Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar


Download 178.14 Kb.
bet3/17
Sana16.06.2023
Hajmi178.14 Kb.
#1502042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
KIMYO O\'UM (Sirtqi) 48703

1-Laboratoriya ishi
Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari. Laboratoriyada ishlatiladigan idish va jixozlar bilan tanishish. Kimyoviy kinetika va muvozanat.

1. Darslik va ma`ruzadan tegishli bo’limlarni o’qib chiqish va laboratoriya ishlarining mazmuni bilan tanishish lozim.


2. Tajriba olib borish uchun zarur narsalar (idish, asbob- uskunalar reaktiv va boshqalar) mavjudligini aniqlagandan keyingina tajribani boshlash kerak.
3. Tajriba o’tkazish vaqtida ishning qo’llanmada ko’rsatilgan tartibiga rioya qiling.
4. Kerak bo’lgan taqdirda ishni mo’rili shkafda olib boring.
5. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating. Uning tavsilotlarini laboratoriya ish daftariga yozib boring. Kuzatilgan barcha hodisalarni (cho’kma hosil bo’lishi, eritma va cho’kma rangining o’zgarishi, issiqlik ajralishi yoki yutilishi, gaz hosil bo’lishi va shu kabilar) reaksiya tenglaamasini, hisob va xulosalarini maxsus laboratoriya ish daftariga yozib boring.
6. Laboratoriya ish daftariga tajriba bajariladigan mavzuni nomi, ishning mazmuni, lozim bo’lsa foydalanilgan asbob-uskunalarning sxemasi yoki rasmini chizing.
7. Laboratoriya jurnali muqovasida talabaning familiyasi, ismi va gruppasining nomeri yozilgan bo’lishi kerak.
8. Ish tamom bo’lgandan keyin o’z ish joyingizni tartibga keltiring. Tartib va ozodalik faqat ish joyingizdagina emas balki butun laboratoriyada ham saqlanishi shart.
Reaktivlardan foydalanish qoidalari
1. Reaktivlarni ko’rsatilgan miqdorda oling. Reaktivdan qancha olinishi aytilmagan bo’lsa, ularni mumkin qadar oz miqdorda: eritmalardan 1-2 ml, quruq moddalardan esa probirkaning tubinigina berkitadigan miqdorda oling.
2. Olingan reaktivning ortib qolgan qismini reaktiv turgan idishga yana qaytarib soling
3. Reaktivni olgach, reaktiv olingan idishning qopqog’ini darrov bekiting va o’z o’rniga quying.
4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalar bilan oling. Ular toza va quruq bo’lishi lozim
5. Shisha sinig’i, qog’oz, gugurt cho’pi va shunga o’xshash keraksiz buyumlarni rakovinaga tashlamasdan, rakovina tagiga qo’yilgan maxsus idishga soling.
6. Kerakli reaktiv suyuq holatda bo’lsa, bu reaktivni olishda foydalanilgan pepitkalarni yuvmasdan boshqa reaktiv turgan idishga solish mutloqo yaramaydi.

Download 178.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling