Matematika fanidan ”manfiy sonlarni qo’shish” mavzusida tayyorlagan taqdimoti


Download 0.75 Mb.
Sana16.12.2020
Hajmi0.75 Mb.
#168678
Bog'liq
Saparbyeva R. manfiy sonlar

MATEMATIKA FANIDAN ”MANFIY SONLARNI QO’SHISH” mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI


DARSNING MAQSADI

Ta`limiy:

O`quvchilarda umumiy ta`lim mahoratini shakllantiriish, ijodiy qobiliyatini o`stirish,manfiy ishorali sonlarni qo’shish tushunchasini hosil qilish va uni tahlil etish.

Tarbiyaviy:

O`quvchilarga aqliy va axloqiy tarbiya berish, ota-ona va Vatan oldidagi o`z burchlarini chuqur tushunadigan, bilimli va erkin fikrlay oladigan ma`naviy barkamol inson ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:

Mantiqiy tafakkurni, nutqni, xotirani rivojlantirish, manfiy va musbat sonlar haqidagi tushunchani mustahkamlash, manfiy ishorali sonlarni qo’shish ko’nikmasini shakillantirish.

Turmushda shunday masalalar uchraydiki ularnui hal etishda masalaning ma’nosiga ko’ra musbat va manfiy sonlarni ishalatishga ehtiyoj sezamiz. Havo haroratini o’lchashda hisob boshi suvning muzlashi yoki muzning erishi qabul qilingan.

Balandlik va chuqurliklarni o’lchashda dengiz sathi sanoq boshi qilib qabul qilingan. Dengiz sathidan yuqoridagi joylarni belgilashda “+”, denj giz sathidan past joylarni belgilashda sonlar oldiga “-” ishorasi qo’yiladi.

Masalan:_Dunyodagi_eng_baland_joy_Everest_cho’qqisidir._Uning_balandligi_dengiz_sathidan_+8848_metr_yuqorida.'>Masalan: Dunyodagi eng baland joy Everest cho’qqisidir. Uning balandligi dengiz sathidan +8848 metr yuqorida.

Manfiy sonlar faqatgina chuqurlikni, havo haroratining sovuqligini bildiribgina qolmasdan, balki qarz va zararni ham ifodalashi mumkin.

Masalan; Sotuvchi 1000 so’m zarar ko’rsa (-1000) deb yozish mumkin.

O’quvchilar jismoniy tarbiya darslarida yoki sport musobaqalarida, turli o’yinlarda g’oliblar rag’bat, yutqazganlar esa jarima bali olishi mumkin.

Faraz qilaylik, bir o’yinda 6 ball, ikkinchi o’yinda 4 ball oldingiz. Jami to’plagan balingizni qo’shish bilan aniqlaymiz.

(+6)+ (+4)=(+10) yoki 6+4=10 kabi yozamiz.



Yana bir o’yinda 5 ball, ikkinchi o’yinda 3 ball jarima oldingiz deylik.

Umumiy balingizni qo’shish bilan aniqlaymiz.

Agar jarima ballari oldiga “-” (minus) ishorasini qo’ysak, jami jarima bal

(-5)+(-3)= (-8) hosil bo’ladi.

Demak, ikkita manfiy sonni qo’shish uchun, ularning modullarini qo’shish va hosil qilingan son oldiga “-” ( minus ) ishorasini qo’yish kerak.



Masalan:

1. -7+(-11)=-18 chunki

2. -9+(-15)=-( )

3. -28+0=-( )

Manfiy sonlarni qo’shish xuddi natural sonlarni qo’shish kabi, o’rin almashtirish va guruhlash qonunlariga bo’ysunadi.

(-126)+(-300)+(-144)=((-126)+(-144))+(-300)=-270+(-300)=-570

Tarixiy ma’lumot

1402-yilda tug’ilgan buyuk astranom va matematik Aloviddin ibn Muhammad Ali Qushchi Ulug’bek rasadxonasida ishlagan”Hisob risolasi” asari hindlar matematikasi (o’nlik martabali sanoq sistemasi), astranomlar arifmetikasi (oltmishlik sanoq sistemasi) va geometriyaga bag’ishlangan “Risolayi Muhammadiya ” asari 1473-yilda fors-tojik tilda yozilgan bo’lib, geometriya, trigonometriya va arifmetikaga bag’ishlangan bo’lib, u birinchi bo’lib shu asarida “Musbat” va “Manfiy” atamalarni kiritadi. Ali Qushnchi shu asarida uchburchak va doiraning yuzlarini topish formulasini ham beradi.
Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling