Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar


Download 178.14 Kb.
bet11/17
Sana16.06.2023
Hajmi178.14 Kb.
#1502042
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
KIMYO O\'UM (Sirtqi) 48703

2-tajriba. Tayyorlangan protsent kontsentratsiyali eritmadan normal kontsentratsiyali eritma tayyorlash.
O`zingiz bundan oldingi tajribada tayyorlagan % kontsentratsiyali eritmada necha millilitr va necha normalli eritma tayyorlash kerakligini o`qituvchidan so`rab oling.
Protsent kontsentratsiyali eritmaning normalligini N1, hajmini V1 undan tayyorlash kerak bo`lgan eritma normalliligi N2, hajmini V2 bilan belgilab, N1V1 = N2V2 formuladan V1 ni hisoblab toping. Hisoblangan hajmga V1 muvofiq keladigan eritmani o`lchov silindrida yoki pipetkada o`lchab oling va uni o`lchov kolbasiga quying. Kolbadagi eritma ustiga kolbaning bo`gzidagi belgisigacha distillangan suv qo`shib, tayyorlanishi lozim bo`lgan eritma hosil qiling.
Kolba og`zi probka bilan bekitilib, eritmani aralashtiring.
3- tajriba. Kontsentrlangan eritmadan suyultirilgan protsent kontsentratsiyali eritma tayyorlash.
Kontsentrlangan eritmadan necha foizli suyultirilgan eritma tayyorlash kerakligini o`qituvchidan so`rang. Sizga berilgan yuqori kontsentratsiyali eritmani o`lchov silindriga quyib, ariometr bilan uning zichligini aniqlang va o`lchangan zichlikka mos keladigan eritmaning protsent kontsentratsiyasini darslik kitobidagi 1- jadvaldan toping. Tayyorlanishi kerak bo`lgan eritmaning umumiy massasini va unda erigan tuzning miqdorini hisoblang. Buning uchun avval jadvaldan eritmaning zichligini aniqlang. Hisoblab topilgan tuz miqdori qancha hajm kontsentrlangan eritma tarkibida bo`lishini va kontsentrlangana eritmani suyultirish uchun kerakli suv miqdorini hisoblang. Hisoblangan hajmga muvofiq keladigan eritma va suvni o`lchov silindrida o`lchab stakanga quying, yaxshilab aralashtiring. Tayyorlangan eritmaning zichligni o`lchang va uni jadvalda berilgan zichlikka solishtirish orqali eritmaning qanday aniqlikda tayyorlanganligni biling.
Nazorat savollari
1. Eritma deb nimaga aytiladi.
2. Foiz, normal, molyar, molyal eritma deb qanday eritmalarga aytiladi?
3. Kontsentrlangan va suyultirilgan eritmalar deb nimaga aytiladi?
4. Gamogen va geterogen sistema deb nimaga aytiladi. Misollar keltiring.
5. To`yingan, to`yinmagan va o`ta to`yingan eritma deb nimaga aytiladi?

Download 178.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling