misol. Yuzta chaqaloq ichida o’g’il bolalar soni 0, 1, 2, ... , 100 qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan tasodifiy miq-dordir.
misol. Zambarakdan otilgan snaryadning uchib o’tgan maso-fasi tasodifiy
miqdordir. Bu miqdorning mumkin bo’lgan qiy-matlari biror (a, b) oraliqqa tegishlidir.
Tajribalar natijasida elementar hodisalar ro’y bergani uchun tasodifiy miqdor va elementar hodisa tushunchalarini bog’lab, tasodifiy miqdorning boshqa ta’rifini berish mumkin.
Tasodifiy miqdor deb elementar hodisalar fazosida aniqlangan
X X() () funktsiyaga aytiladi.
misol. Ikkita tanga tashlanganda chiqqan gerblar soni X 0, 1 va 2 qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan tasodifiy miqdordir. Elementar hodisalar fazosi quyidagi elementar ho-disalardan iborat:
1 ГГ, 2 РГ, 3 ГР, 4 РР.
U holda X quyidagi qiymatlarni qabul qiladi:
X(1)X(ГГ)2,
X(3)X(ГР)1,
X(2)X(РГ)1,
X(4)X(РР)0.
tasodifiy miqdor uchta qiymatga ega bo’lishi mumkin bo’lsa, ular belgilanadi.
x1,
x2,
x3 orqali
Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor deb ayrim, ajralgan mumkin bo’lgan qiymatlarni ma’lum ehtimolliklar bilan qabul qiluvchi tasodifiy miqdorga aytiladi. Diskret tasodifiy miq-dorning mumkin bo’lgan qiymatlarining soni chekli yoki cheksiz bo’lishi mumkin. Bunga misol sifatida 1-misoldagi tasodifiy miqdorni olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |