Matematikadan masalalar
Download 404.33 Kb. Pdf ko'rish
|
4- sinflar uchun matematikadan masalalar toplami
- Bu sahifa navigatsiya:
- VA TASHKIL ETISH BO`LIMI 4- SINFLAR UCHUN MATEMATIKADAN MASALALAR
- Tuzuvchi
- Rahmatullayeva Hilola Sanoqulovna
- R. Dekart SOZ BOSHI
- Boshlang`ich ta`limning asosiy yo`nalishlari
- Boshlang`ich ta`limning maqsad va vazifalari.
- Boshlang`ich ta`limni tashkil etish prinsplari
- Boshlang`ich ta`limning mazmuni
- Boshlangich sinf oqituvchisining metodik matematik tayyorgarligi
- Маsаlаlаr yеchish оrqаli o‘quvchilаrdа ushbu mаlаkаlаr tаrkib tоpmоg‘i lоzim.
- Маsаlаni tinglаshni o‘rgаnish vа uni mustаqil o‘qiy оlish.
- 2. Маsаlаni dаstlаbki аnаliz qilish (mа’lumni nоmа’lumdаn аjаrаtа оlish mаlаkаsi).
- 3. Маsаlаni qisqа yozish mаlаkаsi.
- Sоddа mаsаlаlаrni yеchishdа аmаl tаnlаshni аsоslаb bеrish vа murаkkаb mаsаlа tаhlilini аmаlgа оshirish, so‘ngrа yеchish rеjаsini tuzish
- Маsаlа yechimini tеkshirа оlish mаlаkаsi.
- Javob
1
NAVOIY VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI NAVOIY SHAHAR XALQ TA`LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASH VA TASHKIL ETISH BO`LIMI
4- SINFLAR UCHUN MATEMATIKADAN MASALALAR TO`PLAMI (Uslubiy tavsiya ixtisoslashtirilgan maktablarning boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun tavsiya etiladi)
2
matematika darslarini samaradorligini oshirish maqsadida tavsiya etiladi. To`plamdagi masalalar o`quvchilarni mustaqil fikrlashga, aqliy faoliyatini peshlashga, eng muhimi matematika fanining yanada qiziqarli ekanligini va uni o`zlashtirish hayotiy zaruriyat sifatida tavsiya etiladi. Matematika bo`yicha ilg`or pedagogik texnologiyaga asoslangan mantiqiy, arifmetik va geometrik masalalar hamda ularni yechish metodikasi uslubiy tavsiyada o`z aksini topgan.
Tuzuvchi: Azimov Asqar Qahhorovich Navoiy shahar 11- davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi. Taqrizchi: Ungarov Baxtiyor Hayitovich Navoiy Davlat pedagogika instituti “Boshlang`ich ta`lim metodikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi.
Navoiy shahar 11- davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari
Ushbu uslubiy tavsiya Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi metodika kengashining 2013-yil 4-yanvardagi 3-sonli qarori bilan tasdiqlanib foydalanish uchun tavsiya etildi. 3 Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi, Kim uni tushunmasa zulmatda yashaydi.
R. Dekart SO'Z BOSHI Ilg`or pedagogik texnologiya yutuqlari asosida, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda „Ta'lim to'g'risida"gi Qonun talablarini bajarish maqsadida o'quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumiy ta'lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun bugungi kunda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talab va vazifalarini amalga oshirishda, Davlat ta'lim standartlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishida belgilangan asosiy vazifalardan biri darslik o`quv qo`llanmalar yaratishdan iboratdir. Zamonaviy boshlang`ich talim jarayonida bolalarni rivojlantiruvchi xarakterga ega bo`lgan talim tizimi tadbiq qilinadi. Unda kichik maktab yoshidagi bolalar o`z yosh xususiyatlari va tafakkur hamda ruhiy taraqqiyot darajalari o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga kirishadilar. Qaysiki, bu faoliyat o`quvchilar uchun yetakchi faoliyat bo`lib hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda o`qish hamda o`rganishga qaratilgan faoliyatning shakllanishida, har bir o`quv predmeti bo`yicha nazariy bilimlarni egallash jarayonida ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur o`z xarakteriga ko`ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o`zlashtirish natijasida vujudga kelgan ong va tafakkur bo`lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini, dunyoqarashining rivojlanishini ta’minlaydi. Mazkur uslubiy
tavsiya ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktablar boshlang`ich sinflarida matematika fanini o`qitishni samarali tashkil etishga mo`ljallangan. Ushbu uslubiy tavsiya boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kichik yoshdagi maktab o'quvchilariga matematikani o'qitishda amaliyotda yuzaga keladigan turlicha ijtimoiy-iqtisodiy, bozor iqtisodiyotiga oid o'quvchilarni ijodiy (interfaol) faollikka yetaklaydigan metodik vazifalarini mustaqil hal etish uchun tayyorgarlik saviyalarini oshirishga yordam beradi. Uslubiy tavsiyada turli mantiqiy, geometrik hamda arifmetik masalalar va ularni yechish to`g`risida metodik ko'rsatmalar hamda eng muhim nazariy manbalar keltirilgan. Uslubiy tavsiya orqali mashg'ulotlarga tayyorlanishda I—IV sinflar uchun matematika darsliklari, didaktik materiallar to'plamlaridan qo'shimcha foydalanishlari ko'zda tutilgan va dastlab ba`zi bir murakkab masalalarning berilishi va uni yechish metodikasi to`g`risida namunalar tavsiya etilgan.
4
Boshlang`ich ta`lim jarayoni mustaqil davlatning ta`lim tarbiya tizimida umumiy o`rta ta`limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo`ladi. Ma`lumki, amaldagi boshlang`ich ta`lim predmetli o`qitishga asoslangan bo`lib, uning asosiy maqsadi bolalarda elementar tarzdagi o`qish, yozish, hisoblash ko`nikmalarini hosil qilishdan hamda ob`yektiv olam haqidagi tasavvurlarni oshirishdan iborat edi.
ko`ra yopiq, unitar (yakka) xarakterdagi ta`limdan tashkil topgan edi. Bolalarga milliy axloq va nafosat me`yorlarini singdirish vazifasi bu tizimdan tashqarida qolgan edi. Uzoq yillar davomida boshlang`ich ta`lim goh to`liqsiz o`rta ta`limning, gohida esa o`rta ta`limning tarkibiy qismi bo`lib keldi. Mamlakatimizda Milliy kadrlar tayyorlash tizimiga asos solinishi natijasida boshlang`ich ta`lim umumiy o`rta ta`limning tarkibiy qismi sifatida e`tirof etildi. Endi boshlang`ich ta`limning mazmuni ham, bu bosqichda o`qitiladigan o`quv predmetlari ham, yopiq tizim sifatida davlat va jamiyat boshlang`ich ta`lim oldiga qo`yayotgan ijtimoiy buyurtmani bajara olmaydi. Bu sharoitda boshlang`ich ta`limning mazmuni ham, bu bosqichda o`qitiladigan o`quv predmetlarining mazmuni ham konseptual asoslarga tayangan holda yangilanishi kerak. Yangicha ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojlanayotgan hozirgi davrda Milliy kadrlar tayyorlash tizimining poydevori bo`lgan boshlang`ich ta`lim quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
1. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda o`qish, o`rganish istagi va ko`nikmalarini shakllantirish;
2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish jarayoniga, bilish faoliyatiga intilishni kuchaytirish;
Bilish faoliyatiga bo`lgan ongli intilish shakllangandagina ta`lim muvoffaqiyatli bo`ladi. Agar boshlang`ich ta`lim jarayoni o`quvchida bilishga bo`lgan ishtiyoqni shakllantira olmas ekan, yuqori sinflarga borgan sari uning bilishga bo`lgan intilishi susayadi. Bu esa, o`z navbatida, boshlang`ich sinf bitiruvchilarining ko`nikma va malakalariga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Shu asosga ko`ra, boshlang`ich ta`limning bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim olishga, o`rganishga qaratilgan faoliyatni shakllantirish asosida ularni tarbiyalash va shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishdan iborat.
Buning uchun quyidagi vazfalarni hal qilish lozim: 5
1. Bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo`lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish;
2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda ta`limning dastlabki davridan boshlab yangi imkoniyatlarni shakllantirish; qaysiki, bunday yangi imkoniyatlar o`quv materialini muvafaqiyatli o`zlashtirishgagina emas, balki hayotiy muammolarni hal etishga ham tayyorlaydi.
Boshlang`ich ta`limni tashkil etish prinsplari Boshlang`ich ta`lim O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunida va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan qoida, talab va prinsplar asosida amalga oshiriladi.
Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida boshlang`ich ta`limning mazmuni va asosiy vositalari quyidagi prinsiplarga asoslangan holda tanlanishi maqsadga muvofiqdir:
1. jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta`lim tamoyillariga; 2. ijtimoiy buyurtmaga;
3. o`quvchilarning bilishga bo`lgan qiziqishlarining istiqbolliligiga; 4. ijtimoiy so`rovlarning ilmiy jihatdan ta`minlanganligiga; 5. ta`limning hammabopliligiga; 6. ta`limning umumiyliligiga; 7. boshlang`ich ta`limning ochiqligiga; 8. boshlang`ich ta`limning ilmiyligiga; 9. boshlang`ich ta`limning dunyoviyligiga; 10.boshlang`ich ta`limning reprezentativligiga; 11.boshlang`ich ta`limning optimalligiga; 12.boshlang`ich ta`limning milliyligiga; 13.boshlang`ich ta`limning insonparvarligiga va umuminsoniyligiga; 14.boshlang`ich ta`limning innovatsionligiga; 15.boshlang`ich ta`lim sikllari va o`quv predmetlari orasidagi aloqalarning o`zaro ta`minlanganligiga tayangan holda tashkil etiladi.
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim uchun istiqbolli, ustuvor yo`nalishlardan biri, bu shaxsning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida rivojlantirishdan iboratdir, yani, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilgan ta`lim jarayonidir.
Bugungi kunda o`zida ta`lim tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang`ich ta`lim jarayonini tashkil etish dolzarb vazifalardan biridir. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o`qitish va ularda milliy hamda umuminsoniy tarbiya elementlarini singdirish yo`li amaliy jihatdan tadbiq qilinishi lozim. Bu o`rinda, milliy axloq tarbiyasi, ma`naviy-ruhiy hamda milliy nafosat va jismoniy tarbiya 6 boshlang`ich ta`lim bosqichida ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim. Bunda o`quv materiali shaklida berilgan ta`limiy matnlarda o`quvchilarda turli shakllarda axloqiy-ma`naviy tarbiya va milliy nafosat me`yorlarini, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizimida bo'layotgan o'zgarishlar „Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda hamda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko'rsatib o'tilganidek, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldiga muhim vazifalar qo'ymoqda. Boshlang'ich sinf
o'qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o'qitish metodikasi bo'yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog'lanishda tayyorlanishini tushunamiz. Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang'ich sinflar
o'qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, unga ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatdan ajralgan holda qarash mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish birinchi bosqichdir, ya'ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o'zlashtirishga tayyorlash bosqichidir yoki
matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang'ich ta'limning bu ikki jihati (boshlang'ich ta'limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) o'qitish metodikasida o'zining munosib aksini topishi lozim.
Sоddа vа murаkkаb mаsаlаlаr bоlаlаrning fikrlаsh qоbiliyatlаrini rеjаlаshtirishning fоydаli vоsitаsi bo‘lib, оdаtdа, o‘z ichigа “yashirin infоrmаtsiyani” оlаdi. Bu infоrmаtsiyani qidirish, mаsаlа yеchuvchidаn аnаliz vа sintеzgа mustаqil murоjааt qilish, fаktlаrni tаqqоslаsh, umumlаshtirish vа hоkаzоlаrni tаlаb qilаdi. Bilishning bu usullаrini o‘rgаtish mаtеmаtikа o‘qitishning muhim mаqsаdlаridаn biri hisоblаnаdi. 1. Маsаlаni tinglаshni o‘rgаnish vа uni mustаqil o‘qiy оlish. Маsаlа ustidа ishlаsh uning mаzmunini o‘zlаshtirishdаn bоshlаnаdi. O‘quvchilаr hаli o‘qish mаlаkаsigа egа bo‘lmаgаn dаstlаbki vаqtlаrdа ulаrni o‘qituvchi o‘qib bеrаdigаn mаsаlа matnini tinglаshgа, shаrtning muhim elеmеntlаrini tоvush chiqаrib аjrаtishgа o‘rgаtish kеrаk. Shundаn kеyin mаsаlа shаrtini yaхshirоq o‘zlаshtirish mаqsаdidа, hаr bir o‘quvchi mаsаlа mаtnini tinglаbginа qоlmаy, bаlki mаsаlаni mustаqil o‘qib chiqishi zаrur. Маsаlа matni o‘qituvchi yoki o‘quvchilаr tоmоnidаn bir-ikki mаrtа o‘qilаdi, аmmо bundа bоlаlаrni mаsаlа mаtnini bir mаrtа o‘qishdаyoq uning mаzmunini tushunib оlishgа аstа-sеkin o‘rgаtа bоrish kеrаk.
7
mаlаkаsi). Ма’lumni nоmа’lumdаn, muhimni nоmuhimdаn аjrаtish, mаsаlаdа bеrilgаnlаr bilаn izlаnаyotgаnlаr оrаsidаgi bоg‘lаnishni оchish - bu eng muhim mаlаkаlаrdаn biri. Bundаy mаlаkаgа egа bo‘lmаy turib, mаsаlаlаrni mustаqil yеchishgа o‘rgаnib bo‘lmаydi. 3. Маsаlаni qisqа yozish mаlаkаsi. Маsаlа matni ustidа оg‘zаki ishlаgаndаn kеyin uning mаzmunini mаtеmаtik atamalаr tiligа o‘tkаzish vа qisqа yozuv shаklidаgi mаtеmаtik strukturаsini bеlgilаsh kеrаk (rаsmlаr, chizmаlаr, sхеmаlаr, jаdvаllаr). Shuni nаzаrdа tutish kеrаkki, bаrchа hоllаrdа hаm qisqа yozuvni bаjаrish bilаn bir vаqtdа mаsаlа shаrtining tаhlili hаm аmаlgа оshirilаdi. Aslini аytgаndа, qisqа yozuvning vаzifаsi shundаn ibоrаt. Hаqiqаtаn hаm mаsаlа shаrtining qisqа yozuvi o‘quvchilаr хоtirаsigа tаyanch bo‘lib, sоn mа’lumоtlаrni tushunish vа аjrаtish imkоnini bеrаdi, shu bilаn birgа ulаrning rаtsiоnаl yozilishi mаsаlаdа nimа bеrilgаn vа nimаni izlаsh kеrаkligini bаyoniy tushuntirish imkоnini yarаtаdi. 4. Sоddа mаsаlаlаrni yеchishdа аmаl tаnlаshni аsоslаb bеrish vа
Оldin sоddа mаsаlаni yеchishdа аmаl tаnlаsh mаsаlаsini qаrаb chiqishgа to‘хtаlаmiz. Bu mаlаkа birinchi sinfdаn bоshlаb tаrkib tоpа bоshlаydi, ikkinchi vа uchinchi o‘quv yillаridа yanаdа rivоj tоptirilаdi, ya’ni bа’zi tаnish mаsаlаlаrgа nisbаtаn аmаl tаnlаsh ishini bаjаrish аsоsi o‘zgаrtirilаdi. 5. Yechimni bаjаrish, uni o‘qituvchi tаlаbigа mоs qilib rаsmiylаshtirish vа mаsаlа sаvоligа jаvоb bеrish mаlаkаsi. Sоddа mаsаlаlаrdаn bоshlаymiz. Sоddа mаsаlаni аrifmеtik usul bilаn hаm, аlgеbrаik usul bilаn hаm yеchish mumkin. Bu o‘rindа mаsаlаlаrni аrifmеtik usul bilаn yеchish hаqidаginа so‘z bоrаdi, mаsаlаni turli usuldа yеchish haqida kеyinrоq аlоhidа qаrаlаdi. 6. Маsаlа yechimini tеkshirа оlish mаlаkаsi. Маsаlа yechimining tеkshirish quyidаgi usullаrdа qo‘llаnilаdi: 1. olingаn jаvоb bilаn mаsаlа shаrti o‘rtаsidа mоslik o‘rnаtish; 2. tеskаri mаsаlа tuzish vа yеchish; 3. mаsаlаni bоshqа usullаr bilаn yеchish; 4. jаvоbning chеgаrаlаrini аniqlаsh (jаvоbni chаmаlаsh); 5. grаfik tеkshirish.
Маsаlаlаr ustidа ishlаsh rеjаsi 8 1. Маsаlаni o‘qib chiqing, mаsаlаdа nimа hаqidа gаp bоrаyotgаnini o‘zingiz tаsаvvur qiling 2. Маsаlаdа nimа mа’lum vа nimаni tоpish kеrаkligini аniqlаb оling. Agаr mаsаlа matnini tushunib оlish qiyin bo‘lsа, uni qisqа yozing (yoki mаsаlаgа оid chizmа tаyyorlаng). 3. Qisqа yozuv bo‘yichа hаr bir sоn nimаni ko‘rsаtishini tushuntiring vа mаsаlа sаvоlini tаkrоrlаng 4.
O‘ylаb ko‘ring, mаsаlа sаvоligа birdаnigа jаvоb bеrish mumkinmi, аgаr mumkin bo‘lmаsа, nеgа? Оldin nimаni, kеyin nimаni bilish mumkin? Маsаlаni yеchish rеjаsini tuzing. 5.
Yechishni bаjаring vа jаvоbini yozing. 6.
O‘z yechimingizning to‘g‘riligini tеkshirib ko‘ring. 7.
O‘zingizgа qiziqаrli sаvоllаr bеring vа ulаrgа jаvоb bеring.
9
Navoiy shahridan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki avtomashina yo’lga chiqdi. 4 soatdan keyin ular orasidagi masofa 720 km bo’ldi. Agar birinchi avtomashinaning tezligi soatiga 95 km bo’lsa, ikkinchi avtomashinaning tezligini toping?
Yechish: 1-usul. 1). 720:4=180(km/soat) ikkita avtomashina tezliklarining yig’indisi 2). 180-95=85(km/soat) 2-avtomashinaning tezligi
2-usul. 1). 95·4=380(km) 1-avtomashinaning 4 soatda bosib o’tgan masofasi 2). 720-380=340(km) 2-avtomashinaning 4 soatda bosib o’tgan masofasi 3). 340:4=85(km/soat) 2-avtomashinaning tezligi
3-usul. (95+x)·4=720 95+x=720:4 95+x=180 x=180-95 x=85
Javob: 2-avtomashinaning tezligi 85 km/soat.
Toshkent shahridan Buxoro shahriga 50 km/soat tezlik bilan yuk poyezdi yo’lga chiqdi. Oradan 3 soat o’tgach, shu yo’nalishda 80 km/soat tezlik bilan elektr poyezd yo’lga chiqdi. Elektr poyezd necha soatdan so’ng yuk poyezdiga yetib oladi?
Yechish: 1-usul. 1). 50·3=150(km) yuk poyezdining 3 soatda bosib o’tgan masofasi 2). 80-50=30(km/soat) elekr poyezdning yuk poyezdiga yaqinlashish tezligi
3). 150:30=5(soat)
2-usul. Elektr poyezd yuk poyezdiga yetib olguncha x soat, yuk poyezdi esa undan 3 soat oldin yo’lga chiqqan, ya’ni x+3 soat yo’l yurgan. (x+3)·50=x·80 50x+150=80x 80x-50x=150 30x=150 x=150:30 x=5
10
Javob: elektr poyezd yuk poyezdiga 5 soatdan so’ng yetib oladi.
Bir kishi bozorga bir savat olma olib keldi. U 1-xaridorga jami olmalarining yarmini va yana 1 dona olma, 2-xaridorga qolgan olmalarining yarmini va yana 1 dona olma sotdi. Shundan so’ng uning savatida 14 dona olma qoldi. Kishi bozorga jami nechta olma olib kelgan? Yechish: 1-usul. 1). (14+1)·2=30(ta) 1-xaridor olgandan keyin savatdagi olmalar 2). (30+1)·2=62(ta) jami olmalar
2-usul. (x:2-1):2-1=14 (x:2-1):2=14+1 (x:2-1):2=15 x:2-1=15·2 x:2-1=30 x:2=30+1 x:2=31 x=31·2 x=62 Javob: Kishi bozorga 62 ta olma olib kelgan. 4-MASALA Alisherning uyida qo’ylar va tovuqlar boqiladi. Alisher sanab ko’rganda ularning boshlari 42 ta, oyoqlari esa 144 ta chiqdi. Ularning uyida nechta qo’y va nechta tovuq bor? Yechish: 1-usul. 1). 42·4=168(ta) 2). 168-144=24(ta) tovuqlarning oyoqlari 3). 24:2=12(ta) tovuqlar 4). 42-12=30(ta) qo’ylar 2-usul. Alisherning uyidagi qo’ylar sonini x ta deb olamiz. Jami qo’y va tovuqlar sonidan qo’ylar sonini ayirsak, tovuqlar soni kelib chiqadi, ya’ni tovuqlar sonini 42-x ta deb olamiz. Qo’ylarda 4 ta, tovuqlarda esa 2 ta oyoq bo’lishini inobatga olib, tenglama tuzamiz. x·4+(42-x)·2=144 4x+84-2x=144 4x-2x=144-84 2x=60 x=60:2
11
x=30 (ta, qo’ylar) 42-30=12 (ta, tovuqlar) Download 404.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling