Matematika fanidan bir soatlik dars ishlanmasi


VI –Zina : Durdona izlab…


Download 351 Kb.
bet6/6
Sana29.12.2022
Hajmi351 Kb.
#1072136
1   2   3   4   5   6
VI –Zina : Durdona izlab…
Aziz o‘quvchilar, yangi mavzuni mustahkamlash qismiga o‘tamiz. Sizlarga hozir tarqatmalar va kartatekalar beriladi.
Tarqatmalarga og‘zaki javob berib kartatekalarni yechasiz. Shunda tarqatmalar orqasiga raqamlar bo‘yicha yashirilgan ajoyib durdona hosil bo‘ladi.
Tarqatmalarga javob berilgach, “Odobli bola elga manzur” maqoli chiqadi.
Odobli bo‘lish, tarbiyali bo‘lish komil inson bo‘lib yetishimizda eng asosiy o‘rin tutadi. Chunki, tarbiyali, odobli
bola ilm cho‘qqilarini hech qiyinchiliklarsiz zabt etib, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan inson bo‘lib kamol topadi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab ta’lim tarbiyasini olgan yoshlar kerak”
Darsmizning VI – zinasi yakunlandi. Marhamat, VII – zinaga.


VII zina: Darsni yakunlash.
Har bir narsani oxiri bo‘lgani kabi darsimiz ham yakunlandi. Guruhlarning ballarini jamlaymiz. G‘olib guruhni tabriklaymiz faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholaymiz.
- Mana, aziz o‘quvchilar, zinama-zina bilimlaringizni sinadingizlar. Hozir rag‘bat va jarima kartochkalarini hisoblab guruhlarni natijalarini e’lon qilamiz. Eng ko‘p rag‘bat yiqqan guruhni g‘olib deb e’lon qilamiz. Guruhlardagi aktiv qatnashgan o‘quvchilarni quyidagi naminatsiyalar orqali taqdirlaymiz. Darsda eng ko‘p qatnashgan o‘quvchilarni doskaga chiqarib baholaymiz.
“Eng a’lochi o‘quvchi”, “Eng zukko o‘quvchi”, “Eng topqir o‘quvchi”, “Eng dono o‘quvchi”, “Eng bilag‘on o‘quvchi” deb o‘quvchilar taqdirlaymiz. Bugungi darsimizning g‘olibi “Milliy bank” guruhi.Darsni yakunlar ekanmiz, aziz o‘quvchilar sizga shuni takidlab o‘tmoqchiman. To‘rt narsa ko‘ngildagi orzularni ro‘yobga chiqaradi.

  1. G‘ayrat 3. Matonat

  2. Shijoat 4. Hurmat

O‘qishda doimo matonatli bo‘lishni, to‘rt narsa odamga roxat baxsh etadi:



  1. Shirin so‘z 3. Halol mehnat

  2. Samimiy do‘st 4. To‘g‘rilik

Hayotda halol mehnat qilib to‘g‘ri yashashigizni tilayman. Doimo sog‘ – salomat bo‘linglar.


Ilm noma’lumdan ma’lum topadi deganlaridek, ilmu – ma’rifat hamrohingiz bo‘lsin.
O‘quvchilar: Berdingiz bizga ta’lim,
Rahmat sizga muallim.


Uyga vazifa. 12-13 - misol






Download 351 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling