Genetik algoritmlar (Genetic algorithms). Ushbu tushuncha texnikada amalga oshirilib, xudi biologiyadagi kabi mumkin bo'lgan yechimlar birlasha oladigan va mutatsiyaga uchragan "xromosomalar" sifatida ifodalanadi. Tabiiy evolyutsiya jarayonida eng kuchli shaxs omon qolgini kabi, Big Data da eng kuchli algoritm tanlab olinadi.
Mashinali o`qitish (Machine learning). Empirik ma'lumotlarni tahlil qilish asosida o'z-o'zini o'rgtib borish algoritmlarini yaratishga qaratilgan informatikaning yo'nalishi bo`lib “sun'iy intellekt” tarkibida ko`rib chiqiladi. Bu masala Big Dataning asosiy yo`nalishlaridan biri.
Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP- Natural language processing). Informatika va tilshunoslikdan olingan tabiiy tilni aniqlash usullari to'plami.
Tarmoq tahlili (Network analysis). Tarmoqlardagi tugunlar orasidagi bog'lanishlarni tahlil qilish usullari to'plami. Ijtimoiy tarmoqlarga kelsak, u alohida foydalanuvchilar, kompaniyalar, jamoalar va boshqalar o'rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish imkonini beradi.
Optimallashtirish (Optimization). Bir yoki bir nechta ko'rsatkichlarni yaxshilash uchun murakkab tizimlar va jarayonlarni qayta loyihalashning raqamli usullari to'plami. Strategik qarorlarni qabul qilishda yordam beradi, masalan, bozorga kiritilgan mahsulot tarkibi, investitsiya tahlilini o'tkazish va hokazo.
Shaklni aniqlash (Pattern recognition). Iste'molchilarning xulq-atvor modelini bashorat qilish uchun o'z-o'zini o'rganish elementlari bo'lgan texnikalar to'plami.
Bashoratli modellashtirish (Predictive modeling). Voqealarning rivojlanishi uchun oldindan belgilangan ehtimolli stsenariyning matematik modelini yaratishga imkon beruvchi texnikalar to'plami. Masalan, CRM tizimining ma'lumotlar bazasini obunachilarni provayderlarni o'zgartirishga undaydigan sharoitlar uchun tahlil qilish.
Regressiya (Regression). Bir yoki bir nechta mustaqil o'zgaruvchilar va qaram o'zgaruvchilar o'rtasidagi o'zgarishlarni aniqlash uchun statistik usullar to'plami. Ko'pincha prognozlash va bashorat qilish uchun ishlatiladi. Ma'lumotlarni qazib olishda qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |