Matematika o’qitishda innovatsion va pedagogik texnologiyalarning roli va ahamiyati


Download 48.11 Kb.
bet3/11
Sana10.11.2023
Hajmi48.11 Kb.
#1763021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Matematika o’qitishda innovatsion va pedagogik texnologiyalarnin-fayllar.org

Nazorat – baxolash vazifa maktab o’quvchilarining bilim, bilish va ko’nikmalarini nazorat qilish, to’girlash, baxolashdan iborat.
To’grilash vazifasi o’quvchi tomonidan olinadigan ma’lumotni to’grilashdan iborat. Turli manbalardan olingan axborotning qiymati va mazmuni turli bo’li bo’lishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilaerga to’girlangan axborotni taklif etishi kerak. U o’quvchiga ma’lumotni to’g’ri tahlil qilishga va baxolashga yordam berishi lozim.
Integrallash vazifa bilimlarning tizmiyliligini shakllantirishdan, o’rganilayotgan tushunchalar, teoremalar, faoliyat usullari, metodlar orasidagi o’zaro bog’liqligini tushunishdan iborat.
Matematika o’qitishning barcha vazifalari bir – biriga bog’liq va amalda turli moslikda amalga oshiriladi. Matematika o’qitishning vazifalarini amalga oshirihs o’qitishning asosiy maqsadlariga erishishni ta’minlaydi. Yuqorida sanab o’tilgan matematik ta’lim vazifalari uning mazmunini yaratishga asos bo’ladi.
Didaktika (grekcha didaktikos — o’rgatuvchi so’zidan k.ch) – pedagogikaning ta’lim va o’qitish nazariyasini ishlab chiquvchi sohasi. Didaktikaning predmeti o’qitishning qonuniyatlari va tamoyillari , uning maqsadlari, ta’limning ilmiy asoslari mazmuni, o’qitishning usullari, shakllari va vositalaridan iborat.
O’qitish tamoyillari — bu boshqaruvchi g’oyalar, didaktik jarayonni tashqil etish va o’tkazishga qo’yilgan me’yoriy talablar. Ular o’qitish jarayonini tartiblashtiradigan umumiy ko’rsatmalar, qoidalar, me’yorlar xarakteriga ega
Matematika o’qitishning didaktik tamoyillari – bu matematikani o’qitish qanoatlantirishi kerak bo’lgan yagona talablar to’plamidir.
Matematik ta’lim koncepsiyasi asosida quiydagi tamoyillar yotadi:
ilmiylik tamoyili;
onglilik, faollikva mustaqillik tamoyili;
tushunarlilik tamoyili;
ko’rgazmzlilik tamoyili matematik ta’limning o’qta maktabning barcha bosqichlarida umumiyligi va uzliksizlik tamoyili;
ta’lim mazmuni, o’qitishning tashqiliy shakllari va usullarining uzviyligi va istiqbollilik tamoyili ;
tizmiylilik va ketma – ketlilik tamoyili;
matematik bilimlarning tizimliligi tamoyili;
matematik ta’limning differensialanganlilik, individuallashtirilganlilik va insonparvarlilik tamoyili;
tarbiyaviy vazifani kuchaytirish tamoyili;
matematika o’qitishning amaliy yo’naltirilganlilik tamoyili;
alternativ o’quv – uslubiy ta’minnotni qo’llash tamoyili ;
o’qitishni kompyuterlashtirish tamoyili va hokazo.




    1. Download 48.11 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling