Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov loyiha boshqaruvi
Download 1.09 Mb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov loyih
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mas’ul muharrir: i.f.n., dotsent D.R.Xairova Taqrizchilar
- © TAQI-2019 2 KIRISH
- “FitchRatings” va “Standard Poor”
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI O.SH. MAMANAZAROV LOYIHA BOSHQARUVI Oʻquv qoʻllanma TOSHKENT – 2019 UDK 001.76. Muallif: O.Sh.Mamanazarov. “Loyiha boshqaruvi”. Oʻquv qoʻllanma, TAQI-2019. 144 bet. Oʻquv qoʻllanma arxitektura va qurilish ta’lim yoʻnalishlari bakalavr talabalariga moʻljallangan hamda boshqa mutaxassisliklar va oʻquv mashgʻulotlari talabalariga shuningdek, amaliy foydalanish uchun ham foydali boʻlishi mumkin. Oʻquv qoʻllanma loyihalarni boshqarish metodologiyasining asosiy qoidalarini oʻz ichiga oladi. Konsepsiya, hayot aylanishi, asosiy ishtirokchilarning roli, loyihalarni boshqarishning asosiy funksiyalari va jarayonlar, loyihalarni moliyalashtirish masalalari, loyiha xavfini baholash masalalari koʻrib chiqiladi. Mas’ul muharrir: i.f.n., dotsent D.R.Xairova Taqrizchilar: R.X.Karlibayeva – TDIU, “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professori, i.f.d. U.A.Shodmonova – TAQI, “Informatika va informatsion texnologiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа oʻrtа “20” - iyuldаgi 654-sоnli buyrugʻigа аsоsаn ruхsаt bеrildi. mахsus tа’lim vаzirligining 2019 yil, oʻquv qoʻllanma sifаtidа nаshr etishgа © TAQI-2019 2
KIRISH "Loyiha" va "loyihalarni boshqarish" soʻzlari turli sohalardagi va hukumat darajasidagi menejerlar tomonidan ishlatiladigan terminologiyada aniq belgilangan (mustahkam oʻrnashgan). Oʻzbekistonning bozor iqtisodiyotiga kirishi iqtisodiy va boshqaruv faoliyatining ixtisoslashuv darajasini oshirish, maxsus rejalashtirish usullarini ishlab chiqish, muddatlarni nazorat qilish va ijrochilar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni tashkil qilishni talab etadi. Boshqarish ob’yektiga yangi yondashuv asoslari barcha rivojlangan mamlakatlardan olingan loyihalarni boshqarish konsepsiyasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 28.12.2018 yildagi oʻz ma’ruzasida ta’kidlaganidek, ayni paytda mamlakatimizda chet el investitsiyalari hisobidan 23 milliard dollarlik 456 loyiha amalga oshirilmoqda. 2019 yilda barcha manbalar hisobidan 138 trillion soʻmlik investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilgan, bu 2018 yilga nisbatan 16 foizga koʻpdir. Joriy yil bilan taqqoslaganda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi deyarli 1,5 martaga oshib, 4,2 milliard dollarni tashkil etadi. Shu munosabat bilan 142 zamonaviy korxonani ishga tushirish moʻljallanmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari etakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilganligi alohida ta’kidlanishi lozim. Shunday qilib, birinchi marta “FitchRatings” va “Standard & Poor” nufuzli reyting agentliklari tomonidan mamlakatimizga suveren kreditning xalqaro reytingi berildi. Ushbu reyting bahosi “Barqaror” prognozini beradi, bu kelgusi 12-18 oy ichida koʻrsatkichlar pasayishi ehtimoli kamligini bildiradi. Davlatimiz rahbari oʻz ma’ruzasida oliy oʻquv yurtlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni kengaytirishni eng muhim masala sifatida koʻtarib chiqdi. Zamonaviy kompaniyalar, turli tarmoqlar va hatto butun davlatlar oʻzlarini loyihaga yoʻnaltirilgan boʻlib, natijada loyihalarni qanday qilib samarali va oqilona 3 boshqarishni oʻrganish zarurligiga tushunishadi. Qadim zamonlarda amaliy faoliyat sifatida paydo boʻlgan va 20-asrning ikkinchi yarmida ilmiy va uslubiy intizom sifatida shakllanishini boshdan kechirgan loyihalarni boshqarish, xalqaro va milliy professional tashkilotlar va standartlar tizimi bilan bir qatorda oʻrnatilgan terminologiya va uslublar hamda vositalar toʻplamiga ega boʻlgan eng istiqbolli va eng koʻp talab qilingan boshqaruv metodologiyasiga aylandi. Soʻnggi yillarda oʻzining rivojlanishida loyiha metodikasi bir qator muhim bosqichlarni oʻtgan. Koʻrib chiqilayotgan uslublarni ishlab chiqishda 1950-1960 yillarda asosiy vositalar va asosiy metodologik hamda amaliy yondashuvlar yaratilganda muhim natijalarga erishildi. Bundan tashqari, 1970-1990 yillarda professional tashkilotlar tashkil etildi va individual (alohida) loyihalarni boshqarishda ishlab chiqilgan standartlashtirish va amaliyot usullari yaratildi. 1990-yillarda loyihalarni boshqarish (management by projects) yordamida boshqarish tushunchasi paydo boʻldi va loyihalarni boshqarish bevosita kompaniyaga keldi. Koʻplab korxona va tashkilotlarda loyiha portfellari va dasturlarini boshqarish uchun metodologiyalar paydo boʻldi, loyihalarni boshqarish boʻyicha korporativ tizimlari (LBKT) yaratildi. Kompaniyalarda loyiha boshqaruvining yetukligini oʻlchash usullarini ishlab chiqish zarurati paydo boʻldi va bunday metodlar ishlab chiqildi hamda standartlashtirildi. Soʻnggi yillarda moslashuvchan loyiha boshqaruvi metodologiyalari mashhurlikka erishmoqda, ular umumlashtirilib, tushunilmoqda va faol ommalashmoqda. Bularning barchasi "Loyihalarni boshqarish" fanini oʻrganishning dolzarbligi va oʻz vaqtida ekanligini belgilaydi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling