Matematika tarixi
IV bob. g`ozirgi zamon o’`zbek matematiklari qayoti va
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematika tarixi (A.Normatov)
IV bob. g`ozirgi zamon o’`zbek matematiklari qayoti va
ijodidan namunalar ªori Niyoziy Toshmuqammad Niyozovich ªori Niyoziy Toshmuqammad Niyozovich (02.09.1897-17.03.1970) - o’`zbek pedagogi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1943), O’zbekiston Fan- lar akademiyasi birinchi prezidenti (1943-1947) O’zbekistonda xizmat ko’`rsatgan fan arbobi (1939), Davlat mukofoti laureati (1952). ªori Niyoziy Peterburgdagi “Krug samoobrazovaniya” nashriyoti tabiatshu- noslik bo’`limini (1911-1915) sirtdan muvaffaqiyatli bitirib, boshda Far¼ona shaxar xazinasida blanka to’`ldiruvchi va sudda tarjimon bo’`lib ishladi. So’`ngra (1917) res- publikada birinchi o’`zbek maktabini tashkil qildi. O’zbek tilida darslik etishmasligi- dan rus pedagoglari maslaxati bilan yangi maxalliy maktablar uchun “Tabiatdan bir parcha”(1919) darslik, qo’`llanma va metodik maqolalar yoza boshladi. ªori Niyoziy SAo’U fizika – matematika fakulьtetida (1926-1929) o’`qiyotganida o’`zbek tilida birinchi bo’`lib matematikadan shu universitetda dars bera boshladi. Xar bir darsga puxta tayyorlanib ilmiy, metodik maqolalar, qo’`llanmalar yoza boshladi. Texnikum va oliy o’`quv yurtlari uchun “Tekislik analiti- kasi” (1928), “Trigonomatriya va uning kosmografiyaga tatbiqi” (1929), “Sistemali qisob” qo’`llanmasi (1932; 4- nashri), “Simstemali trigonametriya kursi” (1973) kabi darslik va qo’`llanmalar yozdi. Ko’`pgina asarlari qayta-qayta nashr etilib, mazmun www.ziyouz.com kutubxonasi 83 va sifati yaxshilanib bordi.Bunga analitik geometriyadan qo’`llanma va darsliklar (1928, 1967), “Differentsial va integral qisob” (1939) kabi kitoblar misol bo’`la oladi. ªori Niyoziy o’`z ustida tinmay ishlab bilim darajasini kengaytirdi. O’zi o’`qigan universitetda o’`qituvchi (1926-1931), professor (1931) va rektor (1931-1933) bo’`lib ishladi. O’rta Osiyo Paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti, Toshkent davlat ppe- dagogika instituti, SAo’U va boshqa Oliy o’`quv yurtlarida (1934-1936) – oliy matematika kafedralarini boshqardi va lektsiyalar o’`qidi. O’zbekiston maorif xalq komissari (1937-1943) O’zbe- kiston fanlar akademiyasi prezidium a’zosi (1946-1960), fan tarixi jaqon Akademiya- sining muxbir a’zosi (1968-1970) bo’`ldi. ªori Niyoziy matematika – pedagogika adabiyot va publitsistika, falsafa va axloqqa oid ommabop kitoblar va maqolalar yozdi. O’zbek madaniyati uzoq tarixiy taraq- qiyotga egaligini va xozirgi davrda gullab-yashnayotganini o’`z asarlarida etarli tas- virlay oladi.ªadimgi qo’`lyozmalar va bir qancha arxeologik qazilmalarni tadqiq etish natijasida yaratgan “Ulu¼bek va uning ilmiy merosi” (1950), “Bosib o’`tilgan yo’`l qa- qida muloqazalar”(1967, 1970), “O’zbekiston xalqlari tarixi” kabi asarlarida o’`zbek xalqi o’`tmishida yaratgan boy madaniy merosini oddiy, ravon va tushunarli tilda yozdi. “Xayot maktabi” (1964,1966) kitobida O’zbekistonda fan va madaniyat qurili- shida aktiv ishtirok etgan olimlar, jamoat arboblari va shaxsan o’`z meqnat faoliyati- ga doir ma’lumotlardan esdalik sifatida foydalandi. ªori Niyoziy 1917 yilda Far¼onada birinchi boshlan¼ich maktabini ochdi va unda dars berdi. 1920 yil ªo’`qonda pedagogika texnikumi ochdi va 1925 yilgacha unga direktorlik qildi. U 1925 yil O’rta Osiyo davlat dorilfunining fizika matematika fakulьtetiga o’`qishga kirdi va uni 1929 yili tugatdi . Dorilfununda o’`qib yurganida quyi kurs studentlariga dars xam berdi. ªori – Niyoziy yangi tipdagi maktablar uchun o’`zbek tilida darsliklar, o’`quv qo’`llanmalar va metodik ko’rsatmalar: “Tabiatdan bir parcha” (Far¼ona, 1919), “Ochiq qavoda amaliy mash¼ulot” (Samarqand, 1927), “To’¼ri chiziqli trigonometriya” (Toshkent, 1929) va “Trigonometriyaning sistema- tik kursi” (Toshkent, 1930) va shu kabi boshqa asarlar yozdi. ªori-Niyoziy birinchi bo’`lib “Ruscha-o’`zbekcha matematika terminlari lu¼ati”ni tuzdi va o’`zbek tilida oliy matematikaning boshlan¼ich bo’`limlari – anali- tik geometriya, differentsial va integral qisob, differentsial tenglamalar darsliklarini yaratdi. Uning 1928 yili arab alifbosida “Analitik geometriya asoslari”, 1931 yili “Te- kislikda geometriya”, 1932 yili “Fazoda analitik geometriya” va “Matematik analiz asosiy kursi” nashr etildi. ªori-Niyoziy ajoyib pedagog edi. Uning shogirdlaridan bir gruppasi far¼onalik “13 ªaldir¼och” nomi bilan mashxur. Ulardan yirik mutaxassislar etishib chiqqan. Bu- lardan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi T.Z.Zoqidov, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutining professori R.K.Otajonov va boshqlar. ªori-Niyoziy ijodida matematika, astronomiya, fan, madaniyat va maorif tarixi katta o’rin tutadi. 1950 yili Moskvada rus tilida uning “Ulu¼bekning astronomiya maktabi” nomli monografiyasi bosilib chiqdi. Unda Ulu¼bek astronomiya makta- www.ziyouz.com kutubxonasi 84 bining vujudga kelishi tarixi, bu maktab va Ulu¼bekning rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar, rasadxonaning asosiy quroli – sekstantning tuzilishi, ishlash printsiplari- ni batafsil bayon qilgan. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling