishning sifat jihatdan yangi yuksakroq bosqichidir. Idrok jarayonlarining faolliligimizga, ob’yektga munosabatimizga bevosita bog‘liqligini kurasatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning kayfiyatimizga xam bog‘liq. yukoridagilardan kelib chikib, shaxs idrok qilishi jarayonlariga xos bo‘lgan bir nechta qonuniyatlarini belgilaymiz. Bolalar ulg`aygani sayin voqelikni o`zlashtirish imkoniyatlari ham kengaya boradi, binobarin, ular so`zni o`zlashtirish evaziga ularning saviyalari ham ko`tariladi,didlari o`sa va dunyoqarashlari shakllana va to`lisha boradi. So`zni tushunish va o`zlashtirish bolalarda tasavvurni chuqurlashtiradi, narsa va hodisalar haqida o`z fikrini tug`diradi. Bolalar uchun ijod etuvchilar ana shu holat bilan hisoblashmoqlari shart. Zotan, bolaga atalgan asarning tili qancha aniq, ifodalari teran, qisqa va obrazli bo`lsa voqea ham, ifodasi ham ixcham, yorqin va sodda bo`lsa asar shuncha ta`sirchan bo`ladi, unda ilgari surilgan g`oya xotiraga mustahkam o`rnashgan syujetni idrok qilish asosida yosh kitobxonning intellektual dunyosi mahsuliga aylanadi. Bolalar murakkab qurilmali gaplardagi mazmunni ilg`ashga qiynaladilar, xususan, bunday gaplarda izohtalab arxaik so`zlar qalashib kelsa-taqatlari toq bo`ladi. Binobarin, gaplar ham sodda, mantiqdor, jonli, hayajanbaxsh va savodli qurilmog`i, g`ashga teguvchi qaytariqlar va mavhum iboralardan xoli bo`lmog`i lozim. Poetik obrazlar mavhum yoki qalashib ketgan sifatlashlar (epitetlar) asosida qurilmasligi darkor, bolalar kitobida har bir ifoda tabiiy, yorqin ma`noli va zavqovar bo`lishi-uni tushunib o`qish va uqib olishning muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo‘lganligi bejiz emas. «Ijod» so‘zining lug‘aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so‘zlariga monand keladi. Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo‘ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo‘lishidan, namoyon bo‘lishigacha jarayonini o‘z ichiga oladi. Shaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo‘yilmagan, hal etuvchi vosita bo‘lib hisoblanmagan intilishdir. Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o‘zida insonning mehnatda namoyon bo‘lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo‘lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq. Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o‘z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog‘liq. Shunga ko‘ra, jamiyat taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir o‘quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir. Psixolog olim N.D.Levitov ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar asosida vujudga kelishini isbotladi: - tafakkurning mustaqilligi; - o‘quv materialining o‘zlashtirilishi, tezligi va mustahkamligi; - standart bo‘lmagan vazifalarni hal qilishda, aqliy chamalashning (topqirlikning) tezligi; - o‘rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali muhim bo‘lmagan narsadan muhimini ajrata bilish. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo‘lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi. Ular quyidagilardan iborat : 1. O‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari. 2. Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi. 3. Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg‘ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish. 4. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv. Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi : O‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ular egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi. -dastur materiallarni qay darajada o‘zlashtirganligi ; -mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o‘zlashtirganligi; -tanlagan mavzu bo‘yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi ; -o‘rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi ; -topshiriqlarni bajarishda o‘quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan foydalana olishi ; - o‘z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi ; -mavzu bo‘yicha o‘z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo‘ya olishi, rejalar tuzishi va natijalarni baholay olishi ; -mavzularni o‘rganishda o‘z fikrini dalillay olishi; -o‘z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar. Mazkur talablar o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari, ularning o‘quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo‘ladi va bu borada o‘quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi. Yuqoridagi talablar asosida muammoga doir ta’limni maqsadga muvofiq tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Maqsadga muvofiq yondashuv deganda o‘quv- biluv jarayoni yoki ta’lim mazmuni, metod va shakllari tizimining ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir maqsadli yo‘naltirilgan maxsus tashkil etilgan tuzilmasi tushiniladi. Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o‘quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada: 1. O‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash. 2. O‘qituvchi va o‘quvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish. 3. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish.6 Hozirgi davrda o‘quvchilarning biror- bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog‘liq bo‘lgan evristik va muammoli ta’lim o‘quv-biluv jarayoniga faol kirib kelmoqda. V. Karimova o‘z tadqiqotlarida ilmiy faoliyatni ushbu uch turi amalga oshirilganda shaxsning unga mos bo‘lgan sifatlari : 1) O‘quvchilar tomonidan tashqi olamni kuzatish jarayonida zarur bo‘ladigan sifatlari; 2) O‘quvchilar uchun faoliyatning ijodiy mahsulini yaratish sharoitlarini ta’minlovchi ijodiy faoliyat sifatlari; 3) O‘quvchilar bilish faoliyatini tashkil etganda uning oldingi ikki holatda- bilish va ijod holatida ko‘rinadigan sifatlari namoyon bo‘lishini ko`rsatib o`tadi. Quyida sanab o‘tiladigan sifatlar ijodiy izlanishli ta’lim turini rejalashtirish, tashkil etish va samaradorligini nazorat qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijodiy faoliyat sifatlariga quyidagilarni kiritish mumkin : - ehtirosli-obrazli sifatlar: ijodiy vaziyatlardan ilhomlanish, zavqlanish, jo‘shqinlik; - obrazlilik, uyushganlik, yangilik va g‘ayrioddiylikni his etish, ziddiyatlarga nisbatan sezgirlik, ijodiy moyillik, ichki kurashlarni sinashga bo‘lgan qobiliyat, ramziy ijodkorlik va boshqalar. - tashabbuskorlik, kashfiyotchilik, zehn, o‘ziga xoslik, har xillik, nostandartlik; - g‘oyalarni topishga, ularning individual, o‘zga insonlar bilish ob’ektlari bilan munosabatlariga nisbatan qobiliyati; - maktabda, oilada va boshqa ijtimoiy muhitda beriladigan axloq me’yorlarini saqlab qolish ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashadigan fikrlar, tuyg‘ular va harakatlar erkinligi; - sezgirlik, tanish narsalarni notanish narsalarda ko‘ra olish va aksincha; muammolarni hal etishda stereotiplarni yenga olish, o‘zgacha makonga chiqish qobiliyati; - o‘rganilayotgan ob’ekt bilan dialog olib bora olish ; bilish metodlarini tanlay olish; ob’ektning o‘xshash ob’ektlar bilan vazifa va aloqasini topish; - b’ektlarning o‘zgarishi, uning o‘sish yoki rivojlanish dinamikasini aniqlash; - b’ektning xossalariga ko‘ra bilishning yangi metodlarini yarata olish ; - gipotezalarni ta’riflay olish taxminiy fikrlar, qonuniyatlar, formula, nazariyalarni, konstruksiyalash: intuitsiya, meditatsiyaga ega bo‘lish ; - o‘z qobiliyatini ijodiy ishlarni bajarish va himoyalash shaklida amalga oshirish, tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lish. Boshlang‘ich ta’lim dasturlari, o‘qitilayotgan o‘quv predmetlarining tahliliy natijalari shuni ko‘rsatadiki, 1-4-sinf o‘quvchilarida ijodiy faoliyatni shakllantirishni bir necha bosqichda amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilgan, jumladan, darsda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga yo‘naltirilgan o‘quv materiallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim qilinishi belgilanmagan bo‘lsa-da, mahoratli o‘qituvchi o‘z faoliyatini o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishni turli metodlar asosida amalga oshirishi mumkin. Og‘zaki so‘rash; yozma ishlar o‘tkazish; amaliy ishlarni bajarish; turli didaktik o‘yinlar o‘tkazish orqali o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish mumkin. Masalan, boshlang‘ich sinflarning «O‘qish» darsida bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirish uchun o‘quv materiallarida berilgan tushunchalar konkret – induktiv metod vositasida o‘rganilishi va o‘qituvchining mohirona darsni tashkil qilishi natijasida ularda ijodiy faolllikning oshishiga zamin yaratilishi mumkin. Bolalarni maktabda о‘qitishning samaradorligini kо‘p jixatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bо‘ladi. Maktabda о‘qishga tayyorgarlik – maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga qо‘yadigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talabalarning о‘ziga xos tomoni о‘quvchining yangi ijtimoiy psixologik о‘rni, u bajarishga tayyorlangan bо‘lishi lozim. 6-7 yoshli bolalar о‘zini idora qilish va о‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bо‘la boshlaydi. Bu yoshdagi о‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat kо‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bо‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg bо‘ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bо‘ladi, о‘z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi. Maktabga kirish bola xayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat tizimining о‘zgarishiga alokador muxim davrdir. Bola xayotida birinchi bor markaziy о‘rinni ijtimoiy axamiyatga ega bо‘lgan о‘quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bо‘lgan erkin о‘yin faoliyatidan farkli ularok, endi ta’lim majburiy bо‘ladi va birinchi sinf о‘quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab kilinadi. Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik xayot jarayonini qayta quradi: kun tartibi о‘zgaradi, erkin о‘yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan о‘quvchining о‘z xatti-xarakati, majburiyatlarini bajarishga shaxsiy ma’suliyati ancha-muncha ortadi. Idrok- sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi. Kuzatuvchanlik -kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyati. Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan - yuqoriga qayta ishlash. Sensor retseptorlaridan boshlanadigan analiz, miyaga o‘suvchi yo‘nalishda xarakat qiladi va sensor ma’luotlarni izoxlaydi. Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha yuqoridan – pastga qayta ishlash. Qachonki bizni tasavvurlarimiz kutilayotgan narsalar va tajribamiz vujudga kelganda, aqliy jarayonlarimiz ma’lumotlarini judayam yuqori darajada qayta ishlanadi. Psixofizika - Intensivlik va psixoldogik qobiliyat va uni idrok qilish bilan qo‘zg‘atuvchining fizik xususiyatini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish. Absolyut chegara - Biron bir qo‘zg‘atuvchini namoyon qilish muhim bo‘lgan, quyi qo‘zg‘atuvchi. Signalni bilish nazariyasi - Biz qachon kuchsiz qo‘zg‘atuvchini namoyon qilishimizni aytadi (signal). SHundan kelib chiqib aytamizki yagona absolyut ostona yo‘q va aniqlik insonni tajribasidan, motivatsiyasidan va charchash darajasidan kelib chiqadi. Ong osti - Ongli idrok qilib bo‘lmaydi, absolyut chegaradan past. Inson ayrim yorug‘ yoki rangli, tovushlar yoki aloqalarning o‘rganilmagan dunyosida emas, jismlar va shakllar, murakkab vaziyatlar dunyosida yashaydi. Inson tomonidan idrok etiladigan narsalar uning ko‘z o‘ngida yaxlit tasvirlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. «Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, lekin ular o‘rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo‘shilish natijasida ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit jismlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o‘tadilar. Shuning uchun idrokning sezgidan asosiy farqi, bizga ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya’ni, jismni barcha xossolari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat. Shunday qilib, idrok – bu jism va hodisalarni, ularning his-tuyg‘u organlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish psixik jarayoni. Idrok–bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi. Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan. Psixofiziologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, idrok tahliliy ishlarni olib borishni talab etuvchi juda murakkab jarayondir. Idrok qilish jarayoniga muntazam ravishda harakatli tarkibiy qismlar ( aniq jismlarni idrok qilishda jismlarni ushlab ko‘rish va ko‘zlar harakati; nutqni idrok qilishda mos kelgan tovushlarni kuylash va talaffuz qilish) kiritilgan bo‘ladi. SHuning uchun idrokni sub’ektning perseptiv (idrok qilinuvchi) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu faoliyatning natijasi bo‘lib, real hayotimizda to‘qnashishimiz mumkin bo‘lgan jism haqidagi yaxlit tasavvur etish hisoblanadi. Jismni yaxlit aks ettirish ta’sir etuvchi belgilarning(rang, shakl, ta’m va h.k.) yaxlit to‘plamidan, bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lmaganlardan asosiy etakchi belgilarni ajratib olishni talab etadi. Idrok qilishning ushbu perseptiv tasvirning shakllanish bosqichida tafakkur ham qantashishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Lekin idrokningkeyingi bosqichi asosiy mohiyatga ega bo‘lgan guruhlarni birlashtirishni va idrok etilgan belgilar to‘plami bilan jism haqidagi avvalgi bilimlarni taqqoslashni talab etadi, ya’ni, idrok qilish jarayonida xotira ishtirok etadi. Agar taqdim etilayotgan jism haqidagi farazni taqqoslashda, u etkazilgan axborot bilan mos kelsa jismni tanib olish sodir bo‘ladi va u idrok etiladi, agarda mos kelmasa, sub’ekt uni topmagunicha, kerakli echimni izlash davom ettiriladi. Idrok qilishda u yoki bu jismni idrok qilish istagi, uni idrok qilish zaruriyati yoki majburiyati, yaxshiroq idrok qilishga erishishga yo‘naltirilgan iroda kuchi, bunday vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik katta ahamiyatga egadir. Real olam jismini idrok qilishda insonning diqqati va yo‘nalganligi ham qatnashadi. Idrok qilishga bo‘lgan munosabatimiz idrok jarayoni uchun katta ahamiyatga ega. Jism bizga qiziqarli yoki biz unga befarq bo‘lganimiz uchun, u bizda turlicha his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. bizga qiziqarli bo‘lgan jism faol idrok etilishi, va, aksincha, bizga farqsiz bo‘lgan jismni sezmasligimiz ham mumkin. Shunday qilib, idrok – bu ayni vaqtda bizga ta’sir ko‘rsatayotgan narsani bilishga qaratilgan o‘ta murakkab, shu bilan birga, umumiy jarayon. Idrokning fiziologik asosi bo‘lib his-tuyg‘u organlari, nerv tolalari va markaziy asab tizimida ro‘y beradigan jarayonlar hisoblanadi. Nerv qo‘zg‘alishi seskantiruvchilardan his-tuyg‘u organlaridagi nerv tugunlarining markaziy proeksiyasidan iborat bo‘lgan po‘stloqning sensor sohalariga o‘tkaziladi. Proeksiya sohasi qaysi organ bilan bog‘langanligiga ko‘ra, ma’lum sensor axborot shakllanadi. Sezgilar taklif etilgan yo‘nalish darajasida idrok qilish jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi. Idrokning fiziologik mexanizmlarining o‘zi, qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘ining proeksiyali sohalardan integrativ sohalariga o‘tganida, real dunyo hodisalari obrazlari shakllanishining tugallanishi sodir bo‘ladigan keyingi bosqichlarda yaxlit obrazning shakllanishi jarayonlarida ishtirok etadi. SHuning uchun idrok jarayonini yakunlovchi bosh miya po‘stlog‘ining integrativ sohalari, ko‘pincha, perseptiv sohalar deb ataladi. Bu sohalarning vazifasi proeksiyali sohalarning vazifasidan tubdan farq qiladi. Bu farq u yoki bu soha faoliyatning izdan chiqishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ko‘rish proeksiyali sohasining faoliyati buzilganida markaziy ko‘zi ojizlik paydo bo‘ladi, ya’ni, periferiya – his-tuyg‘u organlarining to‘liq faoliyatida odam butunlay ko‘rish sezgilaridan mahrum bo‘ladi, u hech narsani ko‘ramaydi. Integrativ soha faoliyatining zarar ko‘rishi yoki izdan chiqishida jarayon boshqacha tus oladi. Odam alohida yorug‘ dog‘larni, qandaydir sharpalarni ko‘radi, lekin ko‘rganlarini tushunmaydi. Unga ta’sir etuvchilarni anglay olmaydi, unga yaxshi tanish jismlarni ham taniyolmay qoladi. SHunga o‘xshash manzara boshqa modalliklarning integrativ sohalari faoliyatining izdan chiqishida ham kuzatiladi. Masalan, eshitish integrativ sohalarining buzilishida odamlar inson nutqini tushunolmay qoladalar. Idrokning fiziologik asosi, uning harakat faoliyati, emotsional kechinmalar, turli tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog‘langanligi sababidan yanada murakkablashadi. Bundan kelib chiqadiki, his–tuyg‘u organlarida boshlangan tashqi seskantiruvchilar ta’sirida paydo bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishlari asab markazlariga o‘tadi, bunda ular po‘stloq sohalarini qamrab oladi, boshqa nerv qo‘zg‘alishlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. O‘zaro ta’sirga kirishgan va po‘stloqning turli sohalarini qamrab olgan bunday qo‘zg‘alishlar to‘ri idrokning fiziologik asosini tashkil etadi. Idrokning reflektorlik asosini I.P. Pavlov ochib berdi. Uning ko‘rsatishicha, idrokning assida shartli reflekslar, ya’ni, bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida atrof-olam hodisalari yoki jismlarining retseptorlarga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan vaqtinchalik nerv aloqalari yotadi. Bunda nerv aloqalari hosil qilgan qo‘zg‘alishlarni qayta ishlashda analizatorlarning po‘stloq bo‘limlari yadrolarida tahlil qilish va sintezning murakkab jarayonlari sodir bo‘lganligi sababli, nerv aloqalari seskantiruvchilar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilish va sintez jarayonlari idrok ob’ektining atrof-muhitdan ajratib olinishini ta’minlaydilar, va shu asosda uning barcha xossalari yaxlit obrazga birlashadi.[1] Idrok jarayonini ta’minlovchi vaqtinchalik nerv aloqalari ikki xil:biranalizator chegarasidavaanalizatorlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan turlarga ajratilishi mumkin.Birinchi turdagilari organizmga bir modallikka ega bo‘lgan ko‘p tomonlama seskantiruvchining ta’sir etishida alohida o‘rin egallaydilar. Masalan, bunday seskantiruvchi sifatida eshitish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi alohida tovushlarning o‘ziga xos uyg‘unligidan iborat bo‘lgan kuy xizmat qilish mumkin. Bu to‘plam yagona murakkab seskantiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bunda nerv aloqalari seskantiruvchining o‘ziga nisbatan javob o‘rnida emas, balki,ularning vaqtinchalik, fazoviy va shu kabi munosabatlariga nisbatan ham hosil bo‘ladi. Natijada katta yarim sharlar po‘stlog‘ida integratsiyalash yoki murakkab sintez jarayoni sodir bo‘ladi. 7 Ko‘p tomonlama seskantiruvchi ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv aloqalarining ikkinchi turi – bu turli analizatorlar chegarasidagi aloqalar, ularning yuzaga kelishini I.M. Sechenovassotsiatsiyalar (ko‘rish, kinestetik, sezish va h.k.) mavjudligi bilan tushuntirgan edi. Odamda bu assotsiatsiyalar so‘zning eshitiladigan obrazi bilan birgalikda kuzatiladi, bunda idrok yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, agar ko‘zlaringizni bog‘lab qo‘yib, qo‘lingizga aylanasimon jism tutqazilsa, oldindan uni iste’mol qilish mumkinligi uqtirilsa, bunda siz uning o‘ziga xos hidini sezishingiz, tatib ko‘rishingiz, va hech qiynalmasdan, nima haqida gap ketayotganini tushunib olishingiz mumkin. Bundan, analizatorlar o‘rtasidagi aloqalar hisobiga jismlar yoki hodisalarning idrok qilinishi uchun maxsus moslashtirilgan analizatorlari bo‘lmagan xossalarini idrokda aks ettirishimiz mumkinligi kelib chiqadi (masalan, jismning kattaligi, sof og‘irligi va boshqalar). Shunday qilib, idrok obrazini tuzishning murakkab jarayoni asosida seskantiruvchilarni yaqqol ko‘rish sharoitlari bilan jism xossalarining o‘zaro ta’sirini murakkab yaxlitlik sifatida hisobga olgan holda ta’minlaydigan ichki analizatorli va tashqi analizatorli aloqalar yotadi. Idrokning asosiy xossalariga predmetlilik, yaxlitlik, strukturaviylik, konstantlik, anglanganlik, appersepsiya, faollik kiradi. Idrokning predmetliligi – bu real olam jism va hodisalarini bir-biri bilan bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas, alohida jismlar shaklida aks ettirish qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma xossasi emas. Bu xossaning paydo bo‘lishi va takomillashtirilishi bola hayotining birinchi yilidan boshlab, ontogenez jarayonida sodir bo‘ladi. I.M.Sechenovfikriga ko‘ra, predmetlilik bolaning jism bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi. Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar kiradi. Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. Shunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan. Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi. Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida qismlari bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi. Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi bilan bog‘liq. Ushbu xossa ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi haqida axborot etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi. Shunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini etkazib beradi. Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, idrok qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy doimiyligiga aytiladi.Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. Yuqori darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi. Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga ko‘ringan rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning tusi esa, kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin ranglarning keskin o‘zgarishiga moslashishi, shuningdek, yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning ta’siri bilan belgilanadi.8 Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik masofalaridagi jismlarning ko‘zga ko‘ringan kattaligining nisbiy doimiyligida ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo‘y o‘lchami 3,5 va 10 metr masofadan, ko‘z to‘r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga ko‘ra turlicha bo‘lsada, o‘zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning uncha katta bo‘lmagan uzoqlashish masofasida ularni idrok qilish kattaligi faqatgina ko‘z to‘r pardasidagi obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator omillar ta’siri bilan ham tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo‘lgan omillardan jismni turli masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko‘z mushaklarining zo‘riqishidir. Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Xulosa Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bu jarayonda “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va 4 metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga zarur ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Qo‘llanma zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy hamda metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat. Mazkur o‘quv qo‘llanmada ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, didaktik o‘yinlar, usul va vositalar masalasi yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasiga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada turli yosh guruhidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari, bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari, vaqtni idrok qilish, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish kabi masalalarga oid ma’lumotlarga keng o‘rin berilgan. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlarida foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar ko‘rsatib o‘tilgan. O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5111800 – maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi. Download 71.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling