Matematika tarixi
I.Matematikaning ro’yobga kelishi
Download 69.69 Kb.
|
Qahhorova Sh 2MT
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Elementar matematika davri.
- III. Ozgaruvchi miqdorlar matematikasi.
I.Matematikaning ro’yobga kelishi.
Bu davr eramizdan oldingi VI - V asrlargacha davom etib, bu paytga kelib matematika mustaqil fan sifatida shakllanadi. Bu davrning boshlanishi esa, o’tmish ibtidoiy davrga qarab boradi. Bu davrda matematika hali fan sifatida shakllanmagan bo’lib, qilingan ishlarning xarakteri asosan kuzatish va tekshirish natijalari asosida materiallar to’plashdan iborat bo’lgan. II. Elementar matematika davri. Bu davr eramizdan oldingi VI - V asrlardan boshlanib, to hozirgi XVI asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda asosan o’zgarmas miqdorlarga oid masalalar atroflicha o’rganilgan bo’lib (bularning ba’zilari o’rta maktab kursiga kiritilgan), matematikaning bundan keyingi rivoji o’zgaruvchi miqdorlarning kiritilishi bilan bog’liq. III. O'zgaruvchi miqdorlar matematikasi. Bu davrning boshlanishi o’zgaruvchi miqdorlarning kiritilishi, Dekart analitik geometriyasi vujudga kelishi, Nyuton va Leybnits asarlarida differentsial va integral xisobi tushunchalari paydo bo’lishi bilan xarakterlidir. Matematika rivojlanishining ikkinchi davri Eramizdan avvalgi VI asrga kelib Gretsiyada kuchli quldorlik davlati (davlat - shaharlar -polislar) vujudga keladi. Tarixiy yodgorliklar Gretsiya davlatlarida texnika, fan va madaniyat yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Yirik quldorlik davlatlarining birlashmasi bo’lgan Gretsiyada Milet, Korinf, Afina; Italiyada Sirakuza, Sitsilia, Rim va boshqalar mustahkamlanib, boyib asosiy shaharlarga aylandi. Bu davrga kelib matematika dastlab ioniylar (ioniyskaya) - VII - VI (e.o.), so’ng VI - V (e.o) asrlarda pifagoriylar, keyinroq esa V(e.o) asrlarda afina maktablari vujudga keldi. Bu maktablarda asosan tibbiyot va filosofiya masalalari bilan quldorlar va boy savdogarlar shug’ullanishgan. Bu davr matematikasida arifmetik hisoblashlar, geometrik o’lchashlar va yasashlar asosiy rolini yo’qotmagan bo’lib, ular asta - sekinlik bilan matematikaning u yoki bu bo’limlariga gruppalana boshladi. Agarda sharq matematikasi asosan “qanday?” degan savolga javob bergan bo’lsa, grek matematikasi esa bunga qo’shimcha “nima uchun ?” degan ilmiy savolga javob berishga harakat qilgan. Grek matematikasining ilk shakllanish davri haqida juda kam ma’lumotlar saqlanib qolgan. Matematika tarixini o’rganuvchi olimlardan Tanneri, Xis, Tseyten, Frank va boshqalarning izlanishlari natijasida bu davr haqidagi matematikadan ko’pgina ma’lumotlar ma’lum bo’ldi. Bizgacha yetib kelgan to’liq matematik asarlardan e.o. IV asrga oid bo’lgan Evklid, Arximed, Appoloniy asarlaridir. Bularda matematika ilmiy fan sifatida shakllanib bo’lgan edi. Download 69.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling