1.4.Mashg‘ulot №4
Mavzu: «Paint» grafik muxarririda rasm chizish
Reja: 1.«PAINT» dasturi bilan ishlashni va unda rasm chizishni o‘rganish.
Vazifa: Quyidagi rasmni chizing.
Bajarish tartibi:
1-qadam: «PAINT»ga kirish uchun quyidagi buyruqlar ketma-rtt beriladi:
ПУСК=>Программы=>Стандартные=>Графический редактор Paint;
2-qadam: Aylana chizib olib, 4 burchakli qaychi yordamida aylana yarmini belgilab olamiz;
3-qadam: Ishchi maydon yuqorisida hosil bo‘lgan shaklni aylana pastiga olib borib qo‘yamiz va ularni to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtiramiz;
4-qadam: Hosil qilingan shakl tomonlari ranglarga bo‘yaladi;
5-qadam: Bo‘yalgan shaklni 4 burchakli qaychi yordamida belgilab olamiz, gorizontal menyudan «Правка»ni bosamiz va oldin «Копировать» keyin «Вставить» qatorlarini bosamiz;
6-qadam: Ishchi maydon yuqorisida hosil bo‘lgan shaklni oldingi shakl ustiga yoki pastiga olib kelib qo‘yamiz va ularga boshqa ranglar tanlaymiz;
7-qadam: Gorizontal menyudan «Файл», keyin «Сохранить» qatorlarini belgilaymiz va fayl nomini kiritamiz;
8-qadam: «PAINT» dasturidan chiqish uchun «x» belgisi yoki «Файл»=> «Выход» buyruqlari tanlanadi.
Natijada siz yqoridagi rasmga ega bo‘lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |