Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar


Download 178.14 Kb.
bet2/17
Sana16.06.2023
Hajmi178.14 Kb.
#1502042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
KIMYO O\'UM (Sirtqi) 48703

R.M.Mirzaxvedov – Islom Karimov nomidagi ToshDTU Olmaliq filiali “Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi assistenti.



Taqrizchilar:



N.N.Mamatqulov - Islom Karimov nomidagi ToshDTU Olmaliq filiali “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi mudiri, kimyo fanlari nomzodi.



Z.A.Smanova - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti “Analitik kimyo” kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori professor.

O’quv uslubiy ko’rsatma Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali uslubiy kengashida ko’rib chiqildi (2021 yil 30 aprel №9-sonli bayonnoma) va tasdiqlandi.


K i r i sh
“Kimyo” fanidan ushbu uslubiy ko’rsatma “5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish”, “5320300-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha)”, “5311600-Konchilk ishi (faoliyat turlari bo’yicha)” va “5312200 – Kоn elеktrоmехаnikаsi” yo‘nalishi bakalavrlari uchun tuzilgan bo‘lib, hozirgi zamon talablari asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma O‘zR va OO‘M ta‘lim vazirligi tomonidan bakalavrlar tayyorlash uchun tasdiqlangan “Kimyo” fanidan o‘quv dasturi va unda kiritilgan ko‘rsatmalar asosida tayyorlanib, undagi asosiy talablar e‘tiborga olingan bo‘lib, respublikamizda Umumiy va noorganik kimyo fanining ustivor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda tuzilgan.
Mazkur fan bo‘yicha uslubiy qo‘llanma materiallarini talabalar e‘tiboriga havola etishda pedagogik texnologiya asoslariga amal qilingan holda tajribalar tanlangan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma tuzishdan maqsad talaba olgan nazariy bilimlarini tajribalarda kuzatib, qat‘iy ishonch hosil qilishi va bu jarayonda orttirilgan amaliy va uslubiy mahoratlari bilan mutaxassis fanlarini o‘rganish jarayonida, labaratoriya ishlarini amalga oshirishda, turli kimyoviy qurilma va uskunalardan foydalanishda, hamda, texnologik jarayonlarni nazorat qilishda tadbiq qila olishi ko‘zda tutilgan.
Laboratoriya ishidagi jarayonlar haqida to`liqroq ma`lumotlarni ish oxirida tavsiya qilingan adabiyotlardan topish mumkin. Uslubiy qo‘llanmada har bir bo‘limga oid labaratoriya ishi keltirilgan.
Zamon va DTS talablari asosida fandan olingan nazariy bilimlarni tajribada mustahkamlash uchun uslubiy ko’rsatma dasturiamal bo‘ladi.
“Kimyo” faniga o’quv reja bo’yicha laboratoriya ishlariga 1 smestr uchun 18 soat ajratilgan. “5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish”, “5320300-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha)”, “5311600-Konchilk ishi (faoliyat turlari bo’yicha)” va “5310300-Metallurgiya” sohalarida o’qiyotgan talabalar “Kimyo” kursining labotatoriya ishlarini o’rganishlari uchun tuzuvchilar tomonidan ushbu uslubiy ko’rsatma tayyorlandi.Ushbu ko’rsatmada 8 ta laboratoriya ishining tavsifi berilgan har bir laboratoriya ishi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

Ushbu o’quv uslubiy ko’rsatmada quyidagi mavzular uchun laboratoriya
ishlari keltirilgan:

  • Texnika xavfsizligi qoidalari. Laboratoriyada ishlatiladigan idish va jixozlar bilan tanishish.Kimyoviy kinetika va muvozanat;

  • Eritmalar tayyorlash va ularning konsentratsiyasini aniqlash. Tuzlar gidrolizi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Galvanik elementlar va metallar korroziyasi.

Mualliflar ushbu uslubiy qo‘llanmaga doir fikr va mulohazalarni samimiyat bilan qabul qiladilar.




Download 178.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling