Matematika va miqdoriy usullar
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Mat Miq Usul UMK 22 23
3. Qaror qabul qilishda ehtimollikdan foydalanish Muammolarning yechimlari tahlili boshqaruvchilarga ma’lum bir sharoitlarda shu yechimlardan eng maqbulini tanlash imkoniyatini beruvchi turli usullardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Jumladan, boshqaruvchilar qarorlar qabul qilishda ehtimollarni baholash usullaridan ham foydalanishi mumkin bo‘lib, odatda ular aniq bir ahamiyatli ma’lumotlarning aniqmasligi, yo‘qligi holatlarida qo‘llaniladi. Ehtimollarning mavjudligi odatda bir qator muqobil yechimlarni ko‘rib chiqishni talab qiladi. Boshvaruvchi bir-nechta muqobil yechimlar ro‘yxati asosida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Masalan, moliyaviy tahlilchi biror mijozning mablag‘larini sarmoyaga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak bo‘lsin. Birinchi qaror sarmoyalanishi lozim ob’ektlarining umumiy ro‘yxatidan bir qator kompaniyalarni tanlashdan iborat bo‘lishi mumkin. Natijada ko‘rib chiqilayotgan kompaniyalarning har biridan birinchi yil davomida daromad olish bilan bog‘liq ehtimollik holatlari bo‘lishi mumkin. Sarmoya kiritilishi lozim kompaniyalar aniqlangandan keyin, har bir holat uchun sarmoya miqdorini aniqlash kerak. Va yana biz sarmoyaning samaradorligi va uzoq muddatli foydaliligi bilan bog‘liq ehtimoliy holatlarga duch kelamiz. Bunda qaror qabul qilish mezonlaridan biri sifatida biz sarmoyalardan kutilgan daromadni maksimallashtirishni olishimiz mumkin. Biroq, yakuniy qaror qabul qilish jarayonida yana bir boshqa mezonlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunda qo‘shimcha ravishda, masalan, xavf omilini hisobga olish zarurati tug‘iladi. Ba’zi sarmoya strategiyalari katta yo‘qotish xavfiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, yuqori tavakkalchilikka asoslangan sarmoyalar katta daromad olish ehtimolini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Tahlilchi, ko‘proq foyda olish ehtimoli mavjudligiga qarab, yuqori tavakkalchilikli sarmoyadorlikka borishni yoki kam tavakkalchilikni va kam daromadli sarmoyani tanlashi lozim bo‘ladi. Ehtimol, balki, yuqori tavakkalchilik strategiyasi kutilayotgan foydani maksimal darajada oshirar, lekin yakuniy qaror samaradorligi past,hamda past tavakkalchilikka ega bo‘lgan muqobil sarmoya portfelining foydasiga qabul qilinishi mumkin. Matematik kutilma (kutilayotgan qiymatlar). Ko‘plab oddiy holatlarda, o‘zgaruvchining Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling