1-ilova
Analiz va sintez metodining tavsifi
Tafakkur psixologiyasi nuqtai nazaridan analiz va sintez.
Tafakkur jarayonida analiz va sintezning o‘zaro aloqadorligi.
Matematika o‘qitishda analiz va sintez.
Mahruza mashg‘ulotining rejasi
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: talabalarda analiz va sintez metodlari xaqida tassavurlar hosil qilish, matematika o‘qitish jarayonida analiz va sintez metodidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
2-ilova
3 – ilova
Ilmiy tadqiqot metodlari sifatida analiz va sintez matematik tadqiqotlarda muhim rolg’ o‘ynaydi. SHuningdek, matematika o‘qitishda ham analiz va sintez metodlarining o‘rni va ahamiyati juda kattadir. Bu yerda ular turli ko‘rinishlarda namoyon bladi. Masalan:
a) masalalar yechish metodi sifatida;
b) teoremalarni isbotlash metodi sifatida;
v) matematik tushunchalarning xossalarini o‘rganish usullari va sifatida va x.k.
Analiz va sintezni bir – biridan ajratib bo‘lmaydi. Ular bir – birini taqoza etadi, to‘ldiradi va birgalikda yagona analitik – sintetik metodini hosil qiladi. Masalan, analiz yordamida murakkab masala, qator oddiy masalalarga ajraladi, keyin sintez yordamida yechimlar umumlashtirladi.
Oddiygina ifodalaydigan bo‘lsak analiz umumiylikdan xususiylik tomon boradigan fikrlash yo‘li bo‘lib, sintez esa xususiylikdan umumiylik tomon boruvchi fikrlash usulidir.
Masalan, soatni nosozligini aniqlash va tuzatish uchun dastlab uni qismlarga ajratishni analiz sifatida, nosozlik aniqlanib, tuzatib qismlarni birlashtirishni sintez sifatida qarash mumkin.
Masalan eksprimental fanlarda (ximiyada) bir necha moddalarni birlashtirib yangi modda hosil qilishni sintez sifatida qarash mumkin. SHuningdek, birikmalarni tarkibini aniqlash esa analizdir.
Psixologiyada analizni oqibatdan sababga o‘tuvchi tafakkur usuli sifatida sintezni esa, sababdan oqibatga o‘tuvchi tafakkur usuli sifatida talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |