Matematikadan hech qanday bilimi bo`lmasa ham o`rgansa bo`ladigan qilib yozganman. Unutmang Matematika eng oson fan. 1-bob 1-bo`lim Sonlar haqida tushuncha


Download 15.59 Kb.
Sana07.09.2020
Hajmi15.59 Kb.
#128733
Bog'liq
Matematika


Men bu kitobni MATEMATIKAdan hech qanday bilimi bo`lmasa ham o`rgansa bo`ladigan qilib yozganman. Unutmang Matematika eng oson fan.

1-bob


1-bo`lim

Sonlar haqida tushuncha

Matematikani asosini sonlar tashkil etadi. Demak biz bu fanni o`rganishdan oldin sonlar haqida ozgina tasavvurga ega bo`lishimiz kerak.

Son tushunchasini biz yoshligimizdan ko`rib, bilib, eshitib va ishlatib kelamiz. Misol uchun bizga birinchi beriladigan savol “yoshing nechada?” va biz bu yerda albatta sonlarni ishlatamiz. Ko`pchiligimiz bir-birimizdan telefon raqam so`raymiz. Lekin hech o`ylab ko`rganmisiz, nima uchun “telefon raqam” iborasini ishlatamiz, nega endi “telefon soni” tushunchasini emas. Demak bular bir-biridan farq qilar ekan. Biz son va raqam bir xil ma’noni anglatadi deb o`ylaymiz, lekin son va raqam bir xil emas. Aslida bu tushunchalar bir biridan juda katta farq qiladi. Matematikada bu tushunchalarga e’tibor bermasak ba’zi bir misol va masalalar shu tomondan sizni chalg’itayotgan bo`ladi va yechayotgan masalangiz noto`g’ri chiqishi mumkin. Shuning uchun bu tushunchalarni bir biridan farqini o`rganaylik.

Raqam bu 0 dan 9 gacha bo`lgan sonlardir (yani 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9). Shu o`rinda aytib o`tish kerakki biz buni son deb ishlatsak ham bo`ladi lekin masalalarda raqam so`rasa biz 0 da 9 gacha bo`lgan sonlar deb tushunishimiz kerak

Son raqamlardan tuzilgan “birikma” yani 16, 48, 405, 76, 0, 7, 1000…

Son 5 qismga bo`linadi:

- Natural sonlar;

- Butun sonlar;

- Ratsional sonlar;

- Irratsional sonlar;

- Haqiqiy sonlar;

Bu xildagi sonlarga ta’rif berishdan oldin sonlarni musbat va manfiy guruhga bo`linishini bilishingiz zarur. Buning uchun son o`qi tushunchasini kiritamiz. Faraz qilaylik sonlar ketma ketlikda bir chiziqqa joylashtirilgan, yani:



1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12

Natural sonlar. Natural songa kitobiy ta’rifdan ko`ra oddiy qilib tushunganingiz ma’qul. Bu shunchaki biz ishlatib yuradigan barcha musbat sonlardir. Yani
Download 15.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling