L. Yeyler, J. Venn, R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rganish.
Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo‘q. Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo‘lmasa
bir marta Eylerning nomi albatta qayd etiladi. Hozirgi zamonda o‘rta
maktablarda o‘tiladigan trigonometriya va logarifmlarga oid qoidalar va
hisob-kitob usullarini ham aynan Eyler ishlab chiqqan izchillik asosida
tushuntiriladi. Leonard Eyler - matematika rivojiga eng salmoqli hissa
qo‘shgan olimlardan biridir.
U o‘z ilmiy ishlarida cheksiz kichik miqdorlar analizi usullarini eng
birinchi bo‘lib tadbiq qilgan bo‘lib, olimning bu boradagi uch jilddan iborat fundamental ilmiy ishi, zamonaviy matematik analizning tamal toshini
qo‘yib bergan edi. o‘sha uch jild asar quyidagicha nomlangan:
"Analizga kirish", "Differensial hisob", hamda, "Integral hisoblash". Eylerning
ushbu asarlari hozirda insoniyat tafakkuri yaratgan eng yuksak
ilmiy asarlar qatoriga kiradi.
Aynan shu ishlar tufayli, analiz sohasi matematikada o‘ziga xos
mustaqil fan sifatida shakllanib chiqdi.Leonard Eyler 1707-yilning 15-aprel
sanasida Shveytsariyaning Bazel shahrida dunyoga keldi Eylerni
Leonard 13-yoshida Bazeldagi seminariyalardan biriga, falsafadan ta’lim
olish uchun o‘qishga joylashgan.
1723-yilda Eyler Bazel maktabida magistr darajasini qo‘lga kiritadi.
Eyler 1727-yilda Peterburg Fanlar Akademiyasida adyunkt darajasiga erishdi.
Yа’ni, bu akademikdan quyiroq ilmiy daraja edi. 1731-yilda esa unga
Fizika Professori unvoni berildi va Akademiyaning haqiqiy a’zoligiga qabul
qilindi.
1733-yilda esa, Eylerga o‘z ustozi - Bernulli o‘zi egallab kelgan
lavozimni - oliy matematika kafedrasini topshirdi.. 1752-yildagi ishlarida
Eyler ko‘pyoqlarning yoqlari, qirralari va uchlarining soni orasidagi
nisbatlar haqida yozadi hamda, o‘zidan avvalroq Dekart taxmin qilgan, lekin,
isbotlay olmagan matematik qonuniyatlarni isbotlab beradi 1765-yilda Eyler aylanayotgan qattiq jismlar uchun differensial tenglamalarni yechish usullarini
ishlab chiqadi. Hozirda bunday tenglamalarni "Aylanayotgan jismlar uchun
Eyler tenglamalari" deb yuritiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |