Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Qaysi guruhd abolalarni 1 dan 5 gacha bo'lgan sanoq tartib ibilan tanishtiriladi


Download 0.67 Mb.
bet121/146
Sana12.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1768416
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m-www.hozir.org

164 Qaysi guruhd abolalarni 1 dan 5 gacha bo'lgan sanoq tartib ibilan tanishtiriladi
Bolalarga to‘g‘ri usullardan foydalanib 6, 7, 8, 9, 10 sonlarining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish. Bu sonlar doirasida sanashni o‘rgatish: bir qator qo‘yilgan predmetlarni sanab, sonni tartib bilan aytish, sonni ot bilan moslashtirib, oxirgi sonni sanalgan predmetlarga taalluqli qilib aytish. Masalan, “Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti - hammasi bo‘lib oltita kitob”. Bolalarga predmetlarning ikki guruhini qiyoslashni mashq qildirish (“Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti – hammasi bo‘lib yettita sabzi”, “Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti – hammasi bo‘lib oltita quyon. Yettita ko‘p, oltita kam. Agar quyonlarga sabzilarni berib chiqsak, bitta sabzi ortib qoladi”). 10 gacha bo‘lgan sanoq va tartib sonlarni o‘rgatish, “Nechta?”, “Nechanchi?”, “Sanoq bo‘yicha nechanchi”, “Qancha?”, “Qaysi?”, “Nechanchisi?” “Jami qancha?” savollariga javob berib, sanoq va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish. Soni 10 gacha bo‘lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash, tenglashtirish, bittaga kamaytirish va bittaga orttirish.

Predmetlarning kam guruhiga yetishmagan predmetni qo‘shishni yoki ko‘p guruhdan bitta ortiqcha predmetni olishni va guruhlar o‘rtasida bir xil miqdordagi har xil predmetlardan iborat tenglik hosil qilishni o‘rgatish. (“Kartochkaning yuqori qatorida oltita olma, pastki qatorida yettita nok, noklar olmalardan bitta kam. Agar yana bitta nok qo‘ysak olmalar va noklar soni teng bo‘ladi”).


Son predmetning joylanishiga bog‘liq emasligi haqida tasavvurni shakllantirish. 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari bilan tanishtirish. 10 gacha bo‘lgan sonlarni birliklardan iborat tarkibi bilan tanishtirish, masalan: (4-bu 1, 1, 1 va yana 1, 9-bu 1, 1, 1, 1, 1, 1, 1, 1 va yana 1). 10 gacha bo‘lgan sonlarni o‘zidan kichik bo‘lgan 2 ta sondan hosil qilishni o‘rgatish (masalan: 4-bu 3 va 1; 1 va 3; 2 va 2 kabi) 10 dan 1 gacha teskari sanashni o‘rgatish. 10 soni ichida sonlarning qo‘shnilarini - oldingi va keyingisini topishni mashq qilish. Masalan, “5 dan oldin 4, 5 dan keyin 6 soni keladi. 4 va 6 sonlari 5 sonining qo‘shnilari”.
Katta guruhda bolalarni sanoqqa o‘rgatish davom ettiriladi. 10 ichida miqdor sonlarni ham, tartib sonlarni ham ishlatish malakasi mustahkamlanadi. Bolani “Qanday?” (buyumning sifati, alomati haqida — yashil, katta, dumaloq); “Qancha?” (buyumning miqdori haqida); “Nechanchi?” (buyumning boshqa buyumlar orasidagi o‘rni tartib son bilan aniqlanadi, masalan, beshinchi) kabi savollarni farq qilgan (differensial) holda tushunishga o‘rgatish muhimdir. Bolalarda sonlar orasidagi bog‘lanishlarni shakllantirish davom ettiriladi: har bir keyingi son oldingisidan katta, oldingisi keyingisidan kichik. Shu asosda yonma-yon turgan sonlar orasidagi munosabatlar haqidagi tasavvurlar o‘zlashtiriladi: har bir keyingi son oldingisidan bitta ortiq, har bir oldingi son esa keyingisidan 1 ta kichik. (5 6 dan 1 ta kichik, 6 5 dan 1 ta katta, 6 7 dan 1 ta kichik). Bolalar bir son ikkinchisidan 1 ta kichik (yo katta) ekanini o‘zlashtirganlaridan keyin, ularga agar kichik songa 1 ni qo‘shilsa, keyingi katta son hosil bo‘lishini, agar katta sonni 1 ta kamaytirilsa, kichik, ya’ni oldingi son hosil bo‘lishi tushuntirib beriladi. Sonlar orasidagi bog‘lanish va munosabatlarning hammasi buyumlar guruhlarini taqqoslash asosida tushuntiriladi. Bunday mashqlar jarayonida tarbiyachi “qancha edi?”, “qancha qo‘shishdi (ayirishdi)?”, “qancha bo‘ldi (qancha)?” kabi savollardan foydalanadi.
Katta guruhda bolalarga har bir son o‘z ichiga ma’lum sondagi birliklarni olishi haqida bilim berish zarur. 5 ichidagi sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi tasavvurlar ham konkret misollarda shakllantiriladi.
165 Kattalik bo’yicha berilgan to’g’ri ta’rifni belgilang.
Buyumlarning o'lchamidagi barcha tafovutlarni bolalar katta va kichik so'zlari bilan, ya'ni buyumlarning o'zaro nisbatini umuman hajmiga qarab belgilash uchun qo'llaniladigan so'zlar bilan bildiradilar. Narsalar o'rtasidagi farqni bitta belgisiga qarab aniq ta'riflash imkonini beradigan so'zlardan bolalar foydalan-maydilar. Shuning uchun kichkintoylarga faqat bitta belgisi (uzunligi,kengligi yoki balandligi) bir xil (barobar); qalinroq, yupqaroq, qalinligi bir xil (barobar) kabi so'zlardan foydalanishni o'rgatish zarur. U yoki bu belgini birinchi marta ajratishda bir-biridan faqat mazkur belgi bilan farqlanadigan narsalargina taqqoslanadi. Masalan, bolalarga ,,uzunroq — qisqaroq" tushunchasi haqida

ma'lumot berish uchun rangi, kengligi va yo'g'onligi bir xil, bir biridan faqat uzunligi bilan farq qiladigan buyumlar tanlab olinadi.Taqqoslash uchun oldin katta-kichikligi har xil narsalardan foydalaniladi. Namoyish qilinadigan materialning katta kichikligidagi farq 0-5 sm.dan kam bo'lmasligi, tarqatma materialniki esa 5 sm.dan kam bo'lmasligi kerak.Ayrim o'lchamlarni ajratib ko'rsatishda qo'l harakatlari yordam beradi. Pedagog (tarbiyachi) bolalardan qaysi narsa uzunroq (kaltaroq) ekanligini so'rash bilan bir vaqtda qo'lini narsa bo'ylab (chapdan o'ngga) yurgizadi. Kenglikni taqqoslayotib, qo'lini narsaning ko'ndalangi (kengligi) bo'ylab yurgizadi. Balandligini taqqoslashda esa qo'lini narsaning pastidan yuqorisiga, asosan yuqorichekkasigacha yurgizadi. Mazkur belgilarni aniqlashda o'yin vaziyatini paydo qilish yordam beradi. Bunda u yoki bu harakatning qanchalik muvaffaqiyatli chiqishi mazkur belgining qanchalik yorqin ifoda etilganligiga bogliq bo'lib, uni hisobga olib borish talab qilinadi. Masalan: tarbiyachi bolaga mashinani keng va tor ko'prikcha ustidan yurgizib o'tkazishni buyuradi va unga shunday savol beradi:"Nima uchun bitta ko'prikdan mashina o'ta oldi, boshqasidan o'ta lrnadi? Qaysi darvozadan mashina o'ta oladi, qaysisidan o'ta maydi? Nima uchun?


Awalo, bolalarga narsalarni yonma-yon qo'yish usulidan
foydalanish o'rgatiladi, chunki bir xil rangli narsalar taqqoslanadi
va ularni ustma-ust qo'yganda ular qo'shilih ketadi.
Tarbiyachi mazkur usullardan qanday qilib to'g'ri foydalanish kerakligini ko'rsatib beradi. Uzunlikni taqqoslayotganda, buyumlar onma-yon joylashtiriladi va ularning uchlari bir tomondan Laxshisi, chap tomondan) baravar qilib qo'yiladi; ustiga qo'yishdan foydalanib, ularning yuqori va pastki chekkalari ham
birlashtiriladi. Agar narsaning uchi chiqib tursa, demak, bu narsani uzunroq deb aytish mumkin. Agar hech qaysi uchi chiqib turmasa,unda narsalarning uzunligi teng (barobar) deyish mumkin.Narsaning kengligini taqqoslashda ularning yuqori va pastkichekkalari solishtiriladi (tekislanadi); balandligini taqqoslayotgandaesa narsalar bitta tekislik ustiga yonma-yon qo'yiladi. Ajratilgan belgianiq so'z bilan ataladi. Tarbiyachi bolalarni narsalarning qiyosiykatta-kichikligini bildiruvchi uzunroq — kaltaroq, kengroq —torroq, enliroq — ensizroq kabi so'zlarni aytishga undab: ,,Qaysitasmauzunroq (enliroq,)? Qaysi tasma kaltaroq (ensizroq)?"— deb so'raydi. U bolalarga javob namunalarini beradi, masalan: ,,Qizil tasma yashil tasmadan enliroq, yashil tasma esa qizil tasmadanensizroq". Mana shunday qilib, kichkintoylar asta-sekin har ikkala taqqoslanayotgan narsalarni atashga o'rgatib boriladi.
Qarama-qarshi kattalikka ega bo'lgan narsalarni taqqoslas bolalarni narsalarning katta-kichikligini holda idrok etishga va ule tegishli ta'riflar (,,uzunroq - qisqaroq", ,,balandroq — pastroq va boshqalar) berishga o'rgatish imkonini yaratadi. Bolalarni narsalarning uzunligi, eni, balandligi jihatidan tengligi bilan tanishtirish va ularni ,,uzunligi bir xil (teng)", ,,eni teng" kabi
iboralardan foydalanishga o'rgatish imkoniyati paydo bo'ladi. Bolalar bilan birga ,,Kimning kafti kengroq" o'yinlarini o'ynash, |huningdek, ularga quyidagi savollarni berish mumkin: „ Qaysi tfaraxt balandroq: olma daraxtimi yoki o'rik daraxtimi? Qaysi balandroq (pastroq)? Qaysi uyning derazasi kengroq (torroq)?".Shunday qilib, kichkintoylarga ularni qurshab turgan narsalar turli
uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega ekanligi ko'rsatiladi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling