1) Abduqodir I o‘rinda ham emas, IV o‘rinda
ham emas;
2) Muhammadjon II o‘rinda;
3) Otabek IV o'rinda emas.
Kim nechanchi o'rinni egallagan?
650. ≪Darsdan tashqari vaqtlarda kim qaysi
mashg‘ulotlarga boradi?≫ degan savolga 6-
sinflardagi o‘quvchilar javoblaridan shunday
natija olindi: savolga jami 70 nafar o‘quvchi
javob bergan. Ularning 35 tasi kurash, 36
tasi tennis, 19 tasi ham kurash, ham tennis
mashg‘ulotlariga qatnashadi. Savolga
javob bergan qolgan o‘quvchilar esa musiqa
to'garagiga qatnar ekan. Necha nafar o‘quvchi
musiqa to‘garagiga boradi?
Yechish. 70 nafar o‘quvchi rasmdagi katta
196
chi o'quvchilar soniga mos kelsin. T va К doiralarning
umumiy qismi - kesishmasi TK esa
ham tennis, ham kurash mashg‘ulotlariga
boruvchilarni bildirsin. Bunday o‘quvchilar 19
ta bo'lgani uchun TK qismga 19 sonini yozib
qo'yamiz.
Kurashga qatnashuvchilar
soni 36 ta, ham kurash,
ham tennisga boruvchilar
soni 19 ta bolgani uchun,
faqat kurashga boruvchilar
soni 35 - 19 = 16 ta bo‘ladi.
Shunga o‘xshash, faqat tennis
mashg‘ulotlariga boruvchilar
soni 36 — 19 = 17 ta. 16 va 17 sonlarini
rasmning mos doiralariga yozamiz. Sportning
kurash va tennis mashg‘ulotlariga boradigan
jami o‘quvchilar sonini bilish uchun 17, 19 va
16 sonlarini qo'shamiz: 17 + 19 + 16 = 52. Demak,
Do'stlaringiz bilan baham: |