Matematika ilmiy-tadqiqotlar markazi” nizomi 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Markazning huquq va majburiyatlari


Download 28.65 Kb.
bet3/4
Sana12.02.2023
Hajmi28.65 Kb.
#1191643
1   2   3   4
Bog'liq
NIZOM-MATEMATIKA

3-bob. Markazning huquq va majburiyatlari
10. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Davlat organlari va ta’lim vazirliklaridan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda matematika sohasida turli tanlovlar, fan olimpiadalari tashkil etishda ishtirok etish;
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va manfaatdor vazirliklar va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
o‘z vakolatlarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni, jumladan, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
matematikaning zamonaviy muammolarini va istiqbolli vazifalarini hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etish;
matematika sohasida ekspert kengashlari va komissiyalar ishida ishtirok etish;
matematika sohalarida dasturlar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko‘rsatmalar, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlash va nashr qilish;
matematika sohalarida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
matematika sohalarida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning ishchi kengashlarida va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
matematikaning zamonaviy masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, “davra suhbatlar”i va boshqa tadbirlar o‘tkazish;
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
12. Markaz o‘z faoliyatida bevosita Navoiy davlat pedagogika institutiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
13. Markaz faoliyatiga institut Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri umumiy Direktorilik qiladi.
14. Markaz Direktorii:
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi;
Markazda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Markaz Ilmiy kengashining tavsiyalari asosida o‘quv-mavzuli rejalar, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlaydi;
Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qiladi;
Markaz xodimlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Markazning shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Markaz nomidan xo‘jalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;
Direktor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Markaz Direktorii Navoiy davlat pedagogika institute rektori bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
16. Direktori o‘rinbosari:
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita Direktorilik qiladi, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi;
Navoiy davlat pedagogika institute qarorlari, Markaz direktorining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun markaz Direktoriiga kiritadi;
Markazning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, yakunlar bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
17. Markaz Direktori bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini standartlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari amalga oshiradi.
18. Markaz huzurida direktor (Ilmiy kengash raisi), faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning o‘rinbosari (lavozimiga ko‘ra), Markaz tarkibiy bo‘linmalari Institut professor o’qituvchilari, Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot Markazlarida va tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Markaz Ilmiy kengashining shaxsiy tarkibi, a’zolari soni va nizomi Markaz direktori taqdimiga binoan Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan tasdiqlaydi.
Markaz Ilmiy kengashining ish tartibi Markazning ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.

Download 28.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling