Matematika 1-sinf I. Dars mavzusi
Download 16.13 Kb.
|
1 sinf matematika fanidan songa 3 ni
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Asosiy tushuncha va atamalar
- V. Darsning metodlari
- X. Yangi mavzu bayoni.
- XI. Darslik bilan ishlash.
- Uyga vazifa
MATEMATIKA 1-SINF I. Dars mavzusi: Songa 3 ni qo’shish va sondan 3 ni ayrish. II. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga songa 3 ni qo’shish va sondan 3 ni ayrishga doir bilimlarni tushuntirish, misollar ishlatish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni tejamkor, tadbirkor, vatanga va ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ulari bilan tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, mantiqiy tafakkurini kuchaytirish. III. Asosiy tushuncha va atamalar: 3 soni, qo’shish, ayrish. IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar: - 3 soni haqida bilish; - uning joylashish tartibini bilish; - misol va masalalar yechishni bilish; Ko’nikma va malakalar: - songa uchni qo’sha olish; - mavzuni o’tilgan mavzular bilan bog’lay olish;
1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, iqtisodiy yangiliklar haqida suhbat. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tigan mavzu: Songa 2 ni qo’shish, sondan 2 ni ayrish. Takrorlash yuzasidan mashqlar: 6 +2 = ? 8 – 6 = ? 3 + 2 = ? 5 - ? = 3 5 + 2 = ? 9 - ? = 7
Sinf burchagida o’quv qurollari sotiladigan do’kon tashkil qilinadi. Xaridor: Assalomu alaykum. Sotuvchi: Vaalaykum assalom. Xaridor : Iltimos menga 3 ta katak va ikkita yo’llik daftar bering. Sotuvchi: Marxamat. O’qituvchi: Bolalar, xaridor jami bo’lib nechta daftar sotib oldi? O’quvchilar: 5 ta. O’qituvchi: Barakalla, orangizda kimdir kelajakda tadbirkorlik bilan shug’ullanishi mumkin. Bu kasbni puxta egallash uchun esa siz albatta matematikani yaxshi o’qishingiz kerak.
1. 1-, 2-misollar yechiladi. 2. 3-, 4-masala yozma bajariladi.
“O’ylantirgich qalpoqlar” metodi. Bu metodda uch xil rangdagi qalpoqlar mavjud bo’ladi: qizil, yashil va oq. O’quvchilar jamoasi ham uch guruhga bo’linadi va ularga nomlar tanlanadi. Masalan: 1-jamoa: Topqirlar 2-jamoa: Zukkolar 3-jamoa: Donolar. O’qituvchi har bir jamoa uchun 3 xil mazmundagi savollar tayyorlaydi. Masalan: 1-topshiriq: Misollar ishlash. 1-guruhga : 2-guruhga: 3-guruhga 7 – 3 = ? 5 + 3 =? 10 – 3 =? 4 +3 =? 3+ ?= 6 3 + ? = 9 2 – topshiriq: Masala ishlash: 1-guruhga: Tasavvur qiling, siz bog’da guldasta uchun gul teryapsiz. Savatingizda 2 ta atirgul bor. Siz yana 3ta chuchmomani savatga soldingiz. Savatingizda nechta chuchmoma bor? (Osonroq tasavvur qilish uchun savatcha va gul rasmlaridan foydalanamiz). 2-guruhga: Tarelkada 4 ta shokolad bor edi. Ularning 1 tasi qizil, 3 tasi sariq rangda edi. Gulnoza sariq rangdagi shokoladlarni o’zi, ukasi va singlisi uchun oldi. Tarelkada nechta shokolad qoldi? (Osonroq tasavvur qilish uchun tarelka va shokoladlardan foydalanamiz.) 3-guruhga. Olxo’ri shohida 9 ta olxo’ri mevasi bor. Nozima avval mevalardan 2 tasini uzdi. Ularning biri hom chiqdi va yana u bitta mevani uzishga majbur bo’ldi. Nozima jami bo’lib nechta mevani uzdi? 3-topshiriq. Sonlar ishtirokida maqollar tuzish. Masalan: Sanamay sakkiz dema, o’ylamay o’ttiz dema. Yetti o’lchab bir kes. Yigit kishiga qirq hunar ham oz. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona. Topshiriqni bajarish uchun vaqt beriladi. Topshiriq bajarib bo’lingach, jamoadan lider tanlanib, javob varaqasini o’quvchiga beradi. O’qituvchi ularning javoblarini muhokama qilib bo’lgandan so’ng, shartlarni eng to’g’ri va tez bajargan jamoa sardorlariga qizil qalpoqni, ikkinchi o’rinda bajargan jamoaga oq qalpoqni, 3-o’rinda bajargan jamoaga yashil qalpoqni hadya etadi. Qalpoqlar ichida esa estalik sovg’alari bo’ladi. Uyga vazifa: 5-mashq. Download 16.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling