92-95-mavzular: Binomial va normal taqsimot haqida tushuncha. (4 soat)
B1+: Amaliy vaziyatlarda ehtimolliklarni hisoblash. (4 soat)
96-mavzu: Masalalar yechish. (1 soat, B1+: 1 soat)
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiyalar:
B1
statistik ma’lumotlarni to‘play oladi va statistik jadval ko‘rinishiga keltira oladi. Statistik ma’lumotlarni ustunli, doiraviy diagrammalar, poligon ko‘rinishida tasvirlay oladi. Sodda amaliy holatlarda ikkita tur ma’lumotlar o‘rtasida bog‘lanish mavjud-mavjud emasligini aniqlay oladi;
sodda statistik ma’lumotlarning o‘rta qiymati, moda va medianasini, standart chetlashishini, dispersiyani hisoblay oladi va ularning ma’nosini tushuntira oladi;
sodda tasodifiy hodisalarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi.
B1+
sonlar nazariyasiga oid masalalarni yecha oladi;
kombinatorikaga oid nostandart masalalarni yecha oladi;
sodda amaliy vaziyatlarni graflar yordamida modellashtira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |