833-masala. (Slayddan foydalaniladi)
Temiryo`l qurilishida har 17 m yo`lga 24 ta shpal yotqiziladi. Temiryo`l qurilishining 850 metrlik qismiga nechta shpal kerak bo`ladi?
O`quvchilarni guruhda ishlashga jalb etaman. Qisqa yozuv tuzadilar, doskada yozib ishlanadi.
Qisqa yozuvi.
Har 17 m yo`lga – 24 ta shpal
850 m yo`lga - ? ta shpal
Yechish: 850 : 17 = 50
50 * 24 = 1200 Javob : 1200 ta shpal kerak bo`ladi.
Dam olish daqiqasi.
Doskada bor bir misol,
Sen uni yechgin darhol.
Ustun qilib ishlagin,
“5”bahoni ham olgin.
834-misol. (Slayddan foydalaniladi)
26 kg 372 g : 38 – 22 kg 088 g : 44 = 26 372 g : 38 – 22 088 g : 44 =
694 g – 502 g = 192 g
835- masala. Og`zaki rasm asosida tushuntiriladi, bajariladi.
( Slayddan foydalaniladi)
Velosipedchi 4 soatda 40 km yo`l yurdi. Qaytishda uning tezligi soatiga 2 km ga kam bo`ldi. Qaytishga u necha soat sarfladi?
Quyidagi ifodalarning qaysi biri masalaning yechilishi bo`ladi:
(40 : 4 - 2) + 40; 40 : (40 : 4 - 2); 40 : 4 + 2?
836- masala. Multimediya asosida og`irlik o`lchov birliklari,tarozi turlari haqida eslatib o`tiladi. Masalani o`quvchilarga o`qib tushuntiriladi,birgalikda doskada bajariladi.
(Slayddan foydalaniladi)
Sabzavot omboriga 3 t sabzavot keltirildi: 950 kg karam, karamga qaraganda 300 kg ortiq pomidor, qolgani esa kartoshka. Omborga necha kilogram kartoshka keltirilgan?
Qisqa yozuvi.
Keltirildi – 3 t sabzavot
Karam – 950 kg
Pomidor – 300 kg ortiq
Kartoshka - ? kg
Yechish: 950 kg + 300 kg = 1250 kg
950 kg + 1250 kg = 2200 kg
3 t = 3000 kg
3000 kg – 2200 kg = 800 kg
Javob: 800 kg kartoshka keltirilgan.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`quvchilarga “Tez javob” o`yini orqali savollar yordamida yangi mavzuni mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |