Matematika va informatika o`qitish metodikasi kafedrasi “Informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlar”
Download 0.93 Mb.
|
Amaliy mashg`ulott
I.AMALIY MASHG‘ULOTLAR
1.1.Mashg‘ulot №1. Mavzu: Windows ish stolida yarlik va papkalar bilan ishlash. Reja: 1.Ish stolida amaliy va tizim dasturlariga yarliklar yaratish. 2.Yaratilgan yarliklardan foydalanib, ularni ishga tushirish. 3.Ish stolida shaxsiy papkalar yaratish. 4.Ish stolidagi papkalardan foydalanish.
1.Ekranda bosh joyga sichqoncha ko‘rsatgichini olib borib, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosing. 2.Hosil bo‘lgan kontekst menyusidan “Создать”=>“Ярлык” bo‘limini tanlab, sichqoncha tugmasini bir marta chiqillating. 3.Muloqot darchasidan “Обзор” buyrug‘ini ishga tushiring. 4.Fayl va kataloglar darchasidan sizga kerakli dasturni izlab toping, kursor bilan belgilab, ishga tushiring (yoki “Открить” buyrug‘ini bosing ). 5.Muloqot darchasidan “Далее” buyrug‘ini bering. 6.Muloqot darchasidan “Готово” buyrug‘ini bering. Natijasida siz ish stolida o‘zingizga kerakli dastur uchun yarlik yaratgan bo‘lasiz. 2.Yaratilgan yarliklardan foydalanib, ularni ishga tushirish. Vazifa: Yuqorida yaratilgan yarlikni uni ishga tushiring. Bajarish: Sichqonchada yarlikni belgilab, uning chap tugmasini ikki marta tez-tez chiqillating. Natijada sizga kerakli dastur ishga tushadi. 3.Ish stolida shaxsiy papkalar yaratish. Vazifa: O‘z ismingiz uchun ish stolida papka tashkil eting. Bajarish tartibi: 1.Ekranda bo‘sh joyga sichqoncha ko‘rsatgichini olib boring, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosing. 2.Hosil bo‘lgan kontckst menyusidan “Создать” =>“Папка” bo‘limini tanlab, sichqoncha tugmasini bir marta chiqillating. 3.Ish stolida hosil bo‘lgan “Новая папка” nomini o‘z ismingizga o‘tgazish uchun uni o‘chiring. 4.Papkaga o‘z ismingizni kiriting va “Enter” tugmasini bosing. Natijada siz ish stolida o‘z ismingizdagi papkaga ega bo‘lasiz. 4. Ish stolidagi papkalardan foydalanish.
1.Ekrandagi o‘z papkangizga sichqoncha ko‘rsatgichini olib boring, uning chap tugmasini ikki marta tez-tez chiqillating. 2.Hosil bo‘lgan papka darchasi menyusidan “Файл”=>“Microsoft Word” buyruqlarini bering. 3.Darchada hosil bo‘lgan fayl nomini o‘z nomingizga almashtiring. Natijada siz o‘z papkangizni va uning ichida o‘z faylingizni hosil qilasiz.
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling