Matematika darslarida muommoli ta’lim Bajardi: Musakulova. G


Muammoli vaziyatni hal etish darajalari


Download 94.11 Kb.
bet5/7
Sana02.03.2023
Hajmi94.11 Kb.
#1243318
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Matematika darslarida muommoli ta’lim

Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:

  • - O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘zi yechadi;
  • - O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va uning yechimini o‘quvchilar bilan birgalikda topadi;
  • - O‘quvchilarning o‘zlari muammoni qo‘yadilar va uning yechimini topadilar.
  • Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar:
  • - Muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish, tahlil qilish;
  • - Solishtirish, umumlashtirish;
  • - Dalillarni aniqlash va qo‘llash;
  • - Vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;
  • - O‘quvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi va boshqalar.

Muammoli ta’lim bosqichlari

  • Muammoli ta’lim bosqichlari
  • : 1. Muammoli vaziyat hosil qilish.
  • 2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.
  • 3. Yechimning to‘g‘riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog‘liq axborotni tizimlashtirish orqali).
  • Muammoni hal etish bosqichlari:
  • 1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to‘g‘ri deb tan olingan sabablar bilan bog‘liqlarini topish asosida amalga oshiriladi.
  • 2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo‘lishi to‘g‘riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
  • 3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to‘g‘riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi

Matematika darslarida muammoli ta’lim.

  • Izohli-illyustrativ ta’limda o‘qituvchi dalillarni o‘zi bayon qilib beradi, o‘zi ularni tahlil qiladi va yangi tushunchalarning mohiyatini tushuntiradi, ya’ni teorema, qoida va qonunlarni o‘zi ta’riflaydi.
  • Izohli-illyustrativ ta’lim metodi umumta’limiy maktablarimizda qo‘llanish darajasiga nisbatan an’anaga aylandi va hozirda ham qo‘llanilmoqda. Hozirgi zamon ilmiy-texnika revolyusiyasi davrida izohli-illyustrativ ta’lim metodi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmaydi, ularni o‘rganilayotgan mavzu materialini puxta bilishlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantira olmaydi hamda fanga bo‘lgan qiziqishlarini yuqori darajada shakllantira olmaydi. Shuning uchun maktablarimizda ta’lim jarayonini jadallashtirish g‘oyasi keng tarqalib, ta’limning yangi metodi - muammoli ta’lim metodi qo‘llanila boshladi.
  • T a ‘ r i f. O‘rganilayotgan ob’ekt (bilishga doir nazariy material yoki masala) bilan o‘rganuvchi sub’ekt (o‘quvchi) orasidagi o‘zaro harakatlarning o‘ziga xos bo‘lgan turiga muammoli vaziyat deyiladi.
  • T a ‘ r i f. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni muammoli ta’lim deyiladi.
  • Muammoli vaziyat - bu o‘quvchilarni o‘rganilayotgan mavzu materialidagi dalil va tushunchalarning qanday hosil bo‘lishini bilmaslikdan ham ana shu mavzu materialining tub mohiyatini olib beruvchi matematik tushuncha, aksioma va teoremalarni o‘rganilayotgan mavzu materialiga tadbiq qila olmaslik paytida vujudga keladigan intellektual qiynalishdir.

Download 94.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling