Toshkent Davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti Korporativ boshqaruv kafedrasi
KB-3 guruh talabasi IslomovAsrorxonning
Matematika fanidan qilgan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: TO’G’RI CHIZIQDA DEKART KOORDINATALARI. FAZODA VA TEKISLIKDA DEKART KOORDINATALARI. ANALITIK
GEOMETRIYANING SODDA MASALALARI. IKKI NUQTA ORASIDAGI MASOFA. KESMANI
BERILGAN NISBATDA BO’LISH. DEKARTNING
TEKISLIKDAGI KOORDINATALAR SISTEMASI.
FAZODAGI NUQTANING KOORDINATALARI.
QUTB KOORDINATALARI
Faraz qilaylik tekislikda nuqtada kesishuvchi, bir xil o’lchov birligiga ega va o’zaro perpendikulyar 0x, 0y o’qlar berilgan bo’lsin (ular tekislikda dekart sistemasini tashkil etadi). 0x va 0y o’qlar joylashgan tekislik koordinatalar tekisligi deb aytiladi va 0xy kabi belgilanadi (1rasm).
1-rasm. M nuqta shu 0xy tekislikning ixtiyoriy nuqtasi bo’lsin.
М nuqtadan 0х va 0у o’qlariga perpendikulyar o’tkazib, ularning asoslarini М1 va М2 lar orqali belgilaymiz. М1 nuqtaning 0х o’qdagi koordinatasi х М nuqtaning abssissasi, М2 nuqtaning 0у o’qdagi koordinatasi у М nuqtaning ordinatasi deb aytiladi. х, у lar М nuqtaning koordinatalari (dekart koordinatalari) deb aytiladi.
Har qanday (х,у) juftlik 0ху tekislikdagi yagona М nuqtani aniqlaydi. 0х o’q abssissalar o’qi, 0у o’q esa ordinatalar o’qi, ular birgalikda koordinata o’qlari deyiladi. O’qlarning kesishish nuqtasi 0 koordinatalar boshi deyiladi.
Koordinata o’qlari koordinata tekisligini choraklar deb ataluvchi to’rtta qismlarga ajratadi (2-rasm).
1.1-MISOL. Tekislikda М (3; -2) nuqta yasalsin.
YECHISH. Abssissalar o’qi 0х da koordinatasi 3 ga teng М1 nuqtani hamda ordinatalar o’qi 0у da koordinatasi –2 ga teng bo’lgan М2 nuqtalarni olamiz. М1nuqtadan 0х o’qqa perpendikulyar, М2 nuqtadan 0у o’qqa perpendikulyar to’g’ri chiziqlar o’tkazamiz.
To’g’ri chiziqlarning kesishish nuqtasi М izlanayotgan nuqta bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |