Matematika Yig’indini hisoblang: 303 + 144 + 67 + 56 + 137 = 2
Download 10.77 Kb.
|
Test Tafakkur hazinasidan
Matematika 1. Yig’indini hisoblang: 303 + 144 + 67 + 56 + 137 = 2. Ko’paytmani hisoblang: 2 × 14 × 25 × 3 = 3. Amallarni bajaring: 25 × 3 + 2 × (14 + 21 : 3) = 4. Bo’lish amalini bajaring: 49020 : 57 = 5. Tenglamani yeching: 127 – 168 : X = 25 + 46 6. a=7, b=6, c=3, d=2 bo’lsa, quyidagi ifodaning qiymatini toping: a+c (b : d) – c d 7. Kvadratning perimetri 28 cm bo’lsa, kvadratning yuzini toping. 8. Do’konga birinchi kuni 6 m 40 cm, ikkinchi kun esa birinchi kundagidan 1 m 70 cm uzunroq gazlama keltirildi. Shu ikki kunda do’konga jami qancha gazlama keltirilgan? 9. 10 qopdagi guruch 2 kg lik 200 ta va 3 kg li 100 xaltachaga taqsimlab solindi. Bitta qopda necha kilogram guruch bo’lgan? 10. 2 ta usta va 3 ta shogird 100 ta detall tayyorlashdi. Agar bir shogird 14 tadan detall tayyorlagan bo’lsa, har bir usta qanchadan detall tayyorlagan? Tafakkur xazinasi 1 . Javlonning 2 ta tuvagida har xil gullari bor. U gullarni rasmda koʻrsatilganidek oʻstiradi. U yana bir qancha gul sotib oldi va tuvakka ekdi. Shundan soʻng, bitta tuvakdagi har bir gul turi boshqasidan 2 marta koʻp boʻldi. U buning uchun eng kamida nechta gul sotib olishi kerak? 2. Sanjar, Dilshod va Hamdam bog’dan olma terishdi. Sanjar tergan olmalar Dilshodnikidan 3 ta ko’proq, Hamdam tergan olmalar esa Sanjarnikidan 5 ta kamroq. Agar Dilshod 20 olma tergan bo’lsa, bolalar jami nechta olma terganini hisoblang. 3. Bolalar qumdan qasrchalar qurishayapti. Anita qurgan qasrlar soni Hansnikidan kam, ammo Stefannikidan koʻproq. Fabian qurgan qasrlar soni esa Anitanikidan ham, Hansnikidan ham koʻproq. Bruno qurgan qum qasrlari soni Hansnikidan koʻp, lekin Fabiannikidan kamroq. Bolalarni qasrlar soni o’sib borish tartibida yozing. 4. Saida gul do’konida ishlaydi va guldastalar yasaydi. Bitta guldastada 4 ta oq va 6 ta qizil gul ishlatiladi. U oq va qizil gullarning har biridan 50 tadan sotib oldi va guldastalar yasadi, natijada 2 ta qizil gul ortib qoldi. Bunda nechta oq gul ortib qolganini aniqlang. 5. Maykl muzeyda tungi qorovul boʻlib ishlaydi va ishga kechqurun soat 20:00 da yetib borishi kerak. U ishga borish uchun avval avtobusda poyezdgacha boradi, keyin poyezdda ishga yetib oladi. Poyezd ham, avtobus ham har kuni soat 5:00 da harakatini boshlaydi va avtobus har 20 daqiqada, poyezd har yarim soatda yuradi. Maykl uydan poyezd stansiyasigacha 35 daqiqa, stansiyadan ishgacha esa 45 daqiqa yuradi. Maykl ishga oʻz vaqtida yetib borishi uchun u eng kechi bilan qaysi vaqtda harakatni boshlaydigan avtobusga minishi kerak ekanligini aniqlang. Download 10.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling