Modelning aniqligi, natijalarning ishonchlilik darajasini baholash masalasi matematik modellashtirishning asosiy masalalaridan biridir. Matematik model har xil vositalar yordamida berilishi mumkin. Bu vositalar funksional analiz elementlarini ishlatib differensial va integral tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va kompyuter dasturlarini yozishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Har bir bosqich yakuniy natijaga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi va ulardagi yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan ham belgilanadi. Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi o‘simliklar, hayvonlar, quyosh energiyasi kabi tayyor maxsulotlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan inson faqat tayyor maxsulotlarni olishni o‘rganibgina qolmasdan, tabiatga ta’sir qilishni ham o‘rganib oldi. Uning nomini akademik V.I.Vernadskiy noosfera deb atadi. Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi o‘simliklar, hayvonlar, quyosh energiyasi kabi tayyor maxsulotlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan inson faqat tayyor maxsulotlarni olishni o‘rganibgina qolmasdan, tabiatga ta’sir qilishni ham o‘rganib oldi. Uning nomini akademik V.I.Vernadskiy noosfera deb atadi. Noosferani yaratish bilan birgalikda inson materiya turlari va xossalaridan foydalandi. Lekin bu jarayonning turli bosqichlarida materiyaning har bir kategoriyasi bir hilda o‘zlashtirilmadi. Boshlangich paytda moddani o‘zlashtirishga e’tibor ko‘proq qaratilgan bo‘lsa, keyinchalik energiyani o‘zlashtirishga va nihoyat, axborotni o‘zlashtirishga imtiyoz berildi. Fanda, ya’ni tabiatni o‘rganish, u to‘g‘risidagi bilimlarni to‘plash va o‘rganishda shunday davrlar borligi ma’lumki, ular materiyaning ma’lum bir turini rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli noosferaning uchta tashkil etuvchilarini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Bular: Fanda, ya’ni tabiatni o‘rganish, u to‘g‘risidagi bilimlarni to‘plash va o‘rganishda shunday davrlar borligi ma’lumki, ular materiyaning ma’lum bir turini rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli noosferaning uchta tashkil etuvchilarini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Bular: - texnosfera,
- ergosfera,
- infosfera.
Do'stlaringiz bilan baham: |