Matematika va informatika o`qitish metodikasi kafedrasi “Informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlar”


Download 0.93 Mb.
bet10/10
Sana14.12.2021
Hajmi0.93 Mb.
#181040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliy mashg`ulott

1.8.Mashg‘ulot №8

Mavzu: «Word» matn muxarririda jadvallar qurish texnologiyasi
Reja: 1. «Word»da jadval qurishni o‘rganish.
Vazifa: Quyidagi berilgan jadvalni quring.
Ayrim mamlakatlarda intellectual tarmoqlar xizmatidan foydalanish hajmi (mln.doll.)

1999-2003 yillar bashorat asosida olingan.

Jadval 3.4.

Mamlakatlar



Y i l l a r

1997

1998

1999

2000

2001

2002

2003

Fransiya

342

461

593

755

942

1160

1420

Germaniya

505

667

843

1080

1340

1650

2020

Italiya

126

180

236

325

446

593

767

Ispaniya

67

100

136

189

268

371

504

Angliya

1000

1300

1630

2040

2470

2920

3380

Yaponiya

907

1200

1520

190

2320

2790

3290

AQSH

8680

9930

11400

13300

14700

16600

18200


Bajarish tartibi:

1-qadam: Gorizontal menyudan quyidagi buyruqlarni bajaring:

Таблица =>Вставить=>Таблица=>[Ustun va satr sonini bering]=>Ok



2-qadam: Berilgan jadval ustunlarini kichirtish yoki kengaytirish uchun uning chiziqlari ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib keeling va ↔ belgini bosib kerakli joyga kelib qo‘yib yuboring.

3-qadam: Jadval yacheykalarini birlashtirish kerak bo‘lsa ularni ajratib keyin sichqoncha o‘ng tugmasini bosing va menyudam “Объединить ячейки” buyrug‘ini bering.

4-qadam: Jadvalni to‘ldiring.



5-qadam: Bajargan ishingizni faylga saqlab qo‘ying.

1.9.Mashg‘ulot №9.

Mavzu: “Excel” jadval protsessorida hisob jadvallari qurish

texnologiyasi
Reja: 1.”Excel”da ma’lumotlar kiritish va ularni qayta ishlashni o‘rganish.

2.Hisoblash jadvallari yaratish.


Vazifa: Quyidagi hisoblash jadvalini quring.


Bajarish tartibi:

1-qadam: Excel oynasida ustunlarni berilgan jadvalga moslab chiqing. Buning uchun sichqoncha belgisini ustunlarni bolib turuvchi chiziq ustiga olib kelib, uning tugmachasini bosgan holda, onga yoki chapga keraklicha surib, keyin qoyib yuboring.

2-qadam: Ma’lumotlarni kiriting.

3-qadam: D3 yacheykaga =C3*15/100 formulasini kiriting va “Enter” tugmasini bosing.

4-qadam: E3 yacheykaga =C3*1/100 formulasini kiriting va “Enter” tugmasini bosing.

5-qadam: F3 yacheykaga =C3-D3-E3 formulasini kiriting va “Enter” tugmasini bosing.

6-qadam: D3, E3 va F3 yacheykalarini ajrating va vaqtinchalik “bufer” xotirasiga oling.

7-qadam: Qolgan D4:F8 gacha bo‘lgan yacheykalarni ajrating va “Enter” tugmasini bosing.

8- qadam: “C” ustundagi ma’lumotlarni o‘zgartirib ko‘ring. Bunda siz D, E va F ustundagi yangi hisoblashlarni ko‘rasiz. Demak siz avtomatik hisoblash jadvaliga ega bo‘ldingiz.

9-qadam: Bajargan ishingizni faylga saqlab qo‘ying.

1.10.Mashg‘ulot №10

Mavzu: “Excel” jadval protsessorida grafik qurish texnologiyasi

Reja: 1.”Excel”da jadval ma’lumotlarini qayta ishlashni o‘rganish.



2.Jadvalga kiritilgan ma’lumotlar asosida grafik qurishni o‘rganish.
Vazifa: Quyidagi jadvalni quring va undagi ma’lumotlar asosida y=x^2 funksiyasini [-1,1] oraliqda, h=0,2 qadamda uning qiymatlarini hisoblab grafigini yasang.


Bajarish tartibi:

1- qadam: Excel oynasida ustunlarni berilgan jadvalga moslab chiqing va 1,2 qatorlarni to‘ldiring.

2- qadam: A3 yacheykaga 1 va B3 yacheykaga – 1 kiriting.

3- qadam: A4 yacheykaga =A3+1 va B4 yacheykaga =B3+0,2 formulalarini kiriting. Bu yacheykalarni ajratib “bufer” xotirasiga oling.

4- qadam: A5:B13 yacheykalarini ajratib, “Enter” tugmasini bosing.

5- qadam: C3 yacheykasiga =B3^2 formulani kiriting va “Enter” tugmasini bosing.

6-qadam: C3 yacheykasini ajratib, “bufer” xotirasiga oling.

7-qadam: C3 : C13 yacheykalarini ajratib, “Enter” tugmasini bosing. Shu bilan siz hisob jabvalini yaratdingiz. Endi grafik yasashga o‘ting.

8-qadam: B3:C13 yacheykalarini ajrating va standart instrumentlar panelidan “Мастер диограмм” tugmasini bosing.

9- qadam: Endi istalgan joyga kelib sichqoncha tigmasini bosgan holda darcha oshing, ketma-ket o‘zingizga kerakli grafik ko‘rinishini tanlang va “Далее” tugmasini bosing. Keyin esa “Готово” tugmasini bosing va siz darchada funksiya grafigini ko‘rasiz.

10- qadam: Hosil qilingan grafikni kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun, shu graphik ustida kelib sichqonchani bir marta bosing. Uning ramkasidagi belgilarga kelib sichqoncha tugmasini bosib, kerakli joyga kelib qo‘yib yuboring.

11- qadam: Grafikni tahrirlash uchun grafik ustiga kelib, oldin bir marta va keyin ikki marta tez-tez bosing. Kerakli o‘zgartirishlar qiling.

12-qadam: Bajargan ishingizni faylga saqlab qo‘ying.

1.11.Mashg‘ulot №11

Mavzu: “Excel” jadval protsessorida gistogrammalar qurish

Reja: 1.”Excel”da yacheykalarga murakkab formulalar kiritish va hisoblash jadvalini yaratish.



2.Jadvalgagi ma’lumotlar asosida gistogrammalar qurishni o‘rganish.
Vazifa: Quyidagi jadvalni quring va gistogramma qurishga urinib ko‘ring.

Bajarish tartibi:

1- qadam: Excel oynasida sarlavhani kiritib, ustunlarni berilgan jadvalga moslab chiqing va A, B, C, D, E, F ustun ma’lumotlarini kiriting.

2- qadam: G4 yacheykasiga = сумм(C4:F4) yoki =C4+D4+E4+F4 formulasini kiriting va “Enter” tugmasini bosing.

3-qadam: H4 yacheykasiga =ЕСЛИ(G2/4<55;2; ЕСЛИ(G4/4<71; 3; ЕСЛИ(G4/4<85;4;5))) formulasini kiriting va “Enter” tugmasini bosing.

4- qadam: G4 va H4 yacheykalarini ajrating va “bufer” xotirasiga oling.

5- qadam: Qolgan G6:H11 gacha bo‘lgan yacheykalarni ajrating va “Enter” tugmasini bosing. Siz, u yacheykalarda hisoblangan sonlarni ko‘rasiz.

6- qadam: Endi gistogrammani qurish uchun G4:G11 gacha bo‘lgan yacheykalarni ajrating va standart instrumentlar panelidan “Мастер диограмм” tugmasini bosing.

7- qadam: Endi istalgan joyga kelib sichqoncha tugmasini bosgan holda darcha oching, ketma-ket o‘zingizga kerakli gistogramma ko‘rinishini tanlang va “Далее” tugmasini bosing. Keyin esa “Готово” tugmasini bosing va siz darchada gistogrammani ko‘rasiz.

8- qadam: Hosil qilingan gistogrammani kattalashtirish uchun, shu gistogramma ustiga kelib sichqonchani bir marta bosing. Uning ramkasidagi belgilarga kelib sichqoncha tugmasini bosib kerakli joyga kelib qo‘yib yuboring.

9- qadam: Gistogrammani tahrirlash uchun gistogramma ustiga kelib, oldin bir marta va keyin ikki marta b

10-qadam: Bajargan ishingizni faylga saqlab qo‘ying.




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling