«Matematika» fanidan oraliq nazorat 19-sonli
Download 177.54 Kb.
|
Nuraliyeva Dinara 19-tvarian
Uzluksiz tasodifiy miqdor deb biror chekli yoki cheksiz oraliqdagi barcha qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan ta-sodifiy miqdorga aytiladi. Uzluksiz tasodifiy miqdorning mumkin bo’lgan qiymatlarining soni cheksizdir. Bunday tasodi-fiy miqdorga misol sifatida 2-misoldagi tasodifiy miqdorni olish mumkin.
Diskret tasodifiy miqdorning berilishi uchun uning mum-kin bo’lgan qiymatlarini sanab chiqish yetarli emas, yana ularning ehtimolliklarini ham ko’rsatish lozim. Ikkinchi tomondan, ko’p masalalarda tasodifiy miqdorlarni elementar hodisalarning funktsiyalari sifatida qarashning zarurati yo’q, faqat tasodi-fiy miqdorning mumkin bo’lgan qiymatlarining ehtimollikla-rini, ya’ni tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini bilish yetarli. Diskret tasodifiy miqdor ehtimolliklarining taqsimot qonuni yoki soddagina taqsimot qonuni deb mumkin bo’lgan qiy-matlar bilan ularning ehtimolliklari orasidagi moslikka ay-tiladi; uni jadval, grafik va formula ko’rinishda berish mum- kin. Ehtimolliklar taqsimot qonunining turli usullarda beri-lishini misollarda ko’rib chiqaylik. Diskret tasodifiy miqdor taqsimot qonunining jadval orqali berilishida jadvalning birinchi satri mumkin bo’lgan qiymatlardan, ikkinchi satri esa ularning ehtimolliklaridan tuziladi. Jadvalning ikkinchi satridagi ehtimolliklarning yig’indisi 1 ga teng bo’lishi kerak. 5.1-jadvalda 3-misoldagi diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni berilgan. – j a d v a l
misol. Pul lotereyasida 100 ta bilet chiqarilgan. Bitta 5000 so’mlik, beshta 1000 so’mlik va o’nta 500 so’mlik yutuq o’ynalmoqda. Bitta lotereya bileti egasining mumkin bo’lgan yutu-g’idan iborat bo’lgan X tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni topilsin. Echish. X ning mumkin bo’lgan qiymatlarini yozamiz: x1 500, x2 100, x3 50 , x4 0. Bu mumkin bo’lgan qiymat-larning ehtimolliklari quyidagicha: p1 0,0 , p2 0,0 , p3 0,1, p4 1(p1 p2 p3)0,84. U holda izlanayotgan taqsimot qonuni quyidagi ko’rinishda
– j a d v a l Yaqqollik uchun diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qo-nunini grafik ko’rinishda ham tasvirlash mumkin, buning uchun to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasida (xi, pi ) nuqtalar belgilanadi, so’ngra ular kesmalar bilan birlashtiriladi. Ho-sil bo’lgan shakl taqsimot ko’pburchagi deb ataladi. 5.1-rasmda 3-misoldagi X tasodifiy miqdorning taqsimot ko’pburchagi kelti-rilgan. Endi formulalar orqali berilgan ayrim diskret taqsimot-lar — binomial, geometrik va Puasson taqsimotlarini ko’rib chiqaylik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling