Matematika fanidan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan nazorat ishlari yuzasidan


Download 0.82 Mb.
bet6/41
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Matematika fanidan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan nazora-fayllar.org

Yozma ish № 11

I variant
1. Ko’paytirishni bajaring: а) 7,125 ∙ 2,6; b) 0,0018 ∙ 3,4.
2.Bo’lishni bajaring: а) 29, 64 : 7,6; b) 7,2 : 0,045.
3.Tarozida tortib besta qo’yning og’irliklari aniqlandi: 28,5kg, 32,6 kg, 35,1 kg, 30,3 kg va 27 kg. Qo’ylarning o’rtacha og’irligini toping.
4. Ifodaning qiymatini toping: 50 – 23 ∙ (66,6 : 37).
5. Katerning oqim bo’yicha tezligi 39,1 km/soat. Katerning o’z tezligi 36,5 km/soat. Daryo oqimining tezligi va katerning oqimga qarshi tezligini toping.

II variant
1. Ko’paytirishni bajaring: а) 3,725 ∙ 2,4; b) 0,0018 ∙ 2,4.
2. Bo’lishni bajaring: а) 60, 03 : 8,7; b) 36,4 : 0,065.
3. Ko’lning chuqurligini aniqlash uchun besh marta o’lchashni amalga oshirishdi. Birinchi marta 7,5 m, ikkinchisida – 8,2 m, uchinchisida - 8,8 m, to’rtinchisida - 7,4m va beshinchi marta - 9,1 m bo’ldi. Ko’lning o’rtacha chuqurligi qanday?
4. Ifodaning qiymatini toping: 40 – 24 ∙ (40,6 : 29).
5. Qayiqning oqimga qarshi tezligi 0, 9 km/soat. Qayiqning o’z tezligi 3,2 km/soat. Qayiqning oqim bo’yicha tezligini va oqimning tezligini toping.


Yozma ish № 12

I variant
1.Saylov uchastkasida 25000 ta saylovchi bor. Bu saylovchilarning 60% i ovoz berishda ishtirok etishdi. Ovoz berishda nechta saylovchi ishtirok etdi?
2.Sayyoh eshkakli qayiqda 504 km suzdi, bu butun yo’lning 36% ini tashkil etadi. Butun yo’lning uzunligini toping. 3.Do’konda 800 kg kartoshka bor edi. Uning 60% ini sotishdi. Do’konda qancha kartoshka qoldi?
4. СЕ nur DCM to’g’ri burchakni ikkita DCE va ЕСМ burchaklarga bo’ladi. Agar DCE burchak DCM burchakning 0,4 qismini tashkil qilsa, bu burchaklarning gradus o’lchovini toping.
5.Vrachlar kunduzgi ovqatlanish normasini 4 maxalga quyidagicha taqsimlashni maslahat beradilar: nonushta - 25 %, ikkinchi nonushta - 15 %, tushlik - 45 % va kechki ovqat - 15 %. Ovqatlanish normasiga mos doiraviy diagramma yasang.


II variant
1. Shaharda 30000 ta aholi yashaydi. Ularning 23 % ini bolalar tashkil qiladi. Shahardagi bolalar soni echta?
2.Matematikadan olimpiadada qatnashuvchilarning 32% i maqtov yorlig’I bilan taqdirlandi. Agar taqdirlanganlar soni 416 ta bo’lsa, nechta o’quvchi olimpiadada qatnashgan?
3. Shanbalikda 160 kishi qatnashdi. Ularning 25 % i yo’lni ta’mirlashdi, qolganlari esa daraxt ekishdi. Nechta kishi daraxt ekishdi?
4. MN nur CMD to’g’ri burchakni CMN va NМD burchaklarga bo’ladi. NMD burchak CMD burchakning 0,8 qismini tashkil qilsa, CMN burchakning gradus o’lchovini toping.
5. Yer sharida quruqlik quyidagicha bo’lingan: O’rmonlar - 57 mln. kv.m, Cho’llar - 24 mln.kv.m, Tundralar, dashtlar va botqoqlar - 54 mln.kv. m, Xaydalgan yerlar - 16 mln.kv.m. Ma’lumotlar asosida doiraviy diagramma yasang.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling