Matematika tarixi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematika tarixi (A.Normatov)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI A.A. NORMATOV MATEMATIKA TARIXI TOSHKENT – 2007 www.ziyouz.com kutubxonasi 2 Annotatsiya Matematika tarixi matematikani rivojlanish tarixini, bunda xalqlarning, alohida olimlarning va olimlar kollektivining fan taraqqiyotiga qo’shgan hissalarini o’rganishni, matematik tushunchalarni, qonunlarni paydo bo’lish va ularning fandagi va hayotdagi ro- lini o’rganish bilan shuғullanadi. Kitob oliy o’quv yurtlarining matematika mutaxassisliklari yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan bo’lib, bakalavrlar uchun amaldagi dastur asosida yozilgan. Shuningdek matematika o’qituvchilari uchun hamda fan tarixi bilan qiziquvchilar uchun ham foydali- dir. www.ziyouz.com kutubxonasi 3 So’z boshi Ma’lumki, ko’pchilik universitetlar va pedagogik institutlari umumta’lim maktabla- ri akademik litseylar va o’rta maxsus o’quv yurtlari uchun matematika o’qituvchilari tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Bunda ularga mutaxassisliklari bo’yicha o’qitiladigan fan- larning o’qitilish uslublari va tarixini chuqurroq o’rgatish bosh vazifa qilib qo’yilgan. O’quvchilarni matematika tarixi, bu boradagi kashfiyotlar bilan tanishtirish, matematik tushunchalarni va qonuniyatlarni ro’yobga kelishda ayrim olimlarning, olimlar jamoasin- ing va xalqlarning roli bilan tanishtirish ularning dunyo qarashini shakllantirishda, mate- matikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, kasbiy tayyor- garliklarini shakllanishda muhim rolь o’ynaydi. Kitob matematika fani tarixiga baғishlangan bo’lib, unda matematika fani paydo bo’lishidan to uning turli sohalarini shakllanishi va rivojlanishi to’ғrisida ma’lumotlar be- rilgan, buyuk matematik olimlarning hayoti va fanda erishgan yutuqlari, ular yaratgan na- zariyalar va fan taraqqiyotiga qo’shgan hissalari tahlil qilingan. Shuningdek hozirgi zamon o’zbek olimlarining hayoti va fan rivojiga qo’shgan hissalari haqida ham ma’lumotlar berilgan. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling